O'zbekiston respublikasida ommaviy axborot vositalari faoliyati, O'zgarish va muammolar


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES



Yüklə 401,09 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix31.08.2023
ölçüsü401,09 Kb.
#141214
1   2   3   4   5   6   7   8
ozbekiston-respublikasida-ommaviy-axborot-vositalari-faoliyati-ozgarish-va-muammolar

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
 
Academic Research, Uzbekistan 260 www.ares.uz 
bundan 2-3 yil avval OAVdagi bunday ochiqlikni ko‗pchilik tasavvur ham qila 
olmasdi. 
Ammo davlat organlari va OAV o‗rtasida hamkorlik qanday yo‗lga qo‗yilgani 
haqidagi savolga javob yo‗q. To‗g‗risini aytish kerak, ba‘zi rahbarlar matbuot bilan 
ishlashni ikkinchi va hatto beshinchi darajali ish deb qaramoqda. Ba‘zi tashkilotlar 
Axborot xizmati vakillariga yetarli sharoit yaratib bermagan. Shu kungacha 20 ga 
yaqin davlat va xo‗jalik boshqaruv organlarida, 150 dan ortiq tuman, shahar va 
viloyat hokimliklarida Axborot xizmatlari tashkil qilinmagan. Boriga ham yana 
boshqa ishlar topshirib qo‗yilganki, u o‗z ishi bilan shug‗ullanishga ulgurmaydi 
ham…‖ deya Aripovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri‖[2].
Bunday tanqidiy-tahliliy fikrlarga yana bir misol tariqasida 
www.uza.uz
saytida 
berilgan ―Saida Mirziyoyeva: ―Axborot xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirish 
lozim!‖ sarlavhali xabarda yanada teranroq va tahliliy fikrlar bayon etilgan. Berilgan 
xabarga ko‘ra ―Hyatt Regency Tashkent‖ mehmonxonasida ―OAV sohasida milliy 
qonunchilikni yanada takomillashtirishning dolzarb masalalari‖ mavzusida respublika 
konferensiyasi o‘tkazilgan. Konferensiyada agentlik direktor o‘rinbosari Saida 
Mirziyoyeva ham o‘z ma‘ruzasi bilan ishtirok etgan. Ma‘ruzada ta‘kidlanishicha, 
o‘tkazilgan tahlillar va o‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, sohada eng asosiy 
muammo, bugungi kunda yagona davlat axborot siyosati to‘g‘risidagi konseptual 
hujjatning mavjud emasligidir. Hozirda esa ushbu hujjat tayyorlanmoqda. 
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva o‗z nutqida davlat va xo‗jalik tashkilotlari Axborot 
xizmatlari faoliyatidagi mavjud kamchiliklar xususida alohida to‗xtaldi. Sohada ish 
hajmining ko‗p, zamonaviy talablarga javob bera olmayapti. Mavjud sharoitlarning 
yetarli darajada emasligi sabab axborot xizmatlari faoliyati qoniqarsiz ahvolda qolib 
ketmoqda. O‗ndan ortiq respublika darajasidagi tashkilotlar, ko‗pgina tuman va 
shahar hokimliklarida haligacha axborot xizmati faoliyati tashkilotlari etilmagan. 
Ko‗plab davlat va xo‗jalik tashkilotlari veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy 
sahifalarida axborotlar yetarli darajada emasligini ham tanqid qilindi. 
– Ularning veb-saytlariga kiruvchilarning umumiy soni 400 ming, Facebook ijtimoiy 
tarmog‗idagi rasmiy sahifalariga murojaat qiluvchilar soni 150 ming, Telegram 
tarmog‗ida a‘zolar 300 ming nafardan oshmaydi,– dedi Saida Mirziyoyeva.– 
O‗zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 20 milliondan ortiq ekanini hisobga 
olsak, yuqoridagi ko‗rsatkichlardan o‗zingiz xulosa olishingiz mumkin. 
Saida Mirziyoyeva shu va boshqa bir qator kamchiliklarni sanab o‗tar ekan, «Axborot 
xizmatlari tizimini tubdan takomillashtirish lozim», deya qat‘iy ta‘kidladi‖[3]. 



Yüklə 401,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin