143
2.Ekskursiya obektlarini о‘rganish oxirida mashg‘ulotga dastlabki yakun
yasaladi, bunda о‘rganilgan о‘quv materiali qisqacha takrorlanadi, mustaqil ish
bо‘yicha topshiriqlarning qanday bajarilganligi tо‘g‘risida zveno (gruppa)
boshliqlarining axborotlari tinglanadi, о‘kuvchilar faoliyatidagi ijobiy va salbiy
tomonlar qayd qilinadi.
3.Ekskursiya davomida yoki unga yakun yasalayotganda о‘quvchilar
mavzuga bevosita aloqador bо‘lmagan xilma-xil savollar berishlari mumkin.
Bunday xollarda qanday yо‘l tutish kerak? Agar har qanday savollarga tо‘liq javob
beriladigan bо‘lsa, asosiy mavzudan chekinishga tо‘g‘ri keladi. Javob qisqa va
aniq bо‘lsin.
4.Ekskursiyadan qaytish unga borish tartibida bо‘ladi; ekskursiyaning
yakunlanishi ham albatta tashkiliy ravishda bо‘lmog‘i lozim. О‘qituvchi
ekskursiyaning tamom bо‘lganligi tо‘g‘risida e’lon qiladi. Eng yaxshisi,
ekskursiyani maktabga qaytib kelgandan keyin tugallangani ma’qul.
5.Ekskursiyadan yig‘ib kelingan materiallar ularni kelgusida о‘rganish uchun
tartibga solinadi.
Dostları ilə paylaş: