O`zbekiston Respublikasida ilk bor o’tkazilgan umumxalq saylovlari



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə1/2
tarix24.03.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#89399
  1   2
C-WPS Office


O`zbekiston Respublikasida ilk bor o’tkazilgan umumxalq saylovlari.
O'zbekistonda va dunyoda 4 dekabr kungi prezident saylovi natijalarini kutishmoqda. 2016 yilgi saylov mustaqil O'zbekiston tarixidagi beshinchi prezidentlik saylovi bo'ldi. Natijalar e`lon qilinishiga bir necha soat vaqt qolganida Kun.o'z nashri o'quvchilariga avvalgi saylovlarga oid statistik ma`lumotlarni keltirib o'tadi.
Add Your Title
1991 yilgi prezident saylovi
O'zbekistonda ilk prezidentlik saylovi 1991 yilning 29 dekabr kunida o'tkazilgan.
Birinchi saylovda ikki nomzod ishtirok etgan: O'zbekiston xalq-demokratik partiyasidan Islom Abdug'aniyevich Karimov va Erk demokratik partiyasidan Muhammad Solih. Saylovda saylovchilarning 94,2 foizi (9,9 mln) ishtirok etgan. Unda katta ustunlikka ega bo'lgan Islom Karimov 87,1 foiz ovoz bilan (8 514 136) g'alaba qilgan hamda O'zbekistonning birinchi prezidentiga aylangan. 1 220 474 kishi uning raqibiga ovoz bergandi - 12,5 foiz. O'sha saylovda "Barchaga qarshi" ovoz berish ham mumkin bo'lgan va bu tanlov 36 525 kishi tomonidan amalga oshirilgan. 129 823 byulleten esa haqiqiy deb topilmagan.
2000 yilgi prezident saylovi
1995 yilning 26 martida referendum bo'lib o'tadi va unda prezident vakolatini uzaytirish masalasi o'rtaga tashlanadi.
Ushbu tashabbusni referendumda ishtirok etganlarning 99,6 foizi qo'llab-quvvatlab, prezident vakolati 2000 yilgacha uzaytiriladi.
Referendumda faqat 0,4 foiz saylovchi "yo'q" javobini bildirgan. Davomat 99,3 foiz.
Add Your Title
Saylovda davomat 95,1 foizni tashkil qilgan (Bu saylovlar tarixidagi eng yuqori ko'rsatki). Unda 95,7 foiz saylovchi (11 147 621 kishi) Islom Karimovga ovoz bergan (O'zbekistondagi saylovlar tarixidagi eng yuqori ko'rsatkich), 4,3 foiz saylovchi (505 161 kishi) Abdulhafiz Jalolov nomzodini yoqlagan. 470 417 byulleten haqiqiy emas deb topilgan.
Add Your Title

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin