O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XORIJLIKLAR NIGOHIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida jahon hamjamiyatini mamlakatimizning zamonaviy rivojlanishi bilan tanishtirgani barobarida, ko‘plab muhim tashabbuslarni ham ilgari surdi. Davlatimiz rahbarining ushbu nufuzli -minbardagi chiqishi nafaqat katta aks sado berdi, balki ayni paytda jahon ekspert-tahlil doiralari o‘rtasida faol qo‘llab-quvvatlanmoqda.
Ayniqsa, Bosh Assambleyaning 72-sessiyasi bo‘lib o‘tgan Amerikadagi mutaxassislar bunga katta qiziqish bildirishdi. Masalan, “StrateVarious Inc” konsalting kompaniyasi boshqaruvchi hamkori hamda “Jamestown Foundation” jamg‘armasi katta ilmiy xodimi S. Enders Uimbush Shavkat Mirziyoyevning mazkur nutqini “So‘nggi bir yil davomida olib borilayotgan islohotlar va ochiqlik ruhi bilan yo‘g‘rilgan”, deya ta’rifladi.
— O‘zbekiston yetakchisi mamlakatdan chiqish vizalarini olish tajribasini “umrini mutlaqo o‘tab bo‘lgan o‘tmish qoldig‘i”, deb atagani holda, ko‘pgina xorijlik sharhlovchi hamda jurnalistlardan ko‘ra ochiqroq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z fikrini bayon etdi, — dedi tahlilchi. — Mamlakatning, shubhasiz, dunyoga aytadigan gapi bor: O‘zbekiston ichidagi hamda uning tashqarisidagi jamoatchilik vizani bekor qilish, to‘g‘ri yo‘ldan adashgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiyalash jarayoni va boshqa masalalarga juda katta e’tibor qaratmoqda. Shu bois davlat rahbari ularni BMTning yuksak minbarida turib bayon etdi.
Shu bilan birga, S. E. Uimbush respublikamizda ro‘y berayotgan, “chetda turgan kuzatuvchiga bilinmaydigan, biroq mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyoti nuqtai nazaridan hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan qator jiddiy o‘zgarishlarga” ham e’tibor qaratdi. U iqtisodiyotni jadal liberallashtirish hamda diversifikatsiyalash, davlat boshqaruvi apparati shaffofligi darajasi oshgani, so‘zda emas, amalda qonun ustuvorligi belgilab qo‘yilgani ijobiy o‘zgarishlar sirasiga kirishini aytdi.
Gudzon institutining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha dasturi direktori o‘rinbosari Aparna Pandening fikricha, “Prezident Shavkat Mirziyoyevning Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik hamda barqarorlik o‘rnatilishiga ko‘maklashish zarurligi ta’kidlangan bayonoti olqishlanmog‘i lozim. Chunki O‘zbekiston bu mamlakatning yaqin qo‘shnisi hisoblanadi”
— O‘zbekiston hukumatining to‘g‘ri yo‘ldan adashib, ekstremizm mafkurasi ta’siriga tushib qolgan fuqarolarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish to‘g‘risidagi qarorini alohida qayd etishni istar edim, — dedi u. — Bunday qaror mintaqada va global miqyosda mazkur salbiy voqelikka qarshi kurash olib borishda o‘ta muhim ahamiyatga egadir. Toshkentning jozibali sarmoyaviy muhitni hamda liberal iqtisodiy tizimni shakllantirishga bo‘lgan intilishlari ham e’tiborga sazovor. Bularning barchasi mamlakatning yanada ochiqroq jamiyatni barpo qilish sari harakatlanayotganidan dalolat beradi.
Davlatimiz rahbari bayon etgan g‘oya hamda takliflar Yevropada ham o‘z aks sadosini bermoqda. Jumladan, “Eurocontinent” tahlil guruhi (Belgiya) direktori, doktor Per-Emmanuel Tomann “O‘zbekiston yetakchisi yuksak minbardan turib islohotlar yo‘li o‘zgarmasligini aniq va lo‘nda bayon etdi”, degan fikrni bildirdi.
“O'zbekistonda birinchi marta bo'lishim. Bu erdagi bunyodkorlik ishlari va amalga oshirilayotgan o'zgarishlar menda juda chuqur taassurot qoldirdi. Bu erda Prezident maktabi o'quvchilari bilan suhbatlashdim, ularning loyihalari bilan tanishdim.
O'zbekistonda bugungi kunda ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar tahsinga sazovor. Prezident tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu maktablar loyihasini esa alohida e'tirof etishim kerak. Bu maktablarni bitirgan o'quvchilar ertaga mamlakat iqtisodi uchun foydali kadrlar bo'lib etishadi.Ta'kidlash kerak, ta'lim tizimi doimiy islohotlar va harakatni talab etadigan soha. Siz bu borada qandaydir o'zgarishlarni amalga oshirib, keyin unutib qo'yishingiz mumkin emas. Ta'lim doimo diqqat markazda bo'lgandagina katta natijalarga erishish mumkin. o'rinda O'zbekistondagi ta'limga qaratilayotgan e'tiborni juda yuqori baholayman. Bu erdagi o'quvchilar bilimga, izlanishga chanqoq ekanligiga guvoh bo'ldim.
Shuningdek, texnologiyalar sohasida ta'lim olayotgan yoshlar uchun zaruriy sharoitlarning yaratilganligi ham e'tiborga molik. Chunki, innovasiyalar chegara bilmas yoshlar qo'li bilan yaratiladi.
Biz Prezident ta'lim muassasalari agentligi bilan ta'lim dasturlari integratsiyasi bo'yicha o'zaro hamkorlik qilish niyatidamiz. Hozirda bu borada rasmiylar bilan o'zaro muzokaralar olib borilmoqda. Men bu hamkorlik har ikki tomon uchun manfaatli bo'lishiga ishonaman.
Dostları ilə paylaş: |