Biologiyani o’qitish texnologiyalari va loyixalashtirish



Yüklə 305,29 Kb.
səhifə1/9
tarix02.12.2023
ölçüsü305,29 Kb.
#171615
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Iskandarova Sayyora BO\'M KURS ISHI

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA


MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT
PEDAGOGIKA INSTITUTI

TABIIY FANLAR FAKULTETI
“BOTANIKA, EKOLOGIYA VA UNI O`QITISH METODIKASI”
KAFEDRASI
“Biologiya o’qitish metodikasi” fanidan
“5140400-Biologiya o`qitish metodikasi” bakalavr ta`lim yo`nalishi
3-“V” kurs o’zbek guruhi talabasi Iskandarova Sayyoraning
BIOLOGIYANI O’QITISH TEXNOLOGIYALARI VA LOYIXALASHTIRISHFANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: “BIOLOGIYANI O’QITISHDA HAMKORLIKDA O’QITISH TEXNOLOGIYASINING ARRA METODIDAN FOYDALANISH’’.

Ilmiy boshchi: G. Qutlimuratova


Kafedra boshligi: R. Eshmuratov

NUKUS-2021



MAVZU: BIOLOGIYANI O’QITISHDA HAMKORLIKDA O’QITISH TEXNOLOGIYASINING ARRA METODIDAN FOYDALANISH.
REJA:

I. KIRISH: …..……………………………………………….. 3
1.1. Hamkorlikda о ‘qitish texnologiyasining о ‘ziga xos xususiyatlari va asosiy g'oyasi.
II. ASOSIY: ……………………………………………………. 12
2.1. Biologiya darslarida «zigzag»yoki «arra» metodidan foydalanish.
2.2. Arra metodining о ‘ziga xos xususiyatlari.
2.3. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasining kichik guruhlarda o'qitish metodining o'ziga xos xususiyatlari.
III. XULOSA ……………………………………………………
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI ……
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida jamiyatimizning barcha sohalarida bo’lgani kabi ta’lim tizimida ham bir bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi qonunlarda O’zbekiston Respublikasida ta’lim-tarbiya tizimini zamonaviy talablar darajasiga ko’tarish va ta’limning uzluksizligini ta’minlashning asosiy maqsadlari va shart sharoitlari belgilab berildi.Ushbu maqsadda Respublikamizda yangi turdagi o’quv muassasalari bo’lgan kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida Prezident I.A.Karimov ta’kidlab o’tganidek, «Ta’limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. Biz o’zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo’lamiz».
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta’lim o'quvchilami o‘quv fanlari bo'yicha muayyan bilimlarni egallashlari barobarida, ularning bilim olishga bo'lgan ehtiyoji, mustaqil va ijodiy fikrlash, tashkilotchilik qobiliyatlari, amaliy tajriba va mehnat ko'nikmalarini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlarni, atrof-muhitga ongli munosabatni tarkib toptirishi lozimligi qayd etilgan.
Ushbu kurs ishida biologik ta’lim jarayonida hamkorlik pedagogikasiga asoslanish, har bir darsda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o'quvchilarda mustaqil va ijodiy fikrlashni rivojlantirish, vatanparvarlik va milliy g'urumi shakllantirish, mustaqillik tamoyillari va Ona-Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish, tabiatga ongli munosabatni tarkib toptirish, shuningdek, ushbu kursni o'qitishda bo‘lg‘usi biologiya o‘qituvchilarida pedagogik faoliyat uchun zarur bo‘ladigan metodik bilim va ko'nikmalarni shakllantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Texnologiya so’zi fanga 1872 yilda kirib keldi. U yunoncha «texos»- hunar, mahorat va «logos» esa ta’limot yoki fan degan ma’noni beradi. Qisqacha «mahorat haqidagi fan» ma’nosini anglatadi. Bugungi kunda ayrim kishilar pedagogik texnologiya– bu faqat axborot texnologiyasi bilan bog’liq, hamda o’qitish jarayonida qo’llanishi zarur bo’lgan TSO, kompyuter, masofali o’qish, yoki turli xil texnikalardan foydalanish deb o’ylashadi. Bu to’g’ri emas. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi– bu o’qituvchi-trener va talaba-o’quvchilarning begilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalariga bog’liq «Pedagogik texnologiya» iborasi birinchi marta 1970 yilda yapon olimi T.Sakamote tomonidan kiritilgan. Olimning fikricha- pedagogik texnologiya (o’qitish texnologiyasi) o’qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo’l-yo’riqlar tizimi bilan bog’liq bilimlar sohasidir. Professor N.F.Talizina pedagogik texnologiyani belgilangan o’quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat-deb hisoblaydi. Professor N.Saydahmedovning aytishicha pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo’lgan ma’lum pedagogik tizimning loyihasi. Professor M.Ochilovning yozishicha pedagogik texnologiya tizimli, texnologik yondashuvlar asosida ta’lim shakllarini qulaylashtirish, natijasini kafolatlash va obyektiv baholash uchun inson salohiyati hamda texnik vositalarning o’zaro ta’sirini inobatga olib o’zlashtirish jarayonlarida qo’llaniladigan metodlar va usullar majmuidir. Bu tushunchaga YUNESKO tomonidan quyidagicha ta’rif berilgan: pedagogik texnologiya- bu ta’lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o’zaro ta‟sirini inobatga olib, o’qitish va bilim o’zlashtirishning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish, uni qo’llashning tizimli (loyihalashtirilgan) metodi (usuli)dir. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiyadan ko’zlangan maqsadga erishish uchun o’quv jarayonida qo’llaniladigan usullar, vositalar majmuidir. Pedagogik texnologiya eskimi, yangimi qadimdan mavjud. Biroq jamiyat taraqqiy etgan sari maorif oldiga o’zining yangidan-yangi ijtimoiy buyurtmalarini qo’yib borganligi tufayli, ta’lim-tarbiya jarayoni ham zamonaviy ilg’or metodlar, usullar bilan boyib, yangilanib boradi. Pedagogik texnologiyaning yo’nalishlari ko’p. Hozirgi an’anaviy ta’lim, bu 17- asrda Y.A.Komenskiyning didaktik tamoyillari asosida shakllanib, hozirda dunyodagi maktablarda eng ko’p qo’llanilayotgan sinf-dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli yo’nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda turli yo’nalishlarda rivojlanmoqda. Ular pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni o’quvchi shaxsiga yo’naltirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar; o’quvchilar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga yo’naltirilgan pedagogik texnologiyalar; o’quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlab chiqish asosidagi pedagogik texnologiyalar; o’quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilish asosidagi pedagogik texnologiyalar; tabiatga muvofiqlashtirilgan pedagogik texnologiyalar; rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari va boshqalar.
Ta’lim-tarbiyada maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish, ham o’qituvchi, ham talaba-o’quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo’ygan maqsad, tanlangan mazmun, metod, shakl, vositaga, ya‟ni texnologiyaga bog’liq.
O’qituvchi va o’quvchi-talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda o’qituvchi talaba o’quvchilarning bilim saviyasi, guruh harakteri, sharoitiga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi, masalan, natijaga erishish uchun kompyuter bilan ishlash lozimdir, balkim film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo’lar, bular o’qituvchi va talaba-o’quvchilarga bog’liq. Shu bilan bir qatorda o’qitish jarayonini oldindan loyihalashtirish zarur, bu jarayonda o’qituvchi o’quv predmetining o’ziga xos tomonini, joy va sharoitni, O’TV ni, eng asosiysi, o’quvchi-talabaning imkoniyati va ehtiyojini hamda hamkorlikdagi faoliyatini tashkil eta olishini hisobga olishi kerak, shundagina, kerakli kafolatlangan natijaga erishish mumkin. Qisqa qilib aytganda, o’quvchi– talabani ta’limning markaziga olib chiqish kerak.
Hamkorlikda о’qitish texnologiyasida о’quvchilarni hamkorlikda о’qitishni tashkil qilishning bir nechta metodlari mavjud. Ular:
1. Komandada о’qitish metodi.
2. Kichik guruhlarda hamkorlikda о’qitish metodi.
3. Hamkorlikda о’qitishning “zigzak” yoki “arra” metodi.
4. Hamkorlikda о’qitishning “birgalikda о’qiymiz” metodi.
5. Kichik guruhlarga ijodiy izlanishni tashkil etish metodi.
«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ni amalga oshirish uchun ta’lim tizimiga ilg’or pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali o’quvchilarning faol bilim olishlarini tashkil etish lozim.Hozirgi kunda ta’lim jarayonida ko’plab pedagogik texnologiyalar qo’llanilmoqda ular ichida hamkorlikda o’qitish texnologiyasi alohida o’rin tutadi. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi o’qishga bo’lgan qiziqishni oshishiga olib keladi, ularda ijodiy izlanish, mustaqillik va tashabbuskorlikni rivojlantiradi.
Hamkorlikda o'qitishning asosiy g'oyasi o'quv topshiriqlami nafaqat birgalikda bajarish, balki hamkorlikda o'qishni o'rganishdir. Hamkorlikda o’qitish texnologiyasining maqsadi o’quvchilarni turli hayotiy ma’noga ega bo’lgan muammolarni mustaqil va hamkorlikda hal qilishiga qaratilgan. Bu texnologiya insonparvarlik, o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini muammoni yechishga yo’naltirish va o’zligini anglatishga asoslanadi.

Yüklə 305,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin