O’zbekiston Respublikasi Xalq


Pedagogik texnologiyalarning uchta darajasi mavjud



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

Pedagogik texnologiyalarning uchta darajasi mavjud: 
Umumiy 
metodik 
daraja. 
Umumiy 
pedagogik 
(umumdidaktik, 
umumtarbiyaviy) darajada pedagogik texnologiyaning umumiy qonuniyatlari
konseptual asoslari, о‘qituvchi va о‘quvchining bilish faoliyatini tashkil etish va 
boshqarishning о‘ziga xos xususiyatlari ishlab chiqiladi. 


110 
Xususiy metodik darajada muayyan bir о‘quv fani, kursni о‘qitish 
jarayonining maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida ta’lim mazmunini 
о‘quvchilar ongiga singdirishda foydalaniladigan о‘qitish metodlari, vositalari va 
shakllarining o’quv qo’llanmasi tushuniladi. Lokal (modul) darajada ta’lim-tarbiya 
jarayonining ma’lum bir qismida mazkur qismning xususiy didaktik va tarbiyaviy 
maqsadini hal etishga qaratilgan texnologiya tushuniladi. 
Pedagogik texnologiyalarning yuqorida qayd etilgan uchta darajasi bir-birini 
tо‘ldiradi va taqozo etadi. Hozirgi zamon ta’lim tizimida hukmronlik qilayotgan 
an’anaviy ta’limni mazmunan yangilash va ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni 
tubdan о‘zgartirishga qaratilgan texnologiyalarni didaktik maqsadlariga kо‘ra 
quyidagi 
guruhlarga 
ajratish 
mumkin: 
Pedagogik 
munosabatlarni 
insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya; 
О‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya jarayonining 
samaradorigini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologik. Ta’lim jarayonini 
tashkil etish va boshqarishning samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik 
texnologiyalar.
О‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash 
asosidagi pedagogik texnologik. Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga 
asoslangan pedagogik texnologik. 
Quyida shu texnologiyalarga qisqacha tо‘xtalamiz. 
1. Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratlashtirish 
asosidagi pedagogik texnologiya; Mazkur texnologiya о‘qituvchi va о‘quvchi 
shaxsi о‘rtasidagi munosabatlarni mukammalashtirish, о‘quvchi shaxsiga 
individual yondashish, ta’lim-tarbiya jarayonini demokratlashtirish, ta’lim 
mazmunini insonparvarlik g‘oyalari bilan boyitishni nazarda tutadi. 
2. О‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va ta’lim-tarbiya 
jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiY. Mazkur 
texnologiya biologiyani о‘qitishda о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish 
va ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga imkon yaratadi. Bu 


111 
texnologiyalar guruhi didaktik-о‘yin, rivojlantiruvchi, muammoli, modulli va 
kommunikativ ta’lim texnologiyalarini о‘z ichiga oladi. 
3. Ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning samaradorligini 
oshirishga qaratilgan pedagogik texnologiyalar. Ushbu texnologiyalar biologiyani 
о‘qitishda ta’lim jarayonini maqsadga muvofiq tashkil etish va boshqarish orqali 
samaradorlikni oshirishga imkon beradi. Ularga dasturli о‘qitish, differensial 
ta’lim, ta’limni individuallashtirish, guruhli va jamoaviy hamkorlik, 
uyg‘unlashtirilgan ta’lim texnologiyalari kiradi. 
4. О‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash 
asosidagi pedagogik texnologiY. Mazkur texnologiya о‘quv materialini didaktik 
jihatdan takomillashtirish va qayta ishlash orqali о‘quvchilarning bilimlarni 
о‘zlashtirish jarayonining samaradorligini oshirish, aqliy faoliyatni bosqichma-
bosqich shakllantirish orqali mustaqil va erkin fikrlashni rivojlantirishni nazarda 
tutadi. 
5. Xalq pedagogikasi metodlaridan foydalanishga asoslangan pedagogik 
texnologiY. Mazkur texnologiya shaxs kamoloti va tabiiy rivojlanishi ta’lim-
tarbiya jarayonining uzviyligiga asoslanadigan tarbiya texnologiyalaridan iborat. 
Biologiyani о‘qitishda ushbu texnologiyalardan foydalanish о‘quvchilarni 
mustaqillik prinsiplari va Ona-Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy 
qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular qalbi va ongiga milliy istiqlol 
g‘oyalarini singdirish imkonini beradi. 
Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonida lokal (modul) va xususiy 
metodik darajada qо‘llaniladi. 
Biologiya о‘qituvchisi о‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va 
boshqarishni takomillashtirish maqsadida avval darsning ma’lum bosqichida lokal 
(modul) darajada qо‘llashi maqsadga muvofiq. Bunda avval yangi mavzu 
о‘rganilib, о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma malakalarini nazorat 
qilish va baholashda nazorat testlari, turli о‘yin mashqlar, musobaqa, trening 
о‘tkazadi. О‘quvchilarning bu faoliyatga kirishishi va muayyan kо‘nikma va 


112 
malakalarni egallagandan sо‘ng, pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslarni 
о‘tkazishi, ya’ni xususiy metodik darajada qо‘llashi mumkin. 
Xususiy metodik darajada darsning barcha bosqichlari pedagogik texnologiya 
talablari asosida tashkil etiladi. Bunda о‘qituvchi о‘rganiladigan mavzuning 
ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlaridan kelib chiqqan holda qaysi 
texnologiyadan foydalanish, mazkur texnologiya asosida о‘quvchilarning bilish 
faoliyatini tashkil etishning о‘ziga xos xususiyatlari, darsda о‘quvchilarning bilishi 
lozim bо‘lgan о‘quv topshiriqlari, о‘quvchilarning о‘zlashtirgan bilimini nazorat 
qilish va baholash yо‘llarini belgilashi lozim. Biz pedagogik texnologiyalarning 
о‘ziga xos xususiyatlari, mohiyati va mazmuniga kо‘ra ikki guruhga ajratdik:
Pedagogik jarayonning xarakteri, borishi va mazmunini о‘zgartirishda 
qо‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin