O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Murojat uchun: @mmibdo56_admin yoki +998942420652



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/9
tarix13.02.2022
ölçüsü1,23 Mb.
#52523
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5 6197236086951904553

 

Murojat uchun: @mmibdo56_admin yoki +998942420652 

 

2-bob. Ishga qabul qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni rasmiylashtirish 

 

7. Ishga qabul qilishni rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar zarur bo‘ladi: 



mehnat shartnomasi – xodim bilan ish beruvchi o‘rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, 

lavozim  bo‘yicha  ishni  ichki  mehnat tartibiga bo‘ysungan holda taraflar kelishuvi, shuningdek, 

mehnat to‘g‘risidagi qonunlar va boshqa normativ hujjatlar bilan belgilangan shartlar asosida haq 

evaziga bajarish haqidagi kelishuv; 

ishga  qabul  qilish  to‘g‘risidagi  buyruq  –  xodimning  mehnat  daftarchasiga  yozuvlarni 

kiritish uchun asos bo‘luvchi hujjat; 

mehnat daftarchasi – xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat; 

shaxsiy varaqa – anketa-tarjimai hol tusidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi hisob 

hujjati; 

shaxsiy yig‘ma jild – xodim to‘g‘risidagi tarjimai hol tusidagi ma’lumotlar, shuningdek, 

uning kasbiy tajribasiga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi hujjatlar yig‘indisi. Shaxsiy yig‘ma 

jild xodimning butun ish davri mobaynida shakllantiriladi, zaruriyatga ko‘ra yangilab boriladi va 

uning ushbu tashkilotdagi mehnat faoliyatini aks ettiruvchi hujjatlar bilan to‘ldiriladi. 

Ishga kirayotgan shaxs mazkur hujjatlardan tashqari ishga qabul qilish to‘g‘risida ariza 

yozadi. 

8. Kadrlarga oid hujjatlarni ro‘yxatga olishning quyidagi shakllari yuritiladi: 

mehnat daftarchalarini hisobga olish kitobi; 

mehnat shartnomalarini ro‘yxatga olish jurnali; 

kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlarni qayd etish jurnali; 

tarmoq mukofotlari bilan taqdirlashga oid buyruqlarni qayd etish jurnali; 

xizmat safariga yuborish to‘g‘risidagi buyruqlarni ro‘yxatga olish jurnali; 

ichki mehnat tartibi qoidalari va tashkilotning boshqa lokal normativ hujjatlari bilan 

tanishtirish jurnali. 

9. Ishga kirayotgan shaxs kadrlar xizmati xodimiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 

pasport  yoki  uning  o‘rnini  bosuvchi  hujjat,  o‘n  olti  yoshga  to‘lmagan  shaxs 

esa – tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma va yashash joyidan ma’lumotnoma; 

mehnat  daftarchasi  (birinchi  marta  ishga  kirayotganlar  bundan  mustasno).  O‘rindoshlik 

asosida  ishga  kirayotgan  shaxslar  mehnat  daftarchasining  o‘rniga  asosiy  ish  joyidan 

ma’lumotnoma taqdim etadi; 

harbiy guvohnoma yoki qayd guvohnomasi; 

oliy  yoki  o‘rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’lim  muassasasini  tugatganligi  haqidagi  diplom, 

mazkur  ishni  bajarish  huquqini  beruvchi  guvohnoma  yoxud  boshqa  tegishli  hujjat  (qonun 

hujjatlariga  muvofiq  ish  bajarishga  faqat  maxsus  ma’lumot  yoki  maxsus  tayyorgarlikka  ega 

shaxslar qo‘yilganda); 

soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma; 

jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchasi (shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob 

varag‘ining raqami to‘g‘risida ma’lumot olish uchun). 

Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda quyidagilar taqdim etiladi: 

tibbiy ko‘rik natijalari haqida hujjat, ya’ni ma’lumotnoma yoki xulosa (zarur bo‘lsa); 

o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslarning ota-onasidan birining yoki ularning o‘rnini 

bosuvchi shaxslarning yozma roziligi; 

yashash guvohnomasi – chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan; 

6 dona 3x4 hajmli rasm. 

10. Mehnat  shartnomasi  tuzilganda  mehnat  daftarchasi  qonun  hujjatlarida  o‘rnatilgan 

tartibda dastlab ish beruvchining kadrlar xizmati (kadrlarga oid hujjatlarni yuritish uchun mas’ul 

bo‘lim, sho‘balar, mutaxassislar, kadrlar bo‘yicha menejerlar) xodimi tomonidan to‘ldiriladi. 

11. Kadrlar xizmati xodimi ishga qabul qilishni rasmiylashtirishni mehnat shartnomasi 

tuzilgandan keyin boshlaydi. 

12. Tashkilot xodimlari uchun mehnat shartnomasining shakli tashkilot rahbarining 

buyrug‘i bilan tasdiqlanadi yoki har bir xodim uchun yakka tartibda to‘ldirilishi mumkin. 





Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin