Odam skeleti 206 ta suyakdan tashkil topgan bo'lib, ularning 85 tasi juft, 36 tasi toq suyaklardir. Suyaklar 4 xii shaklda bo'ladi.
Naysimon suyaklar - bular o'z navbatida ikki xiI bo'ladi. Uzun naysimon suyaklar (yelka, bilak, son, boldir suyaklari); kalta naysimon suyaklar (qo'l va oyoqning kaft va barmoq suyaklari).
G'ovak suyaklar - bular ham ikki xil: uzun g'ovaksimon (qovurg'a, to'sh, o'mrov), kalta g'ovaksimon (umurtqa, qo'l va oyoqning kaft, kaft-usti suyaklari) bo'ladi.
Yassi suyaklar - bosh suyagidagi tepa, ensa, yuz, kurak va chanoq suyaklari.
G'alvirsimon suyaklar - yuqorigi jag', peshona, bosh suya gining pastki asos qismidagi ponasimon va g'alvirsimon suyaklar.
Odam tanasidagi suyaklar joylashishiga qarab bir necha qismga bo'lib o'rganiladi: bosh, gavda, qo'l va oyoq suyaklari. Bosh suyagi 23 ta suyaklarning birikjsrudan tashkH topgan bo'lib ikki qismga bo'linadi: miya qutisi suyaklari va yuz suyaklari .
Miya qutisi suyaklariga: peshona, tepa , chakka
ensa , asosiy , g'alvirsimon suyaklar kiradi.
Yuz suyaklariga: yuqorigi jag' , yonoq , burun , ko'zyosh , pastki burun chanog'i , tanglay , pastki jag' , dimog' , til osti suyaklar kiradi.
Pastki jag' va chakka suyaklari bir-biri bilan bo'g'im hosil qilib birikadi. Bu bo'g'im tufayli pastki jag' xilma-xil harakatlarni bajaradi va natijada odam ovqatni chaynash, so'zlash, kuylash imkoniga ega bo'ladi.
yosh bolalarda bosh suyagi 23 ta alohida suyaklardan tashkil topgan bo'lib, ular bir-biri bilan suyak choklari yordamida birikadi. Ularning birikishi bolaning 2-3 oyligidan boshlab, u voyaga yetguncha davom etadi.
Tana skeleti. Odamning gavda skeleti ikki qismdan iborat: umurtqa pog'onasi va ko'krak qafasi.