O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

154 
 
Abu Rayhon Beruniyning ijodida ekologik. 
Abu Ali ibn Sinoning ekologik qarashlari. 
Alisher Navoiy asarlarida ekologiya muammolari. 
Sohibqiron Amir Temurning ekologik dunyoqarashi. 
Mirzo Ulug‘bekning dunyo sivilizatsiyasiga qо‘shgan hissasi. 
Zahiriddin Muxammad Boburning ekologiya fanining rivojiga qо‘shgan 
hissasi. 
Kechada о‘quvchilarning yuqorida kayd etilgan mavzular bо‘yicha 
ma’ruzalari eshitiladi, adabiy-badiiy chiqishlari nazarda tutiladi.
 
Jumladan, “Orol dardi-olam dardi” mavzusidagi syujetli-rolli kechada syujet 
tabiatdan olinadi va jamiyatdagi munosabatlar bilan uyg‘unlashtiriladi. 
Mazkur kechada Orol – “ona”, Amudaryo va Sirdaryo “ona”ning zanjirband 
“о‘g‘illari”, yomg‘ir, qor, shudring “ona”ning “qizlari” siymosini gavdalantiradi. 
Orol - ya’ni, “ona” о‘zining о‘g‘illari bо‘lgan Amudaryo va Sirdaryoning 
diydoriga mushtoq, о‘z dardiga malhamni ulardan kutadi va buni she’riy dard bilan 
ifoda etadi. Izmi о‘zida bо‘lmagan zanjirband о‘g‘illar ham ona mehriga zor, lekin 
har qancha harakat qilishmasin onaning huzuriga yeta olmaydi. Tabiat in’om etgan 
yomg‘ir, qor va shudring ona huzurida bо‘lsalar ham uning dardini yengillata 
olmaydilar. Ona va farzand о‘rtasidagi mehr-muhabbat, muruvvat shu tariqa ifoda 
etiladi. 
О‘qituvchi bu kechani о‘tkazish uchun quyidagilarni amalga oshirishi zarur: 
Orol muammolariga oid ma’lumotlarni tо‘plashi; 
Dars ssenariysini о‘quvchilar va adabiyot о‘qituvchilari bilan hamkorlikda 
tuzishi; 
Rollar va vazifalarni о‘quvchilar о‘rtasida taqsimlashi; 
Muammoni hal etish yо‘llarini belgilashi lozim. 
Biologiya о‘qituvchisi maktab pedagogik jamoasi bilan mazkur mavzuli 
kechani mazmunli о‘tkazishi borasida hamkorlikda ish olib borishi, mavzuga 


155 
tegishli sahna kо‘rinishlari, adabiy-badiiy chiqishlarni tayyorlashi, ekologiyaga oid 
hikmatli hikoyalar, rivoyatlar, hadislar va maqollar tо‘plashi, ular asosida kecha 
ssenariysini tayyorlashi lozim. 
“О‘zbekiston ekolog olimlarining fan taraqqiyotiga qо‘shgan hissalari”, 
“О‘zbekistonda biotexnologiya va genetik injeneriya fani yutuqlari va kelajagi” 
mavzulardagi mavzuli kechalarga ilmiy-tadqiqot institutlari, ularning filiallari bilan 
hamkorlikda ish olib borishi, fan rivojiga hissa qо‘shgan olimlarning ishlari bilan 
yaqindan tanishishi, kechani о‘tkazish rejasini tuzishi va ma’ruzalar mavzusini 
tanlashi lozim. Shu bilan birga, kecha mavzusiga bog‘liq holda olimlarning chop 
etgan ilmiy ishlari, о‘quv, ilmiy-ommabop adabiyotlarning kо‘rgazmasi, 
mustaqillik davrida qо‘lga kiritilgan yutuqlar va istiqboldagi rejalar aks ettirilgan 
devoriy gazetalar, kechada ishtirok etadigan olimlarning hayot faoliyati va fan 
rivojiga qо‘shgan hissalari haqida ma’ruzalar tayyorlanishiga e’tiborni qaratishi 
zarur.
Ommaviy ravishda olib boriladigan mashg‘ulotlar biologiyani о‘qitish 
samaradorligini oshirish, о‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, fikr yuritish 
doirasini kengaytirish, qiziqishlari, mustaqilligi, nutq va muloqot madaniyati, 
о‘quv va amaliy mehnat kо‘nimalarini rivojlantirish, о‘quvchi yoshlar ongi va 
qalbiga milliy istiqlol g‘oyalarini singdirish, ularni Vatan va mustaqillik 
prinsiplariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida 
tarbiyalashga zamin yaratadi. 
Xulosa qilib aytganda, biologiya о‘qitishning samaradorligi dars, darsdan va 
sinfdan tashqari ishlar, ekskursiyalarni uzviy ravishda, ular о‘rtasidagi mantiqiy 
bog‘lanishlarni e’tiborga olgan holda tashkil etilishiga bog‘liq bо‘ladi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin