2-boshlovchi: Navoiy o`z umrining ikkinchi davrini "Yigitlik nodirliklari" deb atadi. U yetti-sakkiz yoshlarida g`azallar bitgan bo`lsa, o`n ikki-o`n uch yoshlarida mamlakat bo`ylab shuhrat taratadi, el e'tiborini qozonadi. Navoiy yigitlik yillarida o`zi sevgan shoirlarning "shirin ash'ori va rangin ab'yotidin" ellik mingdan ortiq baytni yod bilgan. Aziz qat- nashchilar, Sizni Navoiy umrining shu fasliga chorlaymiz.
Navoiy (Navoiy qiyofasidagi o`quvchi) o`z g`azallaridan birini o`qiydi.
Ikki o`quvchi Navoiyning "Qaro ko`zim" hamda "Topmadim" radifli g`azallarini yod aytadilar. Kuy chalinib turadi.
1-boshlovchi: "Fusulning xazoni, tiriklik bog`ining barg- rezining nishoni" bo`g`on fasl. Alisher Navoiy umrining bu davrida mamlakatda "Amiri kabir" - (Ulug` vazir) sifatida o`zining olijanob va eng yuksak orzulari - xalqqa xizmat qilish, mamlakat osoyishtaligini saqlash, hokimiyatni mustahkamlash, ilm-fan va adabiyot, obodonchilik va madaniyatni rivojlantirishdek ulkan ishlar qanchalik og`ir va ma'suliyatli bo`lmasin, ularni katta mehr-muhabbat va ulug`vorlik bilan amalga oshirdi. Shu bilan birga, bir lahza ham ijoddan to`xtamadi.
2-boshlovchi:_Emas_oson_bu_maydon_ichra_turmoq,_Nizomiy_panjasig`a_panja_urmoq.___1-boshlovchi'>2-boshlovchi: Emas oson bu maydon ichra turmoq,
Nizomiy panjasig`a panja urmoq.
Shu o`rinda o`quvchilar ijrosida "Xamsa"dan parchalar va Navoiy g`azali bilan aytiladigan qo`shiqlar ijro etiladi.
2-boshlovchi: Buyuk "Xamsa"ni yaratib, Nizomiy, Xisrav Dehlaviy, Jomiyga hamqadam bo`lib, buyuklar qatoridan joy olgan hazrat Navoiy o`z oldiga qo`ygan maqsadini sharaf bilan ado etdi.
1-boshlovchi: Zamonining alloma shoiri, ustozi Jomiyning yuksak bahosiga musharraf bo`ldi. Husayn Boyqaro esa "Bu qalamga falakdin ofarinlar yog`ilsin" deya niyat bildirdi.
2-boshlovchi: To`rtinchi fasl - "Umr fusulining qishi". Navoiy ishq dardi va ranjining umr oxirida ko`rsatgan natijalariyu jonni o`rtovchi kechinmalarini "Favoyid-ul kibar"da jamlagan.
Tadbirda Navoiy g`azal va ruboiylari bo`yicha mushoira o`tkazishni ham tavsiya qilamiz. Mumtoz musiqa chalinib turadi.
1-boshlovchi: Alisher Navoiy haqida shoirning do`sti, maslakdoshi Husayn Boyqaro o`z "Risola"sida deydi…
Sahnaga Husayn Boyqaro kirib keladi.
Husayn Boyqaro: "Mir Alisher turk tilining o`lgan jasadiga Masih nafasi bilan ruh-jon kirgizdi… U har bir she'r turi maydoniga topqir otini surar ekan, o`sha mamlakatni til qilichi bilan o`ziga tobe' etdi. Uning nazmini maqtashga til nuqsonli va qalam ojizdir va bu kun nazm dunyosining ruboi maskunida qahramon udur va uni bu mamlakatni qo`lga kiritgan sohibqiron desa bo`ladi".