O'quvchilar o'zlashtirishi lozim bo'lgan materiallar yuzasidan o‘quv topshiriqlari
Topshiriqni bajarish yuzasidan ko‘rsatmalar
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
Darslikdagi matnni diqqat bilan o‘qib, quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlami bajaring:
Molekulalarga ta’rif bering.
Kelib chiqishi yaqin va uzoq bo'lgan turlar makromolekulalari o'rtasidagi farqlar qanday paydo bo'ladi?
Molekular biologiya organizmlar DNK sidagi o'zgarishlarni qanday anglaydi?
Oqsil molekulasidagi aminokislotalar izchilligini o'rganish bo'yicha qilingan ishlarni o'rganib chiqing.
Darslikdagi 17,18-jadvalni o'rganib chiqing
Nuqtali mutatsiyaga ta’rif bering.
Qaynoq nuqtalar deb nimaga aytiladi?
Evolutsiyaning molekular soatlarini o'rganing.
Fikringizni asoslang.
O'quvchilar bilan o'tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eti ng.
Yangi mavzu yuzasidan o'quvchilar o'rtasida savol-javob, o'quv bahsi uyushtirish.
O'quvchilar bilimini test savollari yordamida nazorat qilish va baholash.
Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
IX. Uyga vazifa berish.
Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo'lgan R. Slavinning ta’kidlashicha, o'quvchilarga topshiriqlami hamkorlikda bajarish bo'yicha ko'rsatma berilishi yetarli emas. O'quvchilar o'rtasida tom ma’nodagi hamkorlik, har bir o'quvchining qo'lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirish sifatini aniqlashda ularni birbiri bilan emas, balki har bir o'quvchining kundalik natijasi avval qo'lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina o'quvchilar o'zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan holda ma’suliyatni his qilib, ko'proq izlanishga, bilim, ko'nikma va malakalami puxta o'zlashtirishga intiladi.
Hamkorlikda ishlash natijasida qо’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasidagi har bir о’quvchining muntzam va faol aqliy mehnat qilishga, kichik guruhlarni umuman, sinf jamoasini jipslashtirishga, avval о’zlashtirilagan bilim, kо’nikma va malakalarni yangi va kutilmagan vaziyatlarda qо’llanilib, yangi bilimlarning о’zlashtirilishiga bog’liq bо’ladi.
Hamkorlikda о’qitish negizida musobaqa emas, balki hamkorlikda aqliy mehnat qilib, tahsil olish jarayoni yotadi.
O'quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
• darsda vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni hal etish yo'l larini belgilash;
• o'quv topshiriqlarining didaktik maqsadi, bajariladigan topshiriqlar bilan tanishish;
• kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda maqsadni amalga oshirish yo'llarini loyihalash, mustaqil ishlami tashkil etish;
• o'rganilayotgan obyektni awal o'rganilgan obyektlar bilan taq- qoslash;
• natijalarni loyihalash va uning maqsadga muvofiqligini tekshirish;
• natijani tahlil qilish, tegishli hollarda unga o'zgartirishlar kiritish.
• o'quvchilarning bilish faoliyati kichik guruhlarda tashkil etilganda guruhdagi har bir o'quvchi iqtidori, qiziqishi, bilim saviyasi, bilimlarni o'zlashtirish darajasini aniqlash, o'quvchilar o'rtasida hamkorlik, o'quv muloqoti, bahsi, munozara, o'zaro yordamni amalga oshirish ko'zda tutiladi.
Biologiyani o'qitishda hamkorlikda o'qitish texnologiyasining barcha metodlaridan, modulli ta’lim texnologiyasining o'quvchilarning kichik guruhlarda ishlashiga mo'ljallangan modul dasturlaridan foydalanish shular jumlasiga kiradi. Biologiya darslarida o'quvchilarning bilish faoliyati yalpi o'qitishni individual va kichik guruhlarda ishlash shakllari bilan uyg'unlashtirilganda juda yuqori samara beradi. Hamkorlikda o'qitishning kichik guruhlarda o'qitish metodida yalpi o'qitish kichik guruhlar bilan, «arra» metodida esa, o'quvchilami awal individual tarzda, so'ngra kichik guruhlarda o'qitish uyg'unlashtiriladi.
Hamkorlikda o'qitish texnologiyasining kichik guruhlarda o'qitish metodidan foydalanilgan darslarda biologiya o'qituvchisi o'quvchilar tomonidan o'zlashtirilishi qiyin bo'lgan mavzulami tushuntirishi, faktik va qo'shimcha o'quv materiallari o'quvchilar tomonidan mustaqil o'zlashtirishini nazarda tutgan holda, mavzuning muayyan qismi uchun axborot manbai, o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish, ko'rgazmalilik, o'quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholash, o'quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va qiziqishini orttirish kabi funksiyalarini amalga oshirishi mumkin.
Xulosa Hamkorlikda ishlash natijasida qо’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasidagi har bir о’quvchining muntzam va faol aqliy mehnat qilishga, kichik guruhlarni umuman, sinf jamoasini jipslashtirishga, avval о’zlashtirilagan bilim, kо’nikma va malakalarni yangi va kutilmagan vaziyatlarda qо’llanilib, yangi bilimlarning о’zlashtirilishiga bog’liq bо’ladi.
Hamkorlikda o‘qishning asosiy g‘oyasi – bir nimalarni birga bajarishgina emas, balki birgalikda o‘qishdir!
Yuqorida qayd etilgan barcha metodlarning о’ziga xos hususiyati, maqsad va vazifalarining ummumiyligi, о’quvchilarning tahsil olishi va muloqatdagi shaxsiy ma’suliyatini taqozo etishi shuningdek, muvaffaqiyat qozonishga bir xil imkoniyatlarning mavjudligidadir.
Hamkorlikda о’qitish negizida musobaqa emas, balki hamkorlikda aqliy mehnat qilib, tahsil olish jarayoni yotadi.
О’qituvchi о’quvchilar tomonidan muntazam ravishda egallab borilayotgan bilish faoliyatini boshqarib boradi va faollashtiradi:
Buning uchun:
Qaysi mavzularni hamkorlikda о’qitish metodlaridan foydalanib о’rganishni aniqlaydi va mazkur darslarni taqvim-rejada belgilaydi.
Tanlangan mavzu bо’yicha о’quvchilarga tavsiya etiladigan о’quv topshiriqlari va ularni bajarish yuzasidan kо’rsatmalar tayyorlaydi.
О’tiladigan dars turi, strukturasi va borishini loyihalashtiradi.
О’quvchilar bilimini nazorat qilish maqsadida о’zlashtirilayotgan mavzu yuzasidan test savoli topshiriqlarini tayyorlaydi.