2-mashq: “O‘ylar haqiqat emas”. Bulut shunchaki bulut – u osmon bo‘la olmaydi - agar salbiy o‘y shunchaki o‘y bo‘lsa va boshqa hech narsa bo‘lmasa nima bo‘ladi? Salbiy o‘y sizning kimligingizni belgilamaydi. Masalan, shunday holatni ko‘raylik: "Uy vazifasini bajarayotganda Fotima uni hech kim yoqtirmaydi deb o‘ylaydi. O‘y, bu shunchaki o‘y, haqiqat, fakt yoki voqelik emas, chunki Fotima o‘zini hech kim yoqtirmaydi degan o‘yga borayotganini his etadi va o‘z o‘yiga ishonish yoki unga chuqurlashish o‘rniga, u shunchaki "o‘y" ni sezadi va uning o‘rniga uy vazifasini bajarishda davom etadi. Aks holda, u yomon kayfiyatga tushib, tushkunlik sababli uy vazifasini bajara olmas edi. Yoki, masalan, tasavvur qiling, salbiy fikr tufayli Fotima uy vazifasini bajarishni to‘xtatadi. U o‘tmishda do‘stini yo‘qotgan davrini yodga oladi. Shuningdek, u atrofidagi do‘stlari haqida o‘ylaydi va ularning har biri u haqida qanday fikrda ekanligini bilaman deb taxmin qiladi. Bu o‘ylar uni hech kim yoqtirmasligi haqidagi asl g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi. U tushkunlikka tushib, charchay boshlaydi. Fotima yo‘qotgan do‘stlari haqida o‘ylashni davom etar ekan, uni tushkunlik, hech kimga kerak bo‘lmaganlik, g‘am va charchash tuyg‘ulari o‘rab oldi. Ushbu misoldan ko‘rinib turibdiki, o‘ylarimiz, his-tuyg‘ularimiz va xatti-harakatlarimiz bir-biri bilan chambarchas bog‘liq.
3-mashq: “O‘z-o‘zi bilan suhbatlashish”. O‘z-o‘zi bilan suhbatlashish" deb nomlangan usul haqida suhbatlashamiz. Avvalari o‘z-o‘zi bilan suhbatlashish haqida eshitganmisiz? •O‘quvchilarning javoblarini tinglang
Barcha o‘z-o‘zi bilan suhbatlashadi. O‘z-o‘zi bilan suhbatlashish - bu nima qilayotganimiz va nima haqda o‘ylayotganligimiz haqida xabar beruvchi ichki ovozimiz sanaladi. Ba’zan bu ovoz ijobiy, salbiy yoki neytral bo‘lishi mumkin.
Ijobiy, bu bizning suhbatlarimiz dalda beruvchi, kuch bag‘ishlovchi va mehribon ekanligini anglatadi. Fotimaning misolida u "bu shunchaki o‘y; bu haqiqat degani emas. Ko‘p odamlar men yoqtiradilar va men bilan do‘st bo‘lishdan zavqlanishadi» deb o‘ylashi mumkin.
Salbiy deganda - bu o‘zimizga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lishni anglatadi. Ikkinchi misolda ham shunday holatni kuzatish mumkin bo‘lar edi - Fotima, uni hech kim yoqtirmasligini o‘ziga singdirib, u salbiy o‘ylarni kuchaytirish uchun do‘stlari bilan ziddiyatli vaziyatlar vujudga kelgan holatlarni yodga oladi.
Neytral, bu bizning suhbatimiz hech qanday fikr va xulosasiz haqiqat ekanligini anglatadi - bizning suhbatimiz na salbiy yoki ijobiy ma’no anglatmaydi. •O‘quvchilar ushbu 3 atama o‘rtasidagi farqni va neytral ijobiy yoki salbiy degani emasligini tushunganliklariga ishonch hosil qiling. O‘zi bilan salbiy va shafqatsiz suhbatlashish yomon kayfiyat, qayg‘uli his-tuyg‘ularning vujudga kelishiga sabab bo‘lib, bizni juda ko‘p azob-uqubatlar tomon boshlashi mumkin - ayniqsa, biz o‘ylagan narsalar hatto to‘g‘ri bo‘lmagan holatlarda ham.