O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

Boblar va 
mavzular 
Soat 
Muddat 
Fanlararo bog‘lanish Ekskursiya Sinfdan 
tashqari 
ishlar 
О‘quv yili uchun tuzilgan istiqbol reja qat’iy emas, unga yil davomida 
muayyan holatlarni hisobga olgan holda tegishli о‘zgartirishlar kiritish, ekskursiya 
va sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish va о‘tkazish muddatlari о‘zgartirilishi 
mumkin. О‘qituvchi istiqbol rejaga asoslanib о‘qitishni tashkil etish uchun mavzuli 
taqvim reja tuzadi. Mazkur rejani tuzishda: 
Har bir о‘quv fani dasturi mazmun va mohiyatiga kо‘ra izchillikda 
joylashgan boblardan iborat ekanligi; Dasturdan о‘rin olgan har bir bob mantiqiy 
jihatdan bir-biriga uzviy bog‘liq bо‘lgan о‘quv materiallarini birlashtirishi; Har bir 
bob mantiqiy jihatdan uzviy bog‘langan darslar tizimidan iborat ekanligi; Har bir 


103 
mavzu mazmuniga kо‘ra, о‘quvchilarda muayyan biologik tushunchalarni 
shakllantirish va kо‘nikmalarni tarkib toptirishga zamin tayyorlashini nazarda 
tutishi lozim. Ma’lumki, biologiyani о‘qitishda mavzu matnida ustunlik qiluvchi 
tushunchalarga kо‘ra, morfologik, anatomik, fiziologik, sistematik, gigiyenik, 
ekologik, embriologik, sitologik va h.k. mazmundagi darslarga ajratiladi. 
Darslarning 
bunday 
guruhlarga 
ajratilishi 
о‘quvchilarda tushunchalarni 
shakllantirish va kо‘nikmalarni tarkib toptirish jarayonini uyg‘unlashtirish va 
ularni uzviy ravishda rivojlantirish imkonini beradi. Dars mazmuni tarkibidagi 
tushuncha va kо‘nikmalarni о‘quvchilar tomonidan mustahkam о‘zlashtirishlari 
uchun о‘qituvchi kо‘rgazma vositalari va о‘qitish metodlarini tanlaydi. 
Morfologik, anatomik, sistematik tushunchalar (tabiiy obektlarni aniqlash, 
ularning organlarini ajratish, mikropreparatlarni mikroskop yordamida kо‘rish, 
о‘simlik va hayvonlarni qaysi sistematik guruhga mansubligini aniqlash va h.k.) 
asosan, laboratoriya jihozlari, kо‘rgazma va tarqatma materiallarni, metodlardan 
amaliy metodlarni, fiziologik va ekologik mazmundagi darslar tajriba va 
kuzatishlar о‘tkazish, kо‘rgazma vositalari, kinofilm, videofilm, multimedialarni 
namoyish qilishni metodlardan kо‘rgazmali metodlarni, mavzular bо‘yicha 
umumlashgan, umumbiologik tushunchalarni rivojlantirishga mо‘ljallangan 
mavzular mantiqiy metod (taqqoslash, о‘xshashlik va farqlarni aniqlash
umumlashtirish va xulosa chiqarish va h.k.) larni taqoza etadi.Har bir bob yakunida 
о‘tkaziladigan umumlashtiruvchi darslarda, darsning ta’limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi maqsadlariga mos holda muayyan kо‘rgazma vositalari va 
metodlardan foydalaniladi. Biologiya darslarida tasviriy kо‘rgazma vositalari bilan 
bir qatorda tabiiy obektlardan foydalanish maqsadga muvofiq, shu sababli 
о‘qituvchi uzoq vaqt davom etadigan kuzatish va tajribalar uchun zarur bо‘lgan 
muddatlarni hisobga olgan holda о‘z vaqtida masalan, “Bargda organik 
moddalarning hosil bо‘lishi”ni о‘rganish tajribasi о‘n kun avval, “Urug‘larning 
unib chiqish shart-sharoitlari” tajribasi, infuzoriya-tufelkasi kulturasi bir hafta 
oldin tayyorlash lozimligi hisobga olinishi zarur.


104 
Shunday qilib, mavzuli reja о‘quv fani bо‘yicha darslarning tizimini, 
mazmunning mantiqiy rivojlanishi, metodlarning turlari, kо‘rgazma vositalari, 
darsdan tashqari ishlar, о‘kuvchilarning mustaqil tahsilini о‘z ichiga oladi. Bundan 
tashqari о‘qituvchi mavzu bо‘yicha о‘quvchilar tomonidan bajariladigan uy 
vazifalari, darsdan tashqari ishlarning mazmuni va xarakteri, mustaqil о‘qish uchun 
qо‘shimcha adabiyotlarni aniqlashi zarur. 
О‘qituvchi har bir bobda tushuncha va о‘quv-amaliy kо‘nikmalarni 
rivojlantirish izchilligini, shuningdek, ta’lim-tarbiyaning uzviyligini amalga 
oshirish yо‘llarini belgilaydi, zarur hollarda mavzuli taqvim rejaga tegishli 
о‘zgartirishlar kiritadi. Quyida botanikadan 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin