О‘quvchilarning tajriba va kuzatish о‘tkazish jarayonida zarur bо‘ladigan
topshiriqlar uchun
kо‘rsatmalar tayyorlashi; Laboratoriya mashg‘uloti topshiriqlari
bо‘yicha о‘quvchilar tomonidan tayyorlanadigan axborotni rasmiylashtirish
yо‘llarini aniqlashi lozim.
Laboratoriya mashg‘ulotining borishi va olingan natijalarni tahlil qilishi,
zarur hollarda tegishli
о‘zgartirishlar kiritishi lozim. Biologiya о‘quv dasturidan
о‘quvchilarning о‘quv va amaliy mehnat kо‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida
amaliy
mashg‘ulotlar
ham
о‘rin olgan. О‘qituvchi mazkur amaliy
mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarga e’tiborini
qaratishi lozim:
О‘quv dasturidan о‘rin olgan amaliy mashg‘ulotlarni istiqbol va
taqvim-mavzuli rejadagi va ta’lim-tarbiya jarayonida tutgan
о‘rnini aniqlashi;
Amaliy mashg‘ulotlarining didaktik maqsadini aniqlashi; Amaliy mashg‘ulotini
о‘tkazish uchun zarur bо‘ladigan jihozlarni tayyorlashi; Amaliy mashg‘ulotda
о‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish yо‘llarini belgilashi va shu asosda
mashg‘ulotning borishini loyihalashi;
О‘quvchilarning tajriba va kuzatish о‘tkazish
jarayonida zarur
bо‘ladigan topshiriqlar uchun kо‘rsatmalar tayyorlashi; Amaliy
mashg‘ulotning borishi va olingan natijalarni tahlil qilishi, zarur hollarda tegishli
о‘zgartirishlar kiritishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, biologiya
о‘qituvchisi о‘quv yili boshida о‘quv fanini
о‘qitishni rejali va tizimli amalga oshirish maqsadida istiqbol reja tuzishi, unda
fanlararo bog‘lanishlar, ekskursiya va sinfdan tashqari ishlarni belgilashi, shu
asosda mavzuli-taqvim reja tuzishi zarur. Mazkur mavzuli-taqvim rejada dars,
darsdan tashqari ishlar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni belgilashi, dars va
mashg‘ulotlarni talab darajasida tashkil etilishi va
о‘tkazishiga erishishi lozim.
Dostları ilə paylaş: