4 – Mavzu׃ Sport mashg‘ulotlarida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni samaradorligini oshirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish Tanlangan sport turi (basketbol, voleybol) bo‘yicha trenirovka mashg‘ulotlarida umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlikni takomillashtirishga oid ko‘rsatma, tavsiya va xulosalari natijalarini taxlil qilish va kamchiliklarini qayd etish hamda malakaviy oldi amaliyoti uchun zarur bo‘lgan xulosalarni tayyorlash. Xulosa va takliflar ishlab chiqish va amaliyot jarayonida to‘plangan maʼlumotlar asosida malakaviy oldi amaliyoti hisobotini tayyorlash (slayd, videomateriallar yig‘ish va yakuniy himoyaga tayyorgarlik ko‘rish).
To‘plangan maʼlumotlarni qiyosiy tahlil asosida taqqoslash hamda umumlashtirish.
Qiyosiy tahlil, taqqoslash hamda umumlashtirilgan maʼlumotlar asosida tanlangan sport turlari bo‘yicha shug‘ullanuvchi o‘quvchi sportchilarga tavsiyalar berish.
2.
Tanlangan sport turi bo‘yicha shug‘ullanuvchi sportchi o‘quvchilarda Kurs ishi mavzusidan kelib chiqqan holda tanlangan metodikalarni sinovdan o‘tkazish.
Sinovdan o‘tkazilgan metodikalar natijalarini ilmiy rahbar bilan birgalikda qayta tahlil qilib Kurs ishi mazmuniga singdirish.
Amaliyot hisobotini rasmiylashtirish uchun talabaga amaliyot yakunida 1 xafta muddat beriladi.