Xususiy metodik darajada muayyan bir
о‘quv fani, kursni о‘qitish
jarayonining maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida ta’lim mazmunini
о‘quvchilar ongiga singdirishda foydalaniladigan о‘qitish metodlari, vositalari va
shakllarining o’quv qo’llanmasi tushuniladi. Lokal (modul) darajada ta’lim-tarbiya
jarayonining ma’lum bir qismida mazkur qismning xususiy didaktik va tarbiyaviy
maqsadini hal etishga qaratilgan texnologiya tushuniladi.
Pedagogik texnologiyalarning yuqorida qayd etilgan
uchta darajasi bir-birini
tо‘ldiradi va taqozo etadi. Hozirgi zamon ta’lim tizimida hukmronlik qilayotgan
an’anaviy ta’limni mazmunan yangilash va ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni
tubdan
о‘zgartirishga qaratilgan texnologiyalarni didaktik maqsadlariga kо‘ra
quyidagi
guruhlarga
ajratish
mumkin:
Pedagogik
munosabatlarni
insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi
pedagogik texnologiya;
О‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonining
samaradorigini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologik. Ta’lim
jarayonini
tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik
texnologiyalar.
О‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish
va qayta ishlash
asosidagi pedagogik texnologik. Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga
asoslangan pedagogik texnologik.
Dostları ilə paylaş: