O’zbekiston Respublikasi Xalq


О‘qitish vositalarining sistemasi



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/134
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#153804
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   134
O\'quv qo\'llanma Biologiya o\'qitish metodikasi.doc .2020

2.
О‘qitish vositalarining sistemasi. 
О‘qitish vositalari: tabiiy, tasviriy va og‘zaki yoki verbal vositalarga 
b
о‘linadi. О‘qitish vositalarini uch xilga ajratish bilish nazariyasiga va 
о‘kuvchilarning tafakkurini rivojlanish stadiyalariga mosdir. Biologiya kursiga 
kiruvchi 
о‘quv fanlarini о‘qitish 5- sinfdan boshlanadi. Bu о‘quvchilarning 
о‘smirlik davriga tо‘g‘ri keladi. О‘smirlik davrida bolalarni bilish faoliyatida 
k
о‘rgazmali harakat ustunlik qiladi. Kechki о‘smirlik davrida tasviriy kо‘rgazmali 
asosida fikr yuritish ya’ni tabiiy narsalarga emas, ularning tasvirlariga asoslanib 
idrok, tasavvur hosil qilish rivojlanadi. Yuqori sinf 
о‘quvchilarining aqliy 
faoliyatida abstrakt-nazariy tafakkur yetakchi rol 
о‘ynaydi.Ta’lim vositalarining 
91 


barchasi biologiya mazmuni va 
о‘quv faoliyatining tashkil qilish usullarini ifoda 
qiladi. Tabiiy 
kо‘rgazma vositalari-mikropreparatlar, tirik yoki fiksirlangan 
о‘simlik, hayvonlar ularning ayrim bо‘laklari, kolleksiyalar tuluplar, gerbariylar, 
biosistemalar (
tо‘qay, tog‘ oldi, yaylov chо‘l) bо‘lib, ular bilan о‘quvchilar 
bevosita darsda yoki ekskursiya mobaynida tanishadilar. Tabiiy 
kо‘rgazmali 
vositalar faqat 
kо‘rish orqali emas, balki eshitish, xid, ta’m bilish organlari 
yordamida idrok qilinadi. Tabiiy 
kо‘rgazmali vositalar о‘rniga tasviriy kо‘rgazmali 
vositalar 
ba’zan 
chunonchi 
hujayra, 
organizm 
ekosistemalar 
tuzilishi, 
moddalarning davriy aylanishiga oid tablitsalar, sxemalar, moddalar, foto 
suratlardan foydalaniladi. Kompyuter, multimediylar, tasviriy 
kо‘rgazmali 
vositalarning alohida guruhi sanaladi. Og‘zaki yoki verbal vositalar – bular 
darsliklar, ilmiy-ommabop kitoblar, 
о‘qituvchining sо‘zi, televideniya yoki 
kinokadrlardagi diktor matni, kompyuter dasturlari (videokadrlar, modellar,) 
testlar, didaktik kartochkalardir. Tabiiy yoki tasviriy vositalarni 
о‘kuvchi 
tomonidan idrok qilinishi, ular ustida kuzatish, 
о‘tkazish yoki faoliyat harakati 
yordamida amalga oshadi.
Maktablarda 
о‘tkazilgan maxsus psixolog pedagogik tadqiqotlar о‘qitish 
samaradoligi oshishi 
kо‘p jihatdan о‘quvchi sezgi organlarini dars jarayonida jalb 
etishga bog‘liq ekanligini 
kо‘rsatmoqda. О‘quv materialini idrok etishda 
о‘quvchining qanchalik kо‘p sezgi organlari ishtirok etsa, uni о‘zlashtirish 
shunchalik puxta 
bо‘ladi. Bu jarayon allaqachon didaktikaning kо‘rsatmali 
prinsipida 
о‘z ifodasini topgan. Y.A.Komenskiy о‘qitishda о‘quvchining barcha 
sezgi organlarini jalb etish didaktikaning “Oltin qoidasi” deb aytgani bejiz emas. 
О‘rta umumiy ta’lim о‘quv yurtlarida biologiya о‘qitishning barcha bosqichlarida 
k
о‘rgazmalilik ta’lim berish vositasi ekanligini unitmaslik kerak. Lekin 
“k
о‘rgazmalilik” atamasiga tabaqalashgan holda yondoshish kerak, chunki u har 
xil pedagogik tushunchalarni
о‘zida ifoda qiladi. Masalan “kо‘rgazmalilik 
prinsipi”, “k
о‘rgazmalilik о‘qitish vositasi”, “kо‘rgazmali qurol” tushunchalarni 
farqlash kerak.
92 


Kо‘rgazmalilik pirinsipi deyilganda biologiyani о‘qitish jarayonida о‘qituvchi 
amal qiladigan didaktik prinsip tushuniladi. 
Kо‘rgazmalilik bir vaqtning о‘zida 
sezish, mantiq, konkret, abstrak 
yо‘li bilan bilishni о‘zida birlashtirib abstrak 
tafakkurni rivojlanishiga yordam beradi va 
kо‘p hollarda uning tayanchi 
hisoblanadi. 
Kо‘rgazmalik о‘qitish vositasi sifatida о‘quvchilardan statistik va 
dinamik obrazlar hosil qilishga qaratilgan 
bо‘ladi. Kо‘rgazmali о‘kitish vositasi 
о‘z mazmuniga kо‘ra kо‘rgazmali qurol tushunchasiga yaqin, lekin xajmiga kо‘ra 
unga nisbatan keng. Masalan bug‘lanishga oid tajriba yoki 
telekо‘rsatuv, sinf 
taxtasida ishlangan rasm 
kо‘rgazmali vositasi bо‘lib kо‘rgazmalik qurol 
hisoblanmaydi. 
Kо‘rgazmali qurol bu darsda о‘qituvchi tomonidan qо‘llanilgan 
konkret narsadir. U tulup, kolleksiya, gerbariya, tirik 
о‘simlik, hayvon, tablitsadagi 
rasm, sxemalar shuningdek mulyajlar diafilmlar, tarqatma material, didaktik 
kartochkalar shaklida 
bо‘ladi. О‘rganilayotgan narsa va xodisalarning biologik 
mazmunini ifoda qiluvchi 
kо‘rgazma qurollar о‘qitish asosiy vositalar, har xil 
asboblar chunonchi probirka, kolba, taroz va shu singarilar
qо‘shimcha vositalar 
hisoblanadi. 
О‘qitish samaradorligini oshirishda amaliy mashg‘ulot va namoyish 
qilinadigan tajribalarni 
о‘tkazishga yordam beruvchi xususan mikroskoplar, 
lupalar, shtativlar, reaktivlar asboblar isituvchi asboblar, pinset, preparoval ninalar, 
о‘qitishning texnik vositalari – kodoskoplar, televizorlar, kompyuterlar, ovoz 
yozuvchi va eshittiruvchi - apparatlar, magnitofonlar ham 
о‘qitish vositalariga 
kiradi. Texnik vositalari orasida audiovizual va boshqa tabiiy tasviriy vositalar shu 
bilan ustunlik qiladiki ular 
о‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarning barcha 
bosqichlarini izchillik bilan 
kо‘rsata oladi. Telekо‘rsatuvlardan biologiya 
о‘qitishda foydalanish tirik tabiatdagi voqea, hodisalarni sinfda о‘rganish sifatini 
bir necha marta oshirish imkonini beradi. 
О‘qitish jarayonida kompyuterlarni 
qо‘llash о‘quv materialini mustaqil о‘zlashtirish va nazorat qilish imkonini 
tug‘diradi.
Kо‘rgazmali vositalardan biologiya о‘qitishning barcha jarayonlarida, 
masalan yangi 
о‘quv materialini tushuntirayotganda uni mustahkamlayotganda, 
о‘quv kо‘nikma – malakalarni shakllan-tirayotganda, u vazifasini 
93 


bajarayotganda, 
о‘quv materilini nazorat qilayotganida qо‘llaniladi. О‘qitish 
vositalarini darsda emas, balki sinfdan tashqari darslar ham q
о‘llash mumkin.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin