2-mashq: “Barqarorlik hususiyatlari”. -Siz “barqarorlik” so‘zi bilan tanishmisiz? Bu nimani anglatadi? •O‘quvchilar barqarorlikni ta’riflab berganlaridan so‘ng, siz uni quyidagicha ta’riflashingiz mumkin:
•Barqarorlik - bu hayotdagi to‘siqlar va muvaffaqiyatsizliklarga qaramay ortga chekinish, moslashish va / yoki oldinga siljishni anglatadi.
•O‘quvchilarni ish daftaridagi tegishli sahifaga yo‘naltiring
-Guruhni 5 xil turli guruhga bo‘ling (jami 5 guruh - agar sizda kichik guruh bo‘lsa, unda bitta odam ham bo‘lishi mumkin)
Biz muammolar, muvaffaqiyatsizliklar va mushkul vaziyatlarda maqsadni boshqarish, nazorat qilish va hayotga ishonch hissi beradigan ko‘nikma va qobiliyatlarni shakllantirishimiz orqali barqarorlikni rivojlantirishimiz mumkin.
Ish daftaringizda barqarorlik bilan bog‘liq 5 mashqni ko‘rasiz.
•Har bir guruhga (yoki ishtirokchiga) 1 dan 5 gacha bal bering
•Ular bilan ushbu faoliyat bo‘yicha ko‘rsatmalarni ko‘rib chiqing: 1.Guruhingiz bilan (yoki yakka holda) sizga berilgan mashqni o‘qing
2.8 haftalik o‘quv mashg‘ulotlari davomida siz qanday muayyan ko‘nikmalarga ega bo‘lganligingiz haqida o‘ylab ko‘ring
3.Berilgan bo‘sh joyga ushbu mavzu bo‘yicha o‘rgangan ko‘nikmalaringizni yozing
4.Olgan muayyan ko‘nikmalarni amalda qanday qo‘llaganingizni misollar asosida izohlang
5.Ko‘rsatilgan bo‘sh joyga imkon qadar ko‘proq misollar yozing
6.O‘z hulosalaringizni barcha ishtirokchilar oldida baham ko‘rasiz. Siz ko‘nikmalarni nomlashingiz, misollar keltirishingiz va umumiy kurs davomida o‘zingizga yoqqan boshqa biron mavzu haqida eslashingiz mumkin
• 10-15 daqiqa davomida gapirishga va dars davomida olgan bilimlarini barqarorlik mavzusi bilan umumlashtirishga imkon bering
•O‘quvchilarni yakuniy test topshirishga taklif qiling (ushbu dars rejasidan so‘ng keltirilgan va ish daftariga kiritilgan)
•Har bir o‘quvchi o‘quv mashg‘ulotlardan olgan eng qadrli ko‘nikma to‘g‘risida so‘zlashga imkon yarating
•O‘quvchilarga ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etganlari uchun minnatdorchilik bildiring - ular bilan ishlash maroqli bo‘lganini aytib o‘ting.