O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi


Joyini o‘zgartirishning foydasi



Yüklə 414,05 Kb.
səhifə61/71
tarix22.08.2023
ölçüsü414,05 Kb.
#140163
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71
8 11 sinf o‘quvchilari uchun korreksion va rivojlantiruvchi mashgʻulotlar

Joyini o‘zgartirishning foydasi
 harakat e’tiborni jalb etadi, tinglovchilar taqdimotchiga qarab uni kuzatadi, gaplarini eshitadi;
 joyingizni o‘zgartirganingizda ko‘proq makonni nazorat etish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.


Joyini o‘zgartirishning tamoyillari
 joyni o‘zgartirganingizda qichik qadamlar tashlang;
 asosiy joyingizdan boshqa joylarda ko‘p turmang;
 ishtirokchilar tepasiga kelib gapirmang;
 joydan joyga o‘tganingizda namoyish etilayotgan materialni to‘smang;
 auditoriyaga orqangizni o‘girib gapirmang;
 tinglovchilar gapirganda joydan joyga o‘tmang;
 joyingizni pauza vaqtida almashtirishga harakat qiling.

O‘zingizni haddan tashqari, tez-tez va tinimsiz joylarni almashtirishdan saqlang. Bu asablilik va o‘ziga ishonmaslik bo‘lib tuyulishi mumkin.




Taqdimotchi va tinglovchilar o‘rtasidagi masofa
Samarali muloqot uchun yetarli bo‘lgan masofani tanlang. Masalan:
 yaxshi bilgan odamlararo suhbat uchun – 0,5-1 m;
 ishbilarmonlar muzokaralari uchun – 1-2 m to‘g‘riga qarab, 40-70 sm yoniga qarab;
 jamoa oldidagi chiqish uchun (auditoriyaga qarab) – 3-50m gacha.
Bundan tashqari, har bir odamda shaxsiy zona (0,5 m) mavjud, uni buzish kerak emas. Buni yodda tuting.


Taqdimot jarayonida nimalarga amal qilish lozim:
– Real muammolarga e’tiborni jalb qilish;
– Aniq maqsadlarni qo‘yish hamda ularga muvofiq o‘qitish faoliyatini olib borish;
– Trening materiallarini ishtirokchilar tajribasi bilan solishtirib borish;
– Baxs, munozara qilish, fikr almashishga imkoniyat yaratish va vaqt ajratish;
– Ko‘zda tutilmagan harajatlarni rejalashtirish;
– Ishtirokchilar “ular qayerda ekanligini” bilishi uchun targ‘ibotning umumiy tavsifini berish;
– Ishtirokchilar fikrlarishi eshitish va hurmat qilish;
– Ishtirokchilarni rag‘batlantirish, trenerga hamda bir-birlariga yordam ko‘rsatish;
– Ishtirokchilirga bir guruh a’zolariga o‘xshab munosabatda bo‘lish.


Yüklə 414,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin