O’zbekiston Respublikasida axborot kommunikatsiya infratuzilmasining ahamiyati



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə1/12
tarix24.05.2022
ölçüsü0,84 Mb.
#59362
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
BMI

KIRISH


Bugungi kunda O`zbekiston kuchli fuqorolik jamiyati qurish yo`lidan borar ekan, bu sharoitda jamiyat hayotida tub islohotlar o`tkazish va modernizatsiyalash kundalik ehtiyojga aylanadi.
XXI asr kishilik jamiyati tarixida va hayotida rivojlangan «Axborot texnologiyalari asri» sifatida kirib keldi. Ushbu yangi asr mamlakatlar, xalqlar va insonlar hayotida, tarixida o`zining o`lkan o`zgarishi va yangilanishi bilan juda katta tarixiy rol’ o`ynadi. Ma`lumki, biz zamonaviy komp’yuter va telekomunikatsiya tizimlari hamda texnologiyalarini yanada rivojlantirishga g’oyat muhim e`tibor qaratmoqdamiz. Jumladan, bizning mamlakatimiz ham ushbu voqe`likdan chetda qolmagan holda islohotlar jarayoniga jadallik bilan kirib bormoqda.
Ushbu jarayon mamlakatimiz taraqqiyotining yanada yuksalishiga va xalq hayotining tobora faravonlashuviga olib keladi. Biz erishgan ulkan marralarning eng muhimi eski tizimdan butunlay voz echib, mamlakatimizni isloh etish va demokratlashtirish yo`lidan dadil borayotganimiz va bu jarayonning hech qachon ortga qaytmaydigan qat`iy va izchil tus olganligidir.1
Mazkur bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi:

  • O’zbekiston Respublikasida axborot kommunikatsiya infratuzilmasining ahamiyati;

  • Korxona miqiyosida axborot tizimini joriy qilish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yo’llarini o’rganishning nazariy tahlili;

  • O’zbekiston Respublikasining axborot kommunikatsiya infratuzilmasining erishilgan yutuqlari.

Shu sababdan O`zbekiston axborot kommukatsiya infratuzilmasining o`rnini tadqiq qilish bugungi kunning dolzarb vazifalardan biridir.


Mavzuning dolzarbligi: Zamonaviy jamiyatni kompyutersiz tasavvur
qilib bo’lmaydi. Ular hayotimizda shunday keng va chuqur ildiz qoldirgan, bu deyarli inson faoliyatining har qanday sohasi ularsiz foydalanilmaydi.
"Dasturiy ta'minotning ishonchliligi" kabi omil har doim ham har qanday dasturiy mahsulotni yaratishda muhim rol o'ynagan.
Dasturiy ta'minotning ishonchliligi- bu tizimning belgilangan funktsiyalarni bajarish xususiyati, belgilangan ishlash ko'rsatkichlari qiymatlarini belgilangan muddatlarda ushlab turish, belgilangan rejimlarga va ishlash shartlariga mos keladi.
Dasturlarning ishonchliligi modellari analitik va empirik modellarga bo'linadi. Analitik modellar sinov paytida dasturning xatti-harakatlari to'g'risidagi ma'lumotlar asosida ishonchlilikning miqdoriy ko'rsatkichlarini hisoblash imkoniyatini beradi. Empirik modellar dasturlarning strukturaviy xususiyatlarini tahlil qilishga asoslangan.
Har bir ishlab chiquvchi o'z dasturini iloji boricha ishonchli, samarali va muammosiz qilishga intiladi. Afsuski, hozirgi paytda xato yoki
xatolik faktini butunlay chiqarib tashlashning iloji yo'q.
Ammo ishonchlilikning turli matematik modellarida sinab ko'rish
natijasida dasturdagi xatolar ehtimolini hisoblash mumkin.
Dasturning qanchalik ishonchli ekanligini bilish uchun uni bir necha marta sinab ko’rish kerak.
Bitiruv malakaviy ishining obekti va predmeti: Dasturlarning ishonchliligi modellari analitik va empirik modellarga bo'linadi. Analitik modellar sinov paytida dasturning xatti-harakatlari to'g'risidagi ma'lumotlar asosida ishonchlilikning miqdoriy ko'rsatkichlarini hisoblash imkoniyatini beradi. Empirik modellar dasturlarning strukturaviy xususiyatlarini tahlil qilishga asoslangan.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin