O’zbekiston Respublikasi Xalq


Mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/134
tarix11.10.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#153804
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   134
O\'quv qo\'llanma Biologiya o\'qitish metodikasi.doc .2020

Mustahkamlash uchun savollar: 
 
1. Biologiyadan yillik istiqbol reja tuzishning ahamiyatini aniqlang? 
2. Mazkur rejani tuzishda 
о‘qituvchi nimalarni nazarda tutishi lozim? 
3.Biologiyadan mavzuli – taqvim reja tuzishning mohiyatini aniqlang?
4. Mavzuli – taqvim reja tuzishda 
о‘qituvchi nimalarga e’tiborini qaratishi 
zarur deb hisoblaysiz? 
106 


TEST SAVOLLARI 
1. О‘quvchilar bilimini baxolash yо‘llari? 
A) Mukofatlash; 
B) Maqtov e’lon qilish; baxolash yо‘lini о‘zgartirish; 
S) Baxolash kretriysiga amal qilish;
D) Reytingi
 
2. 
О‘quvchilarda ong va tafakkurni shakllantirish yо‘llari? 
A) Mustaqil ishlar berish, referatlar yozish, test savollarini о‘rganish; 
B) Badiiy adabiyotlarni о‘qitish; 
S) Topishmoqlardan foydalanish; 
D) Tez aytishlarni о‘rganish. 
3. Hozirgi kunda maktablarda о‘tkaziladigan dars shakllari? 
A) Sinf-darsi;
B) Ma’ruza darsi; 
S) Amaliy semenar darsi;
D) Noananaviy dars 
4. Amaliyot uslubining shakllari? 
A) Tajriba, kuzatish;
B) О‘rganish, bilish; 
S) Labaratoriya ishi;
D) Ochiq dalada ishlash. 
5. Metodik uslub ustuda ishlagan olimlar?
A) Gerd;
B) Zuev;
S) Raypov;
D) Pestolotssey. 
 
 
107 


IV-BOB. BIOLOGIYANI O’QITISHDA ZAMONAVIY 
TEXNOLOGIYALAR 
16-§ BIOLOGIYA DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK VA 
AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH. 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amaldagi ikkinchi sifat bosqichi ta’lim 
muassasalarida 
о‘qitiladigan barcha о‘quv fanlarini ilg‘or pedagogik 
texnologiyalar bilan ta’minlashni 
kо‘zda tutadi. Shu sababli barcha о‘quv fanlari 
kabi biologiyani 
о‘qitishda ham pedagogik texnologiyalardan foydalanish zamon 
talabi sanaladi. Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim 
о‘z nuqtai 
nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga 
tо‘liq va yagona 
ta’rif qabul qilinmagan. Ushbu ta’riflarning ichida eng maqsadga muvofig‘i 
YUNESKO
tomonidan berilgan ta’rif sanaladi. 
Pedagogik texnologiya – 
о‘qitish shakllarini optimallashtirish maqsadida 
о‘qitish va bilimlarni о‘zlashtirish jarayonida inson salohiyati va texnik resurslarni 
qо‘llash, ularning о‘zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar 
o’quv qo’llanmasidir. Bu yerda, inson salohiyati deyilganda, 
о‘qituvchining 
pedagogik va 
о‘quvchilarning о‘quv-bilish faoliyati, texnik resurslar deganda 
о‘qitish metodlari va vositalari nazarda tutilmoqda. 
Bizning nazarimizda, pedagogik texnologiya – ta’lim jarayonining 
samaradorligini oshirish maqsadida 
о‘qitish va bilimlarni о‘zlashtirish jarayonida 
о‘qituvchining pedagogik va о‘quvchining о‘quv-bilish faoliyatini uyg‘un ravishda 
tashkil etish, mazkur faoliyatni faollashtirish maqsadida, samarali
о‘qitish 
metodlari, vositalari va shakllarini 
qо‘llash, ularning о‘zaro ta’sirini aniqlashga 
imkon beradigan tizimlar o’quv qo’llanmasidir. 

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin