118
4. О‘quvchilarning nutqini о‘stirish, о‘z fikrini lо‘nda va mantiqan tо‘g‘ri
bayon etish, ularni dalillash kо‘nikmalarini hosil qilish.
“Aqliy hujum”
darslarining tuzilishi quyidagicha bо‘ladi:
О‘qituvchining kirish sо‘zi. Bunda о‘qituvchi dars mavzusining maqsadi va
vazifalari, ilmiy munozara о‘tkaziladigan muammolarning umumiy tafsiloti, darsda
о‘quvchilar guruhi bajaradigan о‘quv topshiriqlari bilan tanishtiradi. О‘quvchilarni
teng sonli kichik guruhlarga ajratish. О‘quvchilar faoliyatini munozarali va
muammoli masalalarni bajarishga va hal etishga yо‘llash; О‘quvchilar guruhi
о‘rtasida о‘quv bahsi va munozarani tashkil etish; О‘quv bahsi va munozara
yakuni. О‘qituvchi dars davomida о‘quv bahsi va munozara keltirib chiqargan
muammolar yechimidagi asosiy g‘oya va tushunchalarni ta’kidlab, xulosalar
yasaydi. О‘quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash. О‘quv baxsi va
munozaralarda faol ishtirok etgan о‘quvchilar rag‘batlantiriladi va reyting tizimiga
muvofiq baholanadi.
Dostları ilə paylaş: