Shuni qayd etish kerakki,
ushbu darsda
о‘quvchilar ikki marta guruhlarga
ajratiladi.
Birinchi gurux
“mutaxassislar”'>“mutaxassislar”
tayyorlash guruxi.
Mazkur mavzu b
о‘yicha о‘quv materiali mantiqiy tugallangan fikrli tо‘rtta
qismdan iborat b
о‘lganligi sababli, darsda qatnashayotgan 32 ta о‘quvchi dars
boshlanishidan oldin 4 xil rangdagi kartochkalar
yordamida teng sonli t
о‘rtta 8
о‘quvchidan iborat
“mutaxassislar”
guruhiga ajratiladi. Ular
о‘zlariga tegishli
о‘quv topshiriqlarni bajaradi va shu qism bо‘yicha
“mutaxassislar”
ga aylanadi.
Ikkinchi guruh
“mutaxassislar”
uchrashuvi guruhi.
Rangli kartochkalarning
har birining orqa tomonida 1 dan 8 gacha raqamlar yozilgan b
о‘lib, barcha rangli
kartochkalardagi raqamlar yig‘indisi sinfdagi
о‘quvchilar soniga teng bо‘lishi
lozim.
“Mutaxassislar”
uchrashuvi kartochkalarning orqa tomonidagi raqamlar
asosida 8
ta guruh tashkil etilib, bu guruhlar tarkibiga bir xil raqamli 4 xil
rangdagi kartochkalarga ega b
о‘lgan 4 ta о‘quvchi kiradi. Shuni qayd etish kerakki,
bu guruhlarda har bir qism (blok yoki modul) “mutaxassisi” b
о‘lishi shart.
Mazkur uchrashuvda
“mutaxassislar”
lar
о‘zlari egallagan bilimlarni xuddi
“arra”
tishlari ketma-ket kelganidek, navbat bilan
о‘rtoqlariga bayon qiladi.
Ushbu guruhlarda
о‘quv materialining 4 ta qismi mantiqiy ketma-ketlikda qayta
ishlab chiqiladi. S
о‘ngra о‘quv materiali yuzasidan tuzilgan topshiriqlar yaxlit
holatga
keltirilib, guruhlar
о‘rtasida savol-javob, munozara о‘tkaziladi.
О‘quvchilar bilimlarni puxta egallashning yagona yо‘li о‘z hamkorining axborotini
diqqat bilan tinglash ekanligini anglagan holda,
mushohada yuritishga, kerakli
ma’lumotlarni daftarga yozishga harakat qiladi. Bu yerda
о‘qituvchi faqat
о‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etadigan
tashkilotchi vazifasini
bajaradi. Dars oxirida
о‘qituvchi о‘quvchilarning bilim darajasini test topshiriqlari
yordamida aniqlaydi. Har bir
о‘quvchining bilimi sifatidagi о‘sish hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: