III sinf uchun O’qish
Mavzu: Bola Alisher. (Qissadan parcha) Darsning maqsadlari: Ta'limiy maqsadi:1. O’quvchilarga Alisher Navoiyning hayoti bilan tanishtirish. Navoiy haqidagi bilimlarini aniqlash, yangi ma’lumotlar bilan boyitish,
2. Mavzuni ular ongiga, ruhiga singdirish va asarning tub mohiyatini ochib berish,
Tarbiyaviy maqsadi:1.Odobli, axloqli, bilimli, dono bo’lishlariga erishish
2.Ona yurt, Vatanga muhabbat ruhida
Tarbiyalash;
Rivojlantiruvchi maqsadi: 1. Og’zaki nutqini o’stirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish;
2.O’zgalarning fikrini anglash, hurmat
qilishga o’rgatish;
O’qituvchi tomonidan berilgan bilim bilan birga o’quvchilarning aqliy va mustaqil firkrlay olish faoliyatini oshirish.
Dars uslubi: savol- javob, suhbat
Dars shakli: interfaol
Dars turi: Yangi bilim beruvchi
Dars jihozi: ko’rgazmali qurollar, tarqatmali testlar,
Darslik, buyuk allomalar rasmi, Alisher
Navoiy rasmi
Fanlararo aloqa: tabiatshunoslik ,o’qish, tasviriy san’at
DARSNING BORISHI I Tashkiliy qism: a) salomlashish;
b) navbatchi va davomatni
aniqlash;
d) madhiya kuylash;
e) she’riy daqiqalar.
O’quvchilar bilan salomlashilgach, magnit tasma orqali O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi eshittiriladi.
O’quvchilar vatan haqida she’rlar aytadilar.
1-o’quvchi : Barchin-u Alpomish elingga qaytgan,
Ming yillik dostoning dilingga qaytgan.
Bulbuling sog’inib gulingga qaytgan,
Istiqlol, erk baxting muborak xalqim,
Asal – bol, ahd – taxting muborak
xalqim!
2- o’quvchi: Qisqa vaqtda sarhadlaring keng bo’ldi,
Har bir yiling asrlarga teng bo’ldi.
Ona xalqim, mo’jizalar yaratding,
O’g’ling yoqa, qizing senga yeng bo’ldi.
3-o’quvchi: Ey, menga ertaklar so’ylagan zamin,
Ergashib ortingdan qolmasman sening.
O’zgalar nazdida Bog’i Eramning,
Jiydang yaprog’iga olmasman sening.
Vatan, qayda bo’lmay sen hamrohimsan,
Bobolarim yotar sajdagohimsan
4-o’quvchi: O’zbekiston tenglar ichra teng o’zing,
Minbarlarda doim yangrar dil so’zing.
Do’stlik, tinchlik, birodarlik da’vating,
Jahon yuzin ko’rib turar qalb ko’zing.
5-o’quvchi: O’ziga bek, o’zligi erk millatim,
Yomonlarga eshigi berk millatim.
Mehri sochiq, qo’li ochiq, bag’ri keng,
Yuzdan ortiq yashar millat ellatim.
6-o’quvchi: Ko’hna tol beshikdan boshlangan olam,
Senga iddaolar qilmay sevaman.
Bir kuni singlim deb, bir kuni opam,
Vatan kimligingni bilmay sevaman.
7-o’quvchi:Menga yering suyuk, osmoning suyuk,
Boqsam teng to’rttala tomoning suyuk.
Tovonimga kirgan tikoning suyuk,
Kaftdan zirapchangni yulmay sevaman.
8-o’quvchi-Ajdodlari dono o’tgan Vatanim,
Avlodlari a’lo o’tgan Vatanim
Alpomishday devqomat-u sarvqomat,
Barchinlari barno o’tgan Vatanim!
9-o’quvchi- Olis manzillardan boshlangan Vatan,
Sevinchdan ko’zlari yoshlangan
Vatan.
Gohida o’tlarga tashlangan Vatan.
Aziz ona tuproq ko’hna makondir,
O’zbekiston, ozod O’zbekistondir!
10-o’quvchi- Kamol topadursan to’lib qudratga,
Albat yetadursan oliy niyatga.
Tomirlaring tutash abadiyatga,
O’zing tanlab olgan yo’llaring ravon,
Mening o’zbek elim, jon O’zbekiston!