TADQIQOT METODOLOGIYASI
Maqolada guruhlash, taqqoslash, tahlil va sintez usullaridan keng
foydalanilgan.
TAHLIL VA NATIJALAR
Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini
yuritgan bo‘lsa, o‘z iqtisodiyotining barqaror o‘sishiga erishgan. Shu sababli ham
investitsiya – bu “iqtisodiyot drayveri”, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Investitsiya
137
bilan turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg‘or tajribalar,
yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi. [2]
Bugungi kunda O‘zbekiston Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom
taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma
investitsiyalari banki kabi yirik xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari bilan
yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.
2022-yilga kelib, mamlakat iqtisodiyotiga investitsiya kiritgan mamlakatlar
soni 50 dan ortdi. Ularning orasida Rossiya, Xitoy, Turkiya, Germaniya, Janubiy
Koreya kabi mamlakatlar yetakchilik qilmoqda.
Mamlakatga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi 2017-yilda
3,3 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yil yakunida ushbu ko‘rsatkich uch
barobar ortib, 9,8 milliard dollarga yetdi.
Buning
natijasida
xorijiy
investitsiyalar
va
kreditlarning
jami
investitsiyalardagi ulushi 23,8 foizdan 40,5 foizgacha ortdi.
Shu bilan birga, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi
2017-yilda 2,5 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib 3,4 barobar
oshib 8,5 milliard dollarga yetdi. Ularning jami investitsiyalardagi ulushi esa 17,7
foizdan 35,4 foizgacha oshdi.
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni ham yil sayin
ortib bormoqda: 2017-yida 5,5 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilga kelib
ularning soni 15,8 mingtaga yetdi. Buning 6,4 mingtasi qo‘shma korxona, 9,3
mingtasi to‘liq xorijiy korxona hisoblanadi.
Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning 30,5 foizi savdo, 27,5 foizi
sanoat, 8 foizi qurilish, 4,8 foizi qishloq xo‘jaligi, 4,1 foizi yashab turish va
ovqatlanish muassasalari, 2,9 foizi saqlash va tashish, 4,8 foizi aloqa va axborot
yo‘nalishlarida, 17,4 foizi boshqa sohalarda faoliyat yuritmoqda. [3]
Asosiy e’tiborimizni qaratadigan qonun bu, shubhasiz, O‘zbekiston
Respublikasining 2019-yi 25-dekabrdagi O‘RQ-598-son “Investitsiyalar va
investitsiya faoliyati to‘g‘risida” gi Qonunidir. Ushbu qonun “Xorijiy
investitsiyalar toʻgʻrisida”, “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida”gi va “Chet ellik
investorlar
huquqlarining
kafolatlari
va
himoya
qilish
chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi qonunlarning asosiy qoidalarini oʻzida mujassam etgan yagona hujjat
boʻlib xizmat qiladi, ularning barchasi qonun kuchga kirgandan keyin oʻz kuchini
yoʻqotgan. Mazkur qonunda investitsiyalar, investitsiya faoliyati, investor, inve-
stitsiya faoliyati ishtirokchisi hamda reinvestitsiyalar kabi tushunchalarga ta'rif
berib o‘tilgan. Bundan tashqari qonunda investisiyalarning turlari, investitsiyalarni
138
amalga oshirish shakllari, investisiya resurslari, investisiya faoliyati sub'ektlari,
investitsiya faoliyati ob'ektlari, investorning huquqlari, investorning majburiyatlari,
investitsiya faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, investitsiya loyihalari
ekspertizasi, investitsiya fondlari, investitsiya faoliyati sub'ektlari huquqlarining
kafolatlari, investitsiyalarni himoya qilish, mablag‘lardan foydalanish kafolatlari,
investitsiyalarning qo‘shimcha kafolatlari va himoya qilish choralari, investitsiya
faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish yoki tugatish, investitsiya faoliyati
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik hamda investitsion
munosabatlarga oid nizolarni hal etish masalalari haqida ma'lumot berib o‘tilgan.
Ushbu Qonunning maqsadi chet ellik hamda mahalliy investorlar tomonidan
amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Qonunga muvofiq, investitsiyalar va investitsiya faoliyatining asosiy
prinsiplari quyidagilardan iborat: qonuniylik; oshkoralik va ochiqlik; investitsiya
faoliyatini amalga oshirish erkinligi; adolatlilik va investitsiya faoliyati
subyektlarining tengligi; investorlarga nisbatan kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik;
investorlarning vijdonliligi prezumpsiyasi.
Investitsiya sohasini huquqiy tartibga solishda xalqaro tajribaga nazar
tashlaydigan bo‘lsak, Singapur davlatini misol qilib olsak bo‘ladi.
Singapurning qonunchilik bazasi va davlat siyosati odatda xorijiy investorlar
uchun qulaydir. Xorijiy investorlar qo‘shma korxonalarga kirishlari yoki
boshqaruv nazoratini mahalliy manfaatlarga topshirishlari shart emas, mahalliy va
xorijiy investorlar bir xil asosiy qonunlarga bo‘ysunadilar. Ba'zi tarmoqlarda
tartibga soluvchi talablardan tashqari, turli rag'batlantirish sxemalariga muvofiqlik
tegishli davlat organlari tomonidan belgilangan mezonlarga javob beradigan
investitsiya takliflariga bog'liq. Singapur qayta investitsiya qilish yoki daromad
yoki kapitalni repatriatsiya qilishda hech qanday cheklovlar qo'ymaydi. Xalqaro
arbitraj va vositachilik markazlari hamda xo‘jalik sudini o‘z ichiga olgan sud tizimi
shartnomalarning muqaddasligini ta’minlaydi va qarorlar odatda shaffof va
samarali ijro etiladi.
Iqtisodiy Rivojlanish Kengashi (EDB) Singapurga xorijiy investitsiyalarni
jalb qilish bo'yicha yetakchi agentlikdir. EDB investitsiyalarni rag'batlantirish va
sanoatni rivojlantirishni o'z zimmasiga oladi hamda axborot bilan ta'minlash
hamda mahalliy va xalqaro investitsiyalar uchun davlat imtiyozlarini joriy etish va
ulardan foydalanishni osonlashtirish orqali xorijiy va mahalliy biznes bilan
hamkorlik qiladi. Hukumat EDB orqali investorlar bilan yaqin hamkorlik qiladi, bu
139
esa infratuzilma va davlat xizmatlarining samarali va raqobatbardoshligini
taʼminlash uchun boshqa davlat organlariga fikr-mulohazalarni taqdim etadi.
Singapurning xorijiy investitsiyalar uchun umumiy ochiqligidan istisnolar
milliy xavfsizlik uchun muhim deb hisoblangan tarmoqlarda, jumladan
telekommunikatsiya, radioeshittirish, mahalliy axborot vositalari, moliyaviy
xizmatlar, yuridik va buxgalteriya xizmatlari, portlar, aeroportlar va mulkka egalik
qilishda mavjud. Singapur qonunchiligiga ko'ra, ta'sis ustavida chet ellik
shaxslarning bunday korxonalarga egalik huquqini cheklaydigan aksiyalar ulushi
chegaralari bo'lishi mumkin. [4]
Agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonunchiligi investisiya kiritish
sharoitlarini og‘irlashtirsa, xorijiy sarmoyadorlarga nisbatan investisiya kiritilgan
vaqtdan boshlab 10 yil davomida investisiya kiritilgan muddatda amal qilgan
qonunchilik qo‘llaniladi. Xorijiy sarmoyador o‘z xohishiga qarab yangi
qonunchilikning investisiya kiritish sharoitlarini yaxshilovchi qoidalaridan
foydalanish
huquqigaa
ega.
Bunda
investisiya
kiritish
sharoitlarini
og‘irlashtiruvchi jihatlar qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish,
shuningdek quyidagilarni ko‘zda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining yangi
qonunchilik hujjatlarining qabul qilinishi hisoblanadi:
— xorijiy sarmoyadorlarga to‘lanadigan dividendlar shaklidagi daromadlar
solig‘i hajmi (stavka)ni oshirish;
— repatriatsiya bilan bog‘liq tartib-taomillarni murakkablashtiruvchi yoki
xorijiy sarmoyadorlarning O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga o‘tkazilayotgan
daromadlari (foyda) hajmini kamaytiruvchi qo‘shimcha talablarni kiritish, Xorijiy
investorning mablag‘larini xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonaning
tonlovga layoqatsizligi va bankrotligi yoki kreditorlarning xuquqlarini ximoya
qilish, jinoiy yoki ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etish xollari bo‘yicha xorijiy
investorning mablag‘larini qaytarish vakolatli davlat organi tomonidan chet ellik
investorning mablag‘larini to‘xtatib turish xollari bundan mustasno yoki chet el
investorining bundan repatriasiya sud yoki arbitraj qaroriga binoan;
— investisiya kiritish hajmiga doir miqdor cheklovlari va xorijiy
investisiyalar ishtirokidagi korxonalarga xorijiy investisiyalarning minimal hajmini
oshirish shaklidagi investisiya hajmiga doir boshqa qo‘shimcha talablar kiritish;
— xorijiy sarmoyadorning korxonalar ustav jamg‘armasi (ustav kapitali)da
hissali qatnashishi bo‘yicha cheklovlar kiritish;
140
— xorijiy investorlar – jismoniy shaxslar uchun vizalar rasmiylashtirish va
ular muddatini uzaytirish bilan bog‘liq tartib-taomillar, shuningdek chet el
investisiyalari kiritish bo‘yicha boshqa qo‘shimcha talablarni kiritish.
Shuningdek, tadbirkorlarni va investitsiya loyihalari tashabbuskorlarini
amaliy qo‘llab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi eng
yorqin misol - bu 2020 yilda tuzilgan eksport va investitsiyalarni rivojlantirish
masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining faoliyati bo‘lib, uning vazifalariga
tadbirkorlar va eksportchilar bilan yaqin hamkorlik qilish, pandemiya tufayli
yuzaga kelgan cheklovlar bilan bog‘liq muammolarni taxlil qilish, shuningdek, har
bir tadbirkorlik subyektining muammosini hal qilishda individual yondashuv
asosida tezkor va samarali yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish kiradi.
O‘tgan yil yakuni bo‘yicha Komissiya aʼzolarining joylarga chiqqan holda
olib borgan faoliyati natijasida 98 mingdan ortiq korxonalar faoliyati manzilli
tartibda o‘rganildi va natijada 5902 ta korxonalarning 6235 ta muammoli
masalalari aniqlandi. Muammolarning har biri tegishli vazirliklar, idoralar, tijorat
banklari, mahalliy hokimiyat organlari va Respublikaning xorijdagi diplomatik
vakolatxonalari bilan yaqin hamkorlikda hal etildi. [5]
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, xorijiy investitsiyalarga oid huquqiy tizimni tartibga
solish xorijiy investitsiyalar uchun qulay muhit yaratish uchun muhim ahamiyatga
ega. Aniq va shaffof sarmoyaviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar, mustaqil sud tizimi,
mustahkam me’yoriy-huquqiy baza va mulk huquqlarini himoya qilish
mexanizmlarini o‘rnatish orqali mamlakatlar xorijiy sarmoyalarni jalb etishi, o‘z
iqtisodiyotining o‘sishi va rivojlanishiga hissa qo‘shishi mumkin. Yaxshi
boshqariladigan huquqiy tizim xorijiy sarmoyadorlarga mezbon davlatga sarmoya
kiritish uchun zarur bo‘lgan ishonch va xavfsizlikni ta’minlaydi, natijada
investorlar uchun ham, qabul qiluvchi iqtisodiyot uchun ham foyda keltiradi.
Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi, bosib o‘tgan yo‘li, iqtisodiy
rivojlanishni
ta’minlash
yo‘lida
mamlakatning
investitsion
muhitni
sog‘lomlashtirish borasida qabul qilgan qonunlari, ishlab chiqqan qarorlarini
o‘rganish, investitsiyalari kengroq jalb etish bo‘yicha ishlab chiqqan usul va
uslublarining kerakli jihatlarini O‘zbekiston sharoitiga tatbiq etish muhim
masalalardan hisoblanadi. Zero, to‘plangan tajribalarni mamlakatning o‘ziga xos
xususiyatlarini inobatga olgan holda tatbiq etilishi, tavakkalchilikni pasaytirishga,
mavhumlikni oldi olinishiga, yuqori samaradorlikning ta’minlanishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |