texnologiyalar guruhi didaktik-
о‘yin, rivojlantiruvchi, muammoli, modulli va
kommunikativ ta’lim texnologiyalarini
о‘z ichiga oladi.
3. Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning
samaradorligini
oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar. Ushbu texnologiyalar biologiyani
о‘qitishda ta’lim jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etish va boshqarish orqali
samaradorlikni oshirishga imkon beradi. Ularga dasturli
о‘qitish, differensial
ta’lim,
ta’limni
individuallashtirish,
guruhli
va
jamoaviy
hamkorlik,
uyg‘unlashtirilgan ta’lim texnologiyalari kiradi.
4.
О‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash
asosidagi pedagogik texnologiY. Mazkur texnologiya
о‘quv
materialini didaktik
jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash orqali
о‘quvchilarning bilimlarni
о‘zlashtirish jarayonining samaradorligini oshirish, aqliy faoliyatni bosqichma-
bosqich shakllantirish orqali mustaqil va erkin fikrlashni rivojlantirishni nazarda
tutadi.
5. Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga
asoslangan pedagogik
texnologiY. Mazkur texnologiya shaxs kamoloti va tabiiy rivojlanishi ta’lim-
tarbiya jarayonining uzviyligiga asoslanadigan tarbiya texnologiyalaridan iborat.
Biologiyani
о‘qitishda ushbu texnologiyalardan foydalanish о‘quvchilarni
mustaqillik prinsiplari va Ona-Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy
qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular qalbi va ongiga milliy istiqlol
g‘oyalarini singdirish imkonini beradi.
Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonida lokal (modul) va xususiy
metodik darajada q
о‘llaniladi.
Biologiya
о‘qituvchisi о‘quvchilarning bilish faoliyatini
tashkil etish va
boshqarishni takomillashtirish maqsadida avval darsning ma’lum bosqichida lokal
(modul) darajada q
о‘llashi maqsadga muvofiq. Bunda avval yangi mavzu
о‘rganilib, о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma malakalarini nazorat
qilish va baholashda nazorat testlari, turli
о‘yin
mashqlar, musobaqa, trening
о‘tkazadi. О‘quvchilarning bu faoliyatga kirishishi va muayyan kо‘nikma va
110
malakalarni egallagandan s
о‘ng, pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslarni
о‘tkazishi, ya’ni xususiy metodik darajada qо‘llashi mumkin.
Xususiy metodik darajada darsning barcha bosqichlari pedagogik texnologiya
talablari asosida tashkil etiladi. Bunda
о‘qituvchi о‘rganiladigan mavzuning
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlaridan
kelib chiqqan holda qaysi
texnologiyadan foydalanish, mazkur texnologiya asosida
о‘quvchilarning bilish
faoliyatini tashkil etishning
о‘ziga xos xususiyatlari, darsda о‘quvchilarning bilishi
lozim b
о‘lgan о‘quv topshiriqlari, о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilimini nazorat
qilish
va baholash y
о‘llarini belgilashi lozim. Biz pedagogik texnologiyalarning
о‘ziga xos xususiyatlari, mohiyati va mazmuniga kо‘ra ikki guruhga ajratdik:
Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini
о‘zgartirishda
qо‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar.
Dostları ilə paylaş: