163
guruhlar tashkil qiladilar va ularni tirik burchakda muayyan sistemada
taqsimlaydilar.
Masalan: quruqlikda о‘sadigan о‘simliklar kserofitlarga kaktus, aloe, agava.
Nam joyda о‘sadigan gigrofitlarga – tradeskansiya, begoniya, qirkquloq,
qirqbо‘g‘in, yо‘sin.
Namligi о‘rtacha bо‘lgan joyda о‘sadigan о‘simliklar fikus, limon, yovvoyi
о‘simliklar yertut, primula.
Tirik burchakdagi о‘simliklarni geografik guruhlarga taqsimlash mumkin.
Tropik о‘simliklar: kaktus, agava, aloe, begoniya tradeskansiya, fikus.
Subtropik о‘simliklar: limon, apelsin, tolgul.
Mо‘tadil mintaqa о‘simliklari: primula, pechakgul.
Mahalliy о‘simliklar: yovvoyi va madaniylari.
Tajriba uchun ekilgan о‘simliklarni alohida joyga qо‘yilishi kerak. Ekalogik
jihatdan yaqin bо‘lgan bir nechta о‘simliklar bir-biriga yaqin ekiladi. Natijada
chо‘l, tropik о‘rmon kabi “biogeotsenozlar” tashkil etiladi. Tirik burchakdagi har
bir о‘simlikda nomi yozilgan etiketka va qisqacha xarakteristikali pasporti bо‘lishi
kerak. ¡simlik ta’riflangan, har bir о‘simlik tо‘g‘risida tavsiya etilgan kitoblarni
kо‘rsatgan pasportlardan tirik burchakdagi о‘simliklar kartotekasi tuziladi.
Kartoteka о‘simlikni parvarish qiluvchilarga hamda u bilan tanishishni
hoxlovchilarga tushunarli bulishi kerak.
Dostları ilə paylaş: