“qon” va “qon aylanish” mavzularini о‘tishda о‘qituvchi turli
metodlardan foydalanadi. Ayni paytda о‘qituvchi о‘quvchi gruppalariga: diffuziya
va osmos xodisaning о‘rganishga oid tajribalar qо‘yish, odam va baqa qonidan
preparat tayyorlash, qonning shaklli elementlarini modelini yasash, qon guruhlarini
aniqlash, arteriyalarda pulsni sanash kabi topshiriqlar beradi. о‘quvchilar bu
topshiriqlarni darsdan tashqari vaqtlarda bajaridilar. Imkoniyati bо‘lganda
о‘qituvchi qon quyish instituti, tibbiyot muzeyiga ekskursiya tashkil etadi. U
ekskursiya mazmuniga oid о‘quvchilarga savollar beradi. Ekskursiyada qaysi
masalalarga kengroq e’tibor berishni kо‘rsatib beradi. Ekskursiyadan keyin
о‘quvchilar rasm va sxemalar bilan ta’minlangan hisobotlar tayyorlaydilar.
О‘quvchilar ekskursiya mavzusiga oid devoriy gazetalar tayyorlaydilar. Eng yaxshi
hisobotlar takrorlanishda foydalaniladi. Bularning barchasida о‘quv shakllar bilan
tо‘g‘ri va teskari bog‘lanish kо‘rinadi. О‘quvchilarning ish natijalari manbai
sifatida darsga kiritilganda, о‘quvchilarning о‘zlari bu teskari bog‘lanish
ta’limotiga emas, balki alohida tarbiyaviy ahamiyatga ega bо‘ladi. Dars о‘quv
ishlarining tashkil qilishning barcha shakllarini qamrab oluvchi butun tarbiyalovchi
ta’lim jarayonining markaziy qismidir. Kо‘pincha о‘qitish shakllari tо‘g‘risidagi
tushunchalarni metodlar tо‘g‘risidagi tushuncha bilan aralashtirib yuboradilar,
masalan, ekskursiyani
“Ekskursiya metodi” deb ataladi. Bu tо‘g‘ri emas, chunki
о‘qitishning har bir shaklida metodlar qо‘llanilishi mumkin. Biologiya о‘qitish
sistemasi asosan tarbiyalovchi ta’lim asosiy elementlarning rivojlanishidan,
о‘qitishning barcha shakllari о‘rtasidagi bog‘lanishlardan iboratdir. Darsda ilmiy
biologik tushunchalar va amaliy о‘kuvlar rpivojlantirilishi, ular uy ishlarida ham
100 ekskursiyalarda ham rivojlanishda davom etadi. О‘qitish shakllarini har biri uning
о‘ziga xosligi, predmetning mazmuni, tabiyaviy ta’limning umumiy prinsiplari
bilan beligilangan о‘zining sistemasiga ega.