3-bob. Rag‘batlantirish va chora ko‘rish tartibi 20. 0‘quv yili davomida mazkur ichki taitib va odob-axloq qoidalariga todiq rioya qilgan, ta’lim muassasasida yuksak ma’naviy-axloqiy muhitning qaror topishiga va yanada mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a’zolari quyidagicha moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantiriladi:
ta’lim muassasasi buyrug‘i bilan o‘qituvchilarga tashakkumoma e’lon qilish, ularni tarmoq va davlat mukofotlariga tavsiya qilish;
“Faxriy yorliq” bilan taqdirlash;
qimmatbaho va esdalik sovg‘alar bilan mukofotlash;
maktab radiouzeli orqali e’lon qilish;
“Eng faol o‘quvchi”, “Eng faol sinf ’ nominatsiyasini berish;
o‘quvchilaming uyiga, ularning ota-onasining ish joyiga yoki mahalla fuqarolar yighniga tashakkumoma yuborish.
21. Jamoa a’zolari ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzganida ularga nisbatan muassasaning ichki mehnat tartibi qoidalari asosida intizomiy jazo choralari qodlaniladi.
0‘quvchilarga nisbatan: o‘quvchining qog‘oz yoki elektron kundaligiga tanbeh yozish;
qoida buzilish holatlari takroran kuzatilganda, o‘quvchini maktab ichki nazorat ro‘yxatiga olish va yakka tartibda shug‘ullanish;
boshqa sinfga ohkazish;
sinf jamoasi orasida muhokama qilish;
ota-onasi (ulaming o'mini bosuvchi shaxslar)m maktabga taklif qilish, “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi jamoat kengashi doirasida muhokama qilish.
22. Mazkur qoidalarga rioya etmaganlik holatlari ta’lim muassasasidagi 0‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Xotin-qizlar boshlanghch tashkilotlari va maktabning kuzatuv kengashlarida ham muhokama qilinishi mumkin.
4-bob. Yakuniy qoidalar
23. Mazkur qoidalar har yangi o‘quv yili boshlanishida har bir o‘quvchiga, ulaming ota-onalari (yoki ulaming o'rnini bosuvchi shaxslar)g2i hamda o‘qituvchilarga tushuntiriladi.
24. Mazkur qoidalar ta’lim muassasasi binosining ichki kirish (foye) qismiga ko‘rinarli tarzda joylashtirib qo‘yiladi.
25. Odob-axloq qoidalarida aks ettirilmagan masalalar yuzasidan vujudga kelgan muammoli vaziyatlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
26. Mazkur qoidalar talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.