t
о‘kilgan barglar, poliz tuprog‘i bilan tо‘ldiriladi va unga 50
tacha chuvalchang
joylashtiriladi. Uni salqin joyda saqlash kerak. Mayda sut emizuvchilar, suvda ham
quruqlikda yashovchilar ham sudralib yuruvchilar terrariumlarda saqlanadi.
Terrarium
о‘tloq, chо‘l va boshqalar shaklida bezatiladi. Botqoqlik hosil qilish
uchun temir yoki plastmassa vannacha q
о‘yiladi. Olmaxon, tо‘ti va boshqa sayroqi
qushlar maxsus kataklarda boqiladi.
Tirik tabiat burchagi uchun ajratilgan xonada har-xil hayvonlarni, masalan:
akvarium va mahalliy baliq turlari, suvda ham quruqlikda yashovchilarni, sudralib
yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarni boqish mumkin. Maktabning
о‘quv
tajriba uchastkasida tovuq, nutriya, norka, quyon kabi hayvonlarni boqish tavsiya
etiladi.
Agar tirik tabiat burchak uchun
ajratilgan xona kichik b
о‘lsa yoki torlik
qilsa, unda bir muncha yirik qushlar va hayvonlarni saqlash mumkin. Dars vaqtida
о‘quvchilarning fikrlarini bо‘lmaydigan boshqa obektlarni bevosita biologiya
xonasiga joylashtirish mumkin. Turli tovush, q
о‘lansa hid chiqaradigan hayvonlar
alohida kichik xonada saqlanadi.
Tirik tabiat burchagidagi hayvonlarning k
о‘plari ustida zoologiya, odam va
uning salomatligi, umumiy biologiya b
о‘yicha zarur tajribalar qо‘yilishi mumkin.
Masalan; “moddalar almashinuvi” mavzusiga oid V va S avitaminozlar hosil
qilish b
о‘yicha, quyonlarning og‘irligi oziq sifatining ta’siri, tuproq rangining baqa
tanasining rangiga ta’sirini, it baliqdagi metamorfozni
о‘rganish mumkin.
Tirik tabiat burchagi yosh tabiatshunoslarning ish joyi hamdir.
Bu yerda
yosh tabiatshunoslar kuzatuv ishlarini olib borib, uni natijalarini yozadilar,
hayvonlar uchun oziq tayyorlaydilar,turli moslama yasaydilar va ta’mirlaydilar.
Tirik tabiat burchaklaridagi har bir hayvonning nomi yozilgan etiketkasi,
parvarishlash qoidasi va oziqlantirish
normasi hamda tajriba
о‘tkazayotgangan
о‘quvchining familiyasi kо‘rsatilgan bо‘lishi kerak.
Hayvonlar burchakda tip va sinflar b
о‘yicha guruxlarga ajratiladi, lekin
guruhlashtirish yashash muhiti b
о‘yicha va ularning tegishli о‘simlik
bilan birga
b
о‘lishi mumkin.
163
Sinfning yoki tirik burchakning birorta derazasida
о‘simliklarning “tirik
sistema”sini tasvirlab k
о‘rsatish mumkin, bu V, VI, X, XI – sinflar uchun
foydalidir. Buning uchun xona va yovvoyi
о‘simliklardan
foydalaniladi, ular
derazalarga bir avlodning turlari, bir oilaning avlodlari shu kabilar tartibida
joylashtiriladi. Hayvonlar sistemasini tirik obektlarni tulumlari bilan, ba’zi xollarda
rasmlar bilan birga k
о‘rsatish mumkin. Bu о‘quvchilar uchun kо‘rgazmali quroldir.
Maktab tirik tabiat burchagida alohida sinflar uchun, qandaydir qismlarni
ajratish pedagogik maqsadga muvofiq emas. Unda
о‘quvchilar
jamoatchilik,
о‘simlik va hayvonlar dunyosining tabiiy birligini tushunib olish ruhida
tarbiyalansinlar.
Dostları ilə paylaş: