141
о‘qituvchilari bilan birgalikda о‘tkaziladi. Kо‘p kunlik ekskursiya –
rejasini
pedagogik kengashda tasdiqlanadi.
Ekskursiyaga tayyorgarlik.
Ekskursiyaning samaradorligi kо‘p jihatdan uni puhta tayyorlanishiga bog‘liq.
Har bir ekskursiya ham tashkiliy hamda nazariy jihatdan puxta tayyorgarlik
va aniq reja asosida о‘tkazishni talab qiladi.
Tayyorgarlik ishlari quyidagicha amalga oishiriladi:
Ekskursiyaning mavzusi va maqsadi belgilanadi, keyin unda о‘quvchilar
о‘zlashtirishi mо‘ljallangan о‘quv materialining mazmuni aniqlanadi. О‘qituvchi
ekskursiyaga borishdan bir necha kun oldin о‘zi о‘sha
ekskursiya joyi va
marshrutini kо‘rib keladi, (ya’ni taxminiy ekskursiya qilib keladi).
Bunda
о‘rganiladigan obektlar va qulay marshrut tanlanadi, qayerda,
qanday material
yig‘ish va qayerda tushuntirish hamda suhbatlar о‘tkazish mumkinligi belgilanadi,
ekskursiya uchun qancha vaqt sarflanishi aniqlanadi. Ekskursiya uchun zarur
bо‘lgan jihoz va materiallar oldindan tayyorlab qо‘yiladi (kompas, lupa, belkurak,
boltacha, metr, ip, etiketkalar,
gerbariy uchun papkalar, bankachalar).О‘qituvchi
taxminiy ekskursiya о‘tkazish va о‘rganiladigan о‘quv materialining mazmunini
aniqlash asosida haqiqiy ekskursiya rejasini tuzadi. Reja ekskursiyaning borish
izchilligi va о‘qituvchi bilan о‘quvchilarning ish metodlari (tushuntirish, suhbat va
mustaqil amaliy ishlar: kuzatish obektni topib olish, materialni yig‘ish, kabilar).
О‘tkaziladigan ekskursiya haqida о‘quvchilar
bir necha kun oldin
ogohlantiriladi. Bunda ekskursiya joyi, qachon jо‘nalishi va qancha vaqt davom
etishi о‘quvchilarga
aytiladi.
О‘qituvchi ekskursiyadan
oldingi darsda
о‘quvchilarga darslik va boshqa manbalardan ekskursiya mavzusiga oid nimalarni
о‘qib takrorlash kerakligini vazifa qilib beradi.
Qishloq xо‘jaligi, ishlab chiqarish, muzey va milliy tadqiqot muassasi kabi
joylarda о‘tkaziladigan ekskursiyalar alohida tayyorgarlikni talab qiladi. Bunda
avvalo ekskursiya va uning vaqti tо‘g‘risida xо‘jalik yoki muassasa boshliqlari
bilan kelishib olish kerak bо‘ladi.
Dostları ilə paylaş: