131
V-BOB. DARSDAN VA SINFDAN TASHQARI ISHLAR
18-§ DARSDAN TASHQARI ISHLAR.
Darsdan tashqari ishlarning xususiyatlari.
Darsdan tashqari ishlar
о‘qituvchining individual yoki gruppali topshiriqlari asosida darsdan keyin kursni
о‘rganish bilan bog‘liq bо‘lgan majburiy tarzda amaliy ishlarni bajarishni tashkil
etish shakli. Darsdan tashqari ishlar:
biologiya xonasida, tirik tabiat burchagida,
о‘quv tajriba uchastkasida bajariladi. О‘quvchilarning darsdan tashqari ishlarining
zururligi shundan iboratki, о‘simliklar va xayvonlar
ustida olib boriladigan
kо‘pgina uzoq muddatli kuzatishlar о‘quv jadvaliga sig‘maydi. Ayrim xollarda
turli asboblar va mikroskop yetishmasligi, sinfda turli topshiriqlarni
bajarilishiga
tо‘sqinlik qiladi. Biologiya kursini о‘rganish davomida har bir о‘quvchi mikroskop
bilan ishlash kо‘nikma malakasiga ega bо‘lishi kerak. Shuning uchun о‘qituvchi
navbat bilan 3-5 о‘quvchini dars oldidan yoki darsdan sо‘ng mikroskop bilan
ishlashini tashkil etish kerak. О‘quvchilar 3-5 tadan guruhlarga bо‘linib mayda
xayvonlar ustida о‘qituvchi topshirig‘i bо‘yicha
keyinchalik darslarda
foydalaniladigan uzoq muddatlibiologik kuzatish va tajribalar olib boradilar. Har
bir о‘quvchi yil davomida bir yoki ikkita darsdan tashqari ish bajaradi, ularning
bajarilishiga о‘qituvchi baho qо‘yadi. Darsdan tashqari ishlar mazmuniga kо‘ra
uyga beriladigan tajribalarga yaqin hisoblanadi. Lekin
farqi shundaki uy ishlar
ancha oddiyroq bо‘lib, sinf о‘quvchilari uchun bir vaqtda beriladi. Darsdan
tashqari ishlarning uy ishlaridan, farqi ba’zan dastlabki xarakterda bо‘ladi, ya’ni
sinfda о‘rganishdan bir necha kun, hafta va xatto bir necha oy ilgari beriladi.
Masalan botanikadan
suv о‘simliklari bilan tajribalar -2oy
bargda kraxmal izlari hosil bо‘lishi -2 oy
poya bо‘ylab suvning kо‘tarilishi –2-3 kun
Xayvonlar ustida olib boriladigan tajribalar uzoq muddatli bо‘ladi.
Odam va
uning salomatligi kursidan morfologik, gistologik va meditsina xarakteridagi ishlar
ma’lum mavzular о‘rganilgandan sо‘ng bilimni mustahkamlash uchun о‘tkaziladi.
Kо‘pgina fiziologik tajribalar, shartli refleks hosil qilish, avitaminoz va boshqalar
132
oldindan bajariladi. Ularning natijalarini darsda kо‘rsatish imkoni bо‘ladi. Darsdan
tashqari vaqtda о‘quvchilar о‘tkazayotgan barcha tajribalarning borishi haqida
xabardor bо‘lgan о‘qituvchi darsda tajribaning borishi,
turli bosqichlardagi
о‘zgarishlarni namoyish qilishi, о‘tkazilayotgan tajribalar haqida о‘quvchilar
axborotini yangi mavzular bayoniga kiritish imkoniga ega bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: