O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

“mutaxassisi”
bо‘lishi shart, mazkur 
“mutaxassis”
lar о‘zlari egallagan bilimlarni xuddi 
“arra”
tishlari ketma-ket kelganidek, navbat bilan о‘rtoqlariga bayon qiladi. Mazkur 
guruhlarda о‘quv materiali mantikiy ketma-ketlikda qayta ishlab chiqiladi. 
Shuni qayd etish kerakki, ushbu darsda о‘quvchilar ikki marta guruhlarga 
ajratiladi. 
Birinchi gurux 
“mutaxassislar”'>“mutaxassislar”
tayyorlash guruxi. 
Mazkur mavzu bо‘yicha о‘quv materiali mantiqiy tugallangan fikrli tо‘rtta 
qismdan iborat bо‘lganligi sababli, darsda qatnashayotgan 32 ta о‘quvchi dars 
boshlanishidan oldin 4 xil rangdagi kartochkalar yordamida teng sonli tо‘rtta 8
о‘quvchidan iborat 
“mutaxassislar”
guruhiga ajratiladi. Ular о‘zlariga tegishli 
о‘quv topshiriqlarni bajaradi va shu qism bо‘yicha 
“mutaxassislar”
ga aylanadi. 


128 
Ikkinchi guruh 
“mutaxassislar”
uchrashuvi guruhi. Rangli kartochkalarning
har birining orqa tomonida 1 dan 8 gacha raqamlar yozilgan bо‘lib, barcha rangli 
kartochkalardagi raqamlar yig‘indisi sinfdagi о‘quvchilar soniga teng bо‘lishi 
lozim. 
“Mutaxassislar”
uchrashuvi kartochkalarning orqa tomonidagi raqamlar 
asosida 8 ta guruh tashkil etilib, bu guruhlar tarkibiga bir xil raqamli 4 xil 
rangdagi kartochkalarga ega bо‘lgan 4 ta о‘quvchi kiradi. Shuni qayd etish kerakki, 
bu guruhlarda har bir qism (blok yoki modul) “mutaxassisi” bо‘lishi shart. 
Mazkur uchrashuvda 
“mutaxassislar”
lar о‘zlari egallagan bilimlarni xuddi 
“arra”
tishlari ketma-ket kelganidek, navbat bilan о‘rtoqlariga bayon qiladi. 
Ushbu guruhlarda о‘quv materialining 4 ta qismi mantiqiy ketma-ketlikda qayta 
ishlab chiqiladi. Sо‘ngra о‘quv materiali yuzasidan tuzilgan topshiriqlar yaxlit 
holatga keltirilib, guruhlar о‘rtasida savol-javob, munozara о‘tkaziladi. 
О‘quvchilar bilimlarni puxta egallashning yagona yо‘li о‘z hamkorining axborotini 
diqqat bilan tinglash ekanligini anglagan holda, mushohada yuritishga, kerakli 
ma’lumotlarni daftarga yozishga harakat qiladi. Bu yerda о‘qituvchi faqat 
о‘quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil etadigan tashkilotchi vazifasini 
bajaradi. Dars oxirida о‘qituvchi о‘quvchilarning bilim darajasini test topshiriqlari 
yordamida aniqlaydi. Har bir о‘quvchining bilimi sifatidagi о‘sish hisobga olinadi. 

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin