O`zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


Murojat uchun: @mmibdo56_admin yoki +998942420652



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix13.02.2022
ölçüsü1,23 Mb.
#52523
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5 6197236086951904553

 

Murojat uchun: @mmibdo56_admin yoki +998942420652 

 

43. Mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  buyruqlar  kadrlar  xizmati  rahbari 

(mas’ul xodim) tomonidan kiritilib, tashkilot rahbari o‘rinbosari, yuriskonsulti va bosh hisobchisi 

bilan,  zaruriyatga  ko‘ra  ishdan  bo‘shayotgan  xodimning  bevosita  rahbari  (tarkibiy  bo‘linma 

boshlig‘i) bilan kelishilgandan so‘ng imzolash uchun tashkilot rahbariga kiritiladi. 

Moddiy javobgar shaxs bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruq 

qo‘shimcha ravishda boshqa tegishli xodimlar bilan kelishiladi. 

44. Ishdan  bo‘shayotgan  xodimning  foydalanish  uchun  o‘ziga  topshirilgan  mebel,  xona 

jihozlari,  kompyuter,  tashkiliy  va  maishiy  texnika  vositalari,  uning  yurituvidagi  hujjatlarni 

mas’ullarga  topshirilishini  ta’minlash  maqsadida  zarur  hollarda  aylanma  varaqa  to‘ldirilishi 

mumkin. 

Kadrlar xizmati vakili ishdan bo‘shayotgan xodimga mansabdor shaxslarning imzolarini 

mustaqil ravishda to‘plash uchun aylanma varaqa beradi. 

45.  Mehnat  shartnomasini  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  buyruq  asosida  xodim  ishdan 

bo‘shatilgan  kuni  uning  mehnat  daftarchasiga  (mavjud  bo‘lsa)  kadrlar  xizmati  mas’ul  xodimi 

tomonidan tegishli yozuvlar kiritiladi. 

46. Mehnat daftarchasiga mehnat shartnomasi bekor qilinganligi to‘g‘risida yozuvlar 

tashkilot rahbari yoki mas’ul xodimning imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi. 

47. Mehnat daftarchasini topshirishdan oldin kadrlar xizmati xodimi aylanma varaqadagi 

(zaruriyatga ko‘ra) mansabdor shaxslarning imzolari to‘liq mavjudligini tekshiradi. 

48. Mehnat  shartnomasi  bekor  qilingan  kuni  ish  beruvchi  xodimga  uning  mehnat 

daftarchasini  va  mehnat  shartnomasining  bekor  qilinishi  haqidagi  buyruqning  nusxasini  berishi 

shart. 

49.  Mehnat  daftarchasini  olib  ketish  uchun  xodim  shaxsan  o‘zi  kelishi  yoki  mehnat 

daftarchasini  pochta  orqali  jo‘natishga  yozma  roziligini  berishi  zarur.  Faqatgina  xodim  vafot 

etgan  bo‘lsa,  mehnat  daftarchasi  uning  yaqin  qarindoshlariga  tilxat  yozdirib  olish  yo‘li  bilan 

topshiriladi  yoki  ularga  tegishli  arizaga  asosan  pochta  orqali  jo‘natiladi  (Mehnat  kodeksining 

108-moddasi, Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 29-yanvarda 402-son bilan ro‘yxatga olingan 

Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnomaning 3.1, 3.3, 3.4-bandlari). 

Agar xodim ish beruvchining mehnat daftarchasini olib ketish to‘g‘risida ogohlantiruvchi 

xabarnomasidan  keyin  kelmagan  va  mazkur  hujjatni  pochta  orqali  jo‘natishga  yozma  rozilik 

bermagan taqdirda, tashkilot mehnat daftarchasini o‘zida saqlashni ta’minlashi kerak. 

50. Xodim ishdan bo‘shaganda mehnat daftarchasini olganligi to‘g‘risida shaxsiy 

varaqasiga (T-2 shakl) va Mehnat daftarchalari hisobini olib borish kitobiga imzo chekadi. 

51. Xodimning shaxsiy yig‘ma jildiga mehnat shartnomasi bekor qilinganligi 

to‘g‘risidagi buyruqning nusxasi va aylanma varaqa tikiladi hamda hujjatlar arxivlashtiriladi. 

 


Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin