O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 162,26 Kb.
səhifə1/4
tarix02.05.2023
ölçüsü162,26 Kb.
#105791
  1   2   3   4
3081 29.10.2018




O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazining
Qarori
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida beriladigan kasblar bo‘yicha malaka talablarini tasdiqlash to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3081]
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 23-sentabrdagi 422-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3081-1, 23.09.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 22-yanvardagi PF-5308-son “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi qaror qiladi:
1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida beriladigan kasblar bo‘yicha malaka talablari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Xalq ta’limi vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-sentabr,
10-mh-son
Kasb-hunar ta’limi markazi direktori M. XOLMUXAMEDOV
Toshkent sh.,
2018-yil 10-sentabr,
9/qq-son
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazining 2018-yil 10-sentabrdagi 10-mh, 9/qq-son qaroriga
ILOVA
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilariga o‘quv-ishlab chiqarish majmualarida beriladigan kasblar bo‘yicha

Yüklə 162,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin