2007 yilgi prezident saylovi 2002 yil yanvarida referendum bilan Prezident vakolat muddatiga 7 yilga uzaytiriladi va bu norma Prezidentning amaldagi vakolat muddatiga tatbiq qilinadi. Shunday qilib, keyingi saylov 2007 yilda o'tkaziladi. Bu safargi saylovda amaldagi prezident Islom Karimov yangi tuzilgan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan nomzod bo'ladi. Unga O'zbekiston xalq demokratik partiyasi vakili Asliddin Rustamov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi vakili Dilorom Toshmuhammedova hamda mustaqil nomzod Akmal Saidov raqiblik qilgan. Add Your Title
Saylovda saylovchilar faolligi 90,6 foizni tashkil qildi (14,765,444). Natijalarga ko'ra, Islom Karimov 13 milliondan ortiq saylovchining ovoziga ega bo'lib, 90,76 foiz to'plagan va navbatdagi muddatga saylangan. Uning raqiblari Asliddin Rustamov, Dilorom Toshmuhammedova va Akmal Saidov mos ravishda 3,27 foiz, 3,03 foiz va 2,94 foizdan ovoz olishgan. 2015 yilgi prezident saylovi Prezident vakolatining ikkinchi muddati 2014 yil dekabr oyida tugashi kerak edi. Ammo parlament saylovi bilan bir vaqtga to'g'ri kelib qolishi munosabati bilan saylov parlament saylovi yakunlari chiqarilganidan so'ng 3 oy ichida, ya`ni 2015 yil 29 mart kuni o'tkazilgan. Add Your Title
Bu safargi saylovda saylovchilar ro'yxatiga kiritilgan 20 million 798 ming 52 nafar saylovchidan 18 million 942 ming 349 nafari ovoz berishda ishtirok etganini aniqladi. Bu saylovdagi davomat 91,08 foizni tashkil qilganini ko'rsatadi. YOUR TITLE
Add Your Title
Add Your Title
Add Text Add Text Add Text Add Text Add Text Add Text Add Text
Add Your Title
Add Your Title
Add Text Add Text Add Text Add Text Add Text Add Text Add Text
Add Text Add Text Add Text Add Text Add Text Add Text Add Text
Add Your Title
Saylovchilarning 17 million 122 ming 597 nafari yoki 90,39 foizi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O'zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Islom Abdug'aniyevich Karimovni yoqlab ovoz berdi. O'zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Akmal Xolmatovich Saidovga 582 ming 688 nafar yoki 3,08 foiz saylovchi, O'zbekiston Xalq demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Hotamjon Abdurahmonovich Ketmonovga 552 ming 309 nafar yoki 2,92 foiz saylovchi, O'zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan ko'rsatilgan nomzod Narimon Majitovich Umarovga 389 ming 24 nafar yoki 2,05 foiz saylovchi ovoz berdi. Add Your Title
2016 yilgi prezident saylovi 2016 yilning sentabrida O'zbekistonning birinchi prezidenti Islom Abdug'aniyevich Karimov vafot etdi va maxsus majlisda “O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to'g'risida”gi qonunga asosan shu yilning 4 dekabrida muddatidan oldin Prezidentlik saylovlari o'tkazilishi belgilandi. Markaziy Saylov komissiyasi ma`lumotiga ko'ra, 4 dekabr kuni bo'lib o'tgan saylovda 17,94 million saylovchi ishtirok etdi va davomat 87,83 foizni tashkil qildi. Bu O'zbekistondagi prezidentlik saylovlari tarixidagi nisbatan eng past ko'rsatkichdir. Yuqorida aytilganidek, 2007 yilgi saylovda davomat 90,06 foizni, 2015 yilgi saylovda esa 91,01 foizni tashkil qilgandi. Add Your Title
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi yakunlari to'g'risidagi axborot saylovdan keyin 10 kundan kechiktirmay Markaziy saylov komissiyasi tomonidan matbuotda e`lon qilinishi belgilangan. Lekin odatda saylov natijalari saylov o'tgandan so'ng 1 sutka ichida e`lon qilinadi. Bu yilgi saylovning dastlabki natijalari 5 dekabr kuni soat 16:00da e`lon qilinishi kutilmoqda. Saylov natijalari rasman e`lon qilingach, 2 oy ichida yangi prezident inauguratsiyasi tashkil etiladi. Davlat rahbari har biri 5 yil muddatdan ikki marotabadan ortiq saylana olmaydi. Bu vaqtga kelib, Liberal-demokratlar partiyasi nomzodi Shavkat Mirziyoyev shtabidagilar kamida 80foizlik ustunlik bilan g'alaba qozonilgani aytilmoqda. Shtab saylovdagi g'alaba sharafiga bayram torti hozirlab qo'ygan. Thank You