2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish “Milliy dasturning” 19-bandida Yangiobod tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida xususiy sektor ulushini oshirish bo’yicha rejalashtirilgan ishlar mavjud bo’lib, unga ko’ra maktabda “Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” yo’nalishida “Robototexnika” to’garagini tashkil etishda alohida xona ajratilib, to’garak faoliyatini qo’llab quvvatlash ko’zda tutilgan. Unga ko’ra to’garak uchun “Barkamol avlod” bolalar maktabining imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda proyektor, kompyuter jamlanmasi, robotokonstruktor kabi jihozlar bilan bilan ta’minlash, tadbirkorlik subyekti berilgan to’garak xonasiga yetishmagan jihozlar bilan jihozlash ishlarini o’z zimmasiga oladi.
Maktabda “Steam fizika” klubi tashkil qilingan bo’lib, 20 nafar o’quvchi qamrab olingan. To’garak rahbari Rayimnazarov Erkin Egamnazarovich Oliy ma’lumotli 1-toifali o’qituvchi. “Stem fizika klubi”ga 5 900 000 (besh million to’qqiz yuz ming) so’mlik kompyuter jamlanmasi xarid qilindi.
Uslubiy bo’lim tomonidan “Hunarmanchilik va qo’l mehnati” yo’nalishi bo’yicha hamda, “Turizm va ekologiya” yo’nalishi bo’yicha uslubiy qo’llanmalar ishlab chiqilgan.
Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi hamda Madaniyat vazirligi o'rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi. "Barkamol avlod" bolalar maktablari bilan hududiy Madaniyat boshqarma va bo'limlari o'rtasida ham o'zaro hamkorlik Memorandumlar imzolandi.
Yangioobod tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi tuman Madaniyat bo’limi va 19-sonli musiqa va san’at maktabi bilan hamkorlikda memorandumlar imzolandi. Bunda, Madaniyat va san’at yo‘nalishida turli targ'ibot tadbirlarini tashkil etish va to‘garaklarga o'quvchilar qamrovini oshirish;
Madaniy-ommaviy tadbirlarga viloyatdagi madaniyat sohasining professional mutaxassislarni amaldagi qonunchilikka muvofiq, shartnoma asosida jalb etish;
Madaniyat va san'at yo'nalishida turli davra suhbatlari, seminarlar, master-klasslar hamda turli madaniy tadbirlar tashkil etishdan iborat.
Shuningdek, tuman Favqulodda vaziyatlar bo’limi bilan ham hamkorlikda memorandum imzolandi.
Yangiobod tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida 2022-yilda “Mental arifmetika”, “Fizika” va “Bichish-tikish” to’garaklaridan mahorat mashg’ulotlari hamda “Yosh qandolatchi”, “Oila hamshirasi” to’garak rahbarlari tomonidan ochiq darslar o’tkazilgan.
Endilikda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tashabbusi bilan mahallalarda ham toʻgaraklar tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan Yangiobod tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan tumandagi "Shodlik" mahalla fuqarolar yigʻini qoshida “Yosh pazanda” tarmoq to'garagi tashkil etildi. Ushbu to’garakka 30 nafar o’quvchi yoshlar jalb qilingan. To’garak rahbari Soyibnazarova Mahliyo.
Mahallalarda tarmoq toʻgaraklar tashkil etishdan maqsad, maktabdan tashqari taʼlim tizimini yuqori bosqichga olib chiqish hamda o‘quvchi-yoshlarni to‘garaklarga jalb etish orqali boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.
Yangiobod tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori: D.Normatov