97
14-§ BIOLOGIYANI О‘QITISH SHAKLLARINING SISTEMASI
“Sistema”
yunon tilida narsalar, xodisalar, tushunchalarning ma’lum
mantiqiy tartibdagi bir butun birikmasini ifodalaydi. Metodikada sistema
tarbiyaviy ta’lim jarayoni va uning tarkibiy elementlarining bir butunligi hamda
rivojlanish prinsiplari bilan taqozo qilinadi. aktabda о‘quvchilarga ta’lim va tarbiya
berish о‘quv ishlarining muayyan shakllarida amalga oshiriladi. О‘qitishning
shakli bu tarbiyaviy ta’lim jarayonida о‘qituvchi
tomonidan foydalanidigan
о‘quvchilarning о‘quv idrok qilish faoliyatini uni о‘tkazilish sharoitlariga muvofiq
holda tashkil qilinishidir.
Maktabda о‘rganiladigan barcha predmetlar uchun о‘quv ishlarining asosiy
shakli darsdir. Darslarda davlat dasturi va ma’lum darajada darslik belgilagan
о‘quv materiali о‘qitiladi. Darslarga qatnashish о‘quvchilar uchun majburiydir.
Biologiya о‘qitishning asosiy shakli-darslarga qо‘shimcha holda maktab
amaliyotida о‘qituvchining о‘quvchilar bilan olib boradigan о‘quv ishlarining
boshqa shakllari tarixan vujudga kelgan. Dastlab majburiy bо‘lmagan
sinfdan
tashqari va maktabdan tashqari mashg‘ulotlar, ekskursiyalar о‘qitish sistemasiga
qо‘yilgan. Hozirgi vaqtda metodika va maktab amaliyotida biologiya bо‘yicha
о‘quvchilar bilan olib boriladigan о‘quv ishlarining quyidagi shakllari qabul
qilingan: darslar va ular bilan bog‘liq bо‘lgan ekskursiyalar uy ishlari, darsdan
tashqari ishlar va sinfdan tashqari ishlar.
Metodik jihatdan tо‘g‘ri tashkil qilingan ta’lim jarayonida shu о‘qitishning
barcha shakllari – о‘qitishning asosiy shakli bо‘lgan dars bilan uzviy bog‘liqdir,
ular
biologik tushunchalarni, dunyoqarashni, tafakkurni va amaliy kо‘nikmalarni
rivojlantiradi. Sinfdagi darslarda biologiya predmetining hammasi о‘qitiladi.
Darslar kurs mavzulari bо‘yicha materialning izchil bayon qilinishini ta’minlovchi
muayyan izchilligida joylashadi. Darslarda о‘qituvchi barcha о‘qitish matodlarini:
og‘zaki, kо‘rgazmali, amaliy metodlarni qо‘llaydi. U о‘simlik va xayvonlarni
namoyish qiladi va amaliy ishlar bajarish yо‘li bilan о‘quvchilarni ayrim
organizmlarning tashqi hamda ichki tuzilishi bilan tanishtiradi. Lekin darsda tirik
organizmlarning rivojlashini, biotsenozlarda har xil
organizmlarning birgalikda
98
ishlashini kо‘rsatib bо‘lmaydi. Shuning uchun ham biologiya о‘qitish
metodikasida darslarni tо‘ldiruvchi maxsus shakllar qо‘llaniladi. Ekskursiyalar
о‘quvchilarni tabiatda tabiiy guruhlar, fermer xо‘jaliklar yoki muzeylarda, о‘simlik
va xayvonlar bilan tanishtiradi. Ekskursiyalar dars bilan uzviy bog‘liqdir.
Ekskursiyada о‘rganilgan obektlar kurs davomida kо‘p marta esga olinadi,
tо‘plangan narsalar namoyish qilinadi.Ekskursiyalarda о‘quvchilar oldingi
bilimlarini mustaxkamlab, tabiat haqidagi uquvlarini
rivojlantirib topshiriqlar
asosida kuzatishlar о‘tkazadilar va material yig‘adilar.
Uy vazifalari eksperimental xarakterda bо‘lishi bilan darslar bilan bog‘liqdir.
О‘quvchilar uyda uncha murakkab bо‘lmagan tajribalar qо‘yadilar. Darsda olingan
tasavvurlarni tasdiqlash uchun sinfda о‘tkazilgan tajriba, amaliy ishlarni
takrorlaydilar yoki ularni oxiriga yetkazadilar. Oldindan uyushtirilgan uy ishlari
alohida qiziqish kasb etadi. Bunda о‘quvchi shu hodisani sinfda о‘rganguncha
tajriba qо‘yadi yoki kuzatishlar olib boradi va shu mavzu bо‘yicha darsga ish
natijalarini olib keladi. Eksperimental tartibdagi ishlardan tashqari fikr yuritish
uchun,
kelgusi darsda, ya’ni material bilan bog‘lanish о‘rnatish maqsadida ilgari
о‘tilgan mavzular bо‘yicha masalalar va savollar berilishi mumkin.
Darsdan tashqari ishlar uy ishlariga nisbatan murakkabroq bо‘lib, ularni
bajarish uchun tegishli о‘simliklar, maxsus asboblar va boshqa jihozlar talab
qilinadi. Darsdan tashqari ishlarga: biologiya xonasi,
tirik tabiat burchagidagi,
о‘quv tajriba uchastkasidagi va tabiatdagi ishlar kiradi. Biologiya kabineti va tirik
tabiat burchagida о‘tkaziladigan ishlar uchun о‘quvchilarga topshiriqlarni darslarda
kursning
barcha
mavzulari
bо‘yicha
о‘quv
yili
davomida
berib
boriladi.О‘quvchilarning о‘quv-tajriba uchastkasidagi yozgi topshiriqlarning
natijalari ham barcha sinflar bо‘yicha kuzda о‘tkaziladigan darslarda
foydalaniladi.Darsdan tashqari ishlar majburiydir va buning uchun о‘quvchilar
baho oladilar. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning majburiy bо‘lmagan, kо‘ngillari
shakllari; individual ishlar sinfdan tashqari о‘qishlar yoki tabiatshunoslar
tо‘garagining ish, ommaviy kechalar, ijtimoiy foydali mehnatlar keng qо‘llaniladi.
Sinfdan tashqari ishlar о‘quv materiali asosida unga bog‘liq holda
99
uyushtiriladi.Biroq
uning
mazmunini
takrorlamaydi,dastur
doirasi
bilan
cheklanmaydi,ammo uni tо‘ldiradi.Yosh tabiatshunoslar tо‘garagi
biologiya
darslarda namoyish qilish uchun kurs bо‘yicha qulay va kerakli tajribalar qо‘yib
boradi. Sinfdan tashqari о‘qitilar, agar о‘kuvchilarning о‘qiganlari darslarda,
ekskursiyalarda, darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda joy olsa, ya’ni
о‘qitish jarayoniga uzviy kirsa, yaxshi beradi: о‘quvchilar axborot va dokladlar
bilan chiqadilar, о‘qiganlari haqida maqolalar yozadilar.
Misol
uchun
Dostları ilə paylaş: