O’zbekiston Respublikasi Xalq


Modul dasturining didaktik maqsadi



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

Modul dasturining didaktik maqsadi

Siz modul dasturi yordamida о‘quvchilar bilan kichik guruhlarda
hamkorlikda ishlab ra’nodoshlar oilasining о‘ziga xos belgilari, yovvoyi va 
madaniy vakillari bilan tanishishingiz, ularning inson hayoti va tabiatda, 
iqtisodimizni rivojlantirishda tutgan о‘rnini aniqlashingiz, darslik ustida mustaqil 
ishlash kо‘nikmalaringizni rivojlantirishingiz zarur. 
VI. Modul dasturini yakunlash. 
VII. Yangi mavzu bо‘yicha о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilimlarini test 
topshiriqlari yordamida nazorat qilish va baholash. 
VIII. Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash. 


122 
IX. Uyga vazifa berish. 
О‘qituvchi modul dasturi yakunidan sо‘ng, о‘quvchilarga yangi mavzu 
bо‘yicha test topshiriqlarini tavsiya etadi. О‘quvchilar test topshiriqlarining
javoblarini aniqlagandan sо‘ng, о‘qituvchi tо‘g‘ri javoblarni e’lon qiladi. 
О‘quvchi о‘z javoblarini о‘zi tekshiradi va modul dasturining tegishli grafasiga о‘z 
bahosini qо‘yadi. Shu tariqa о‘quvchi о‘z-о‘zini nazorat qiladi. Modul dasturining 
bajarilishini nazorat qilishda, о‘quvchilar о‘rtasida о‘zaro nazoratni qо‘llash xam 
yaxshi natija beradi.
Hamkorlikda о‘qitish texnologiyasi. 
Biologiyani о‘qitishda hamkorlikda о‘qitish texnologiyasining komandada 
о‘qitish, kichik guruhlarda о‘qitish, “arra” yoki “zigzag”, “Birgalikda о‘qiymiz” 
metodlaridan foydalanish imkoniyati mavjud: 
Komandada о‘qitish
(R.Slavin) metodidan foydalanilganda о‘quvchilar teng 
sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. 
Komanda a’zolari о‘quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir о‘quvchi 
mavzudan kо‘zda tutilgan bilim, kо‘nikma va malakalarni о‘zlashtirishiga 
e’tiborni qaratadi. Hamkorlikda о‘qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bо‘lgan 
R.Slavinning ta’kidlashicha, о‘quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish 
bо‘yicha kо‘rsatma berilishi yetarli emas. О‘quvchilar о‘rtasida tom ma’nodagi 
hamkorlik, har bir о‘quvchining qо‘lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-
biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga 
kelishi zarur. Mazkur texnologiyada о‘quvchilarning bilimlarni о‘zlashtirish 
sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir о‘quvchining kundalik 
natijasi avval qо‘lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina о‘quvchilar 
о‘zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishini anglagan 
holda ma’suliyatni his qilib, kо‘proq izlanishga, bilim, kо‘nikma va malakalarni 
puxta о‘zlashtirishga intiladi.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin