O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


-bob. Ta’tillarni rasmiylashtirish



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix13.02.2022
ölçüsü1,23 Mb.
#52523
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5 6197236086951904553

4-bob. Ta’tillarni rasmiylashtirish 

 

52. Barcha  xodimlarga,  shu  jumladan  o‘rindoshlik  asosida  ishlayotgan  xodimlarga  (soatbay 



asosida ishlaydigan o‘qituvchilar bundan mustasno), dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish 

joyi (lavozimi) va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi. 

 

53. Xodimlarga o‘n besh ish kunidan kam bo‘lmagan muddat bilan yillik asosiy ta’til 



beriladi. 

Yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar yillik asosiy 

ta’tilga (shu jumladan uzaytirilgan ta’tilga ham) qo‘shib jamlanadi. 

Barcha hollarda qonun hujjatlari bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning umumiy 

muddati qirq sakkiz ish kunidan oshib ketishi mumkin emas. 

54. Ta’tillar  muddatini  ishlangan  vaqtga  mutanosib  ravishda  hisoblab  chiqarishda, 

ularning  muddati  har  bir  to‘liq  ta’til  miqdorini  o‘n  ikkiga  bo‘lib,  so‘ng  to‘liq  ishlangan  oylar 

soniga ko‘paytirish  yo‘li  bilan aniqlanadi. Bunda o‘n besh kalendar kunga teng  va undan ko‘p 

bo‘lgan kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o‘n besh kalendar kundan kami esa chiqarib tashlanadi. 

55. Yillik asosiy ta’til birinchi ish yili uchun olti oy ishlangandan keyin beriladi. Ish yili 

mehnat shartnomasiga binoan ish boshlangan kundan e’tiboran hisoblanadi.




Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin