bilimlar bilan tanishtirish; tirik tabiat uning taraqiyot tufayli organizmlarda paydo
bо‘lgan moslanish mexanizmlari haqida ma’lumot berish; о‘quvchilarni
organizmlarning hayoti, ularning shaxsiy va tarixiy rivojlanishining asosiy
qonunlari bilan qurollantirish hayot tuzilishining turli:
molekula, hujayra,
organizm, populyatsiya – tur, biogeostenoz, biosfera darajalari bilan tanishtirish;
tabiatga uning barcha boyliklariga oqilona munosabatda
bо‘lish fazilatlarini
о‘quvchilar ongiga singdirish; о‘quvchilarni о‘zlarining va о‘zgalarning
salomatligini saqlashga, sog‘lom turmush
tarzini tarkib toptirishga
yо‘naltirish;
biologiya ta’lim mazmunini hozirgi ijtimoiy hayot, fan – texnika taraqqiyoti bilan
mustahkam bog‘lanishini ta’minlash asosida
о‘quvchilarning kasb tanlashga ongli
ravishda
yо‘naltirish; biologiya ta’lim mazmunini qadimda yashab jahon fani -
madaniyatiga ulkan xissa
qо‘shgan va hozirgi davrda yashayotgan biolog olimlar
faoliyati bilan bog‘lash orqali
о‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan
iboratdir.
3.Biologik ta’lim mazmuni va tarkibiy qismlari.
Har qanday
о‘quv fanini о‘qitishda uning mazmuni nihoyatda katta
ahamiyatga ega
bо‘ladi. Unga asosiy sabab о‘quv fani mazmuni о‘sha
fanning
о‘ziga xos yо‘nalishini, о‘qitish tizimini, metodlarini, vositalarini belgilab beradi.
О‘quv fanining mazmuni о‘quv dasturlari, darsliklari, о‘quv qо‘llanmalari orqali
konkretlashtiriladi
.
Umumiy
о‘rta ta’lim о‘quv yurtlarida biologik ta’limning tarkibiy qismlari
bо‘lib, botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va fiziologiyasi hamda stitologiya,
biokimyo, genetika, evolyustion ta’limot o’quv qo’llanmasidan iborat
bо‘lgan
umumiy biologiya
о‘quv fanlari hisoblanadi. Mazkur о‘quv
fanlarida turli xil
о‘simliklar, xayvonlar, odamlarning tashqi, ichki tuzilishi hayot faoliyati, tashqi
muhit bilan bog‘liqligi
tо‘g‘risida hamda hujayraning uning organoidlarining
tuzilishi, funksiyasi, irsiyat
о‘zgaruvchanlik evolyustion ta’lim va shu kabi bilimlar
berqiladi. Maktab biologiya ta’limini ayrim
о‘quv
fanlariga ajratish qonuniy
bо‘lib, kо‘p yillik pedagogik tajribalar asosida о‘zini oqlagan. Biroq biologik
ta’limning turli
о‘quv fanlariga ajralishi tirik tabiatdagi narsa xodisalarni alohida-
60
alohida
о‘rganishga emas, balki ularning bir butunligini, о‘zaro bog‘liqligini ifoda
etgan holda
о‘qitilishini taqozo qiladi. Biologiya о‘quv fanining tarkibiy
qismlariga birinchi navbatda ilmiy tushunchalar kiradi. Ular biologiyaning ayrim
sohalariga oid xususiy va biologiyaning barcha sohalariga xos b
о‘lgan umumiy
biologik tushunchalardan tashkil topadi.
Ana shunday umumiy biologik
tushunchalar qatoriga organizmlarning hujayraviy tuzilishi, modda va energiyaning
almashinuvi, organizm va muhitning
о‘zaro birligi, irsiyat о‘zgaruvchanlik organik
olam evolyustiyasi tushunchalari kiradi. Biologiya
о‘quv fani mazmunining yana
bir komponenti b
о‘lib g‘oyalar hisoblanadi. Biologiya ta’lim mazmunida
о‘quvchilar ongiga organik olam evolyustiyasi, tirik tabiat tuzilishining har
darajada ekanligi, organ tuzilishi
bilan funksiyasining
о‘zaro bog‘liqligi, biologik
sistemalarning tabiiy muhit bilan aloqadorligi,
о‘z-о‘zini boshqarish va nihoyat
nazariya bilan amaliyotning birligi kabi g‘oyalar singdiriladi. Biologiya
о‘quv
fanining mazmunini yana bir komponenti b
о‘lib biologik qonunlar hisoblanadi.
Ana shunday biologik qonunlardan
о‘quvchilar Mendel va Morganning irsiyat
qonunlari,
Ber qonuni, Xardi-Vaynberg qonuni, V.I.Vernadskiyning atomlarning
biogen migrastiyasi qonuni kabilar bilan tanishadilar. Biologiya fan mazmunining
yana bir komponenti ilmiy nazariyalardir. Umumiy
о‘rta ta’lim biologiya о‘quv
ta’lim mazmuniga CH.Darvinning organik olamning evolyustion nazariyasi,
A.N.Severstovning
filembriogenez
nazariyasi,
T.Morganning
xromosoma
nazariyasi va nihoyat hozirgi zamon gen nazariyasi kiritilgan.
Dostları ilə paylaş: