O’zbekiston Respublikasi Xalq



Yüklə 2,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/125
tarix28.11.2023
ölçüsü2,4 Mb.
#167014
növüУчебное пособие
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   125
Biologiya o\'qitish metodikasi o\'quv qollanma

1.Pedagogik talablar: 
О‘quv va laboratoriya xonalari, undagi jihozlar hamda vositalar darsda 
о‘rganiladigan mavzu mazmunini yoritishga, о‘quvchilarning obektlarning 
tuzilishini tо‘liq tasavvur etishlariga yо‘naltirilishi bilimlarni yodda saqlash va 
amaliyotda qо‘llashga yordam berishi, biologik ta’lim jarayonida kо‘rgazmaviylik 
prinsipini amalga oshirish, shuningdek ilg‘or pedagogik va axborot texnikalarini 
qо‘llash orqali о‘quvchilarning biologiya fani asoslarini puxta о‘zalshtirishlari 
uchun, о‘kuv va amaliy kо‘nikmalarini tarkib toptirishi, ularni mustaqil hayotga 
tayyorlash va kasb tanlashlariga yordam berishi lozim. 
2.Biologiya xonasiga qо‘yiladigan xavfsizlik va gigiyena talablari: 
Xonadagi о‘quv jihozlarining barchasi ta’limning texnikaviy vositalari va 
mehnat gigiyenasi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga javob berishi lozim. 
О‘quv xonasida texnik vositalari (asboblar)ni ishlatish va saqlash qoidalarini 
eslatib turuvchi (eslatmalar) bо‘lishi kerak. Xavfsizlik texnikasi va gigiyena 
talablariga tо‘liq rioya qilish baxtsiz xodisalarni hamda turli kasalliklarni oldini 
olishning ishonchli garovidir. 
3.Estetik talablar: 
Xonaga qо‘yilgan har bir jihoz, shuningdek, ularning elementlari va umumiy 
kо‘rinishi gо‘zalllik qonuniyatlariga javob berishi, о‘quvchilarning badiiy didini 
tarbiyalashi о‘quvchida ham, о‘qituvchida ham qoniqish xissini hosil qilishi kerak.
Xonadagi kо‘rgazmali manbalar: 


160 
Optik asboblar – biologiya darslarida kо‘proq optik asboblar, ya’ni mikroskop 
va lupadan foydalaniladi. Ular kо‘zimizga kо‘rinmaydigan xayvonot va о‘simliklar 
organizmning anatomo – morfologik, shuningdek, mikroorganizmlarning 
tuzilishini о‘rganish uchun foydalaniladi.
Biologiya darslarida foydalaniladigan kо‘rgazmali qurollar tabiiy va tasviriy 
qurollarga bо‘linadi.
Tabiiy preparatlashtirilgan qurollarga: botanikadan – gerbariylar, gerbariy 
tablitsalari va amaliy ishlar uchun quritilgan о‘simlik uning organlaridan 
tayyorlangan 
tarqatma 
materillar 
kiradi; 
zoologiyadan – xasharotlar kolleksiyalari va umurtqasiz xayvonlar tiplarining 
fiksatsiya qilingan vakillari, xayvonlarning rivojlanishini kо‘rsatuvchi xо‘l 
preparatlar, umurtqalilarning har xil sistematik gruppa vakillarining tulup 
(chuchela) va skeletlari, tarqatma material – xayvonlarning ayrim qismlari, 
baliqlarning suyaklari, tangachalari, qushlarning patlari va boshqalar; odam 
anatomiyasi, fiziologiyasi va gigiyenasidan – odam skeleti, ayrim suyaklari 
mikropreparatlar va boshqalar kiradi.Tasviriy kо‘rgazmali qurollar: har bir kurs 
bо‘yicha tablitsalar va rasmlar; odam anatomiyasi, fiziologiya va gigiyenasi kursi 
uchun qismlarga ajratiladigan odam gavdasi va mulyaji va ayrim organlar 
sistemalari; umumiy biologiya kursi uchun maymun kalla suyaklari va miyasining 
mulyajlari diapozitivlar va mikropreparatlar kiradi. Jadvallar – о‘quv jadvallarni 
saqlashga alohida ahamiyat berilishi lozim. Jadvallarni shkafdagi sim ilgaklarga 
osilgan holda saqlash qulay. Biologiya xonasining barcha jihozlari dars davomida 
tajriba, amaliy ish kuzatishlar о‘tkazishda, jadvallar, video filmlar, diapozitlarni 
о‘z vaqtida namoyish qilishga, amaliy ishlarda material va asboblarni tarqatish 
hamda yig‘ib olishga moslashgan bо‘lishi kerak.

Yüklə 2,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin