ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Academic Research, Uzbekistan 262 www.ares.uz Jamiyatda oshkoralikni ta‘minlash oson kechmaydi. Unga to‗sqinlik
qiladiganlar uchrab turishi sir emas. Biroq, qandaydir to‗sqinlik bor ekan, deb qo‗l
qovushtirib o‗tirish ham yaramaydi. Burgaga achchiq qilib, ko‗rpaga o‗t qo‗yish –
oshkoralikni ta‘minlash yo‗lidagi sa‘y-harakatlarni chippakka chiqarib qo‗yish bilan
barobar. U holda nima qilmoq kerak, degan savolga qonuniy, ilmiy nuqtai nazardan
javob topish yagona to‗g‗ri yo‗ldir! Ana shundagina amalda haqiqiy oshkoralikka
erishish mumkin. Oshkoralik mohiyati – jamoatchilik fikri bilan hisoblashgan holda
ish yuritish demak.
―El-yurtimizning ezgu orzu-istaklarini ro‗yobga chiqarish, bu yo‗lda g‗ov bo‗lib
turgan turli to‗siqlarni, byurokratizm, loqaydlik, ta‘magirlik, korrupsiya kabi salbiy
illatlarni dadillik bilan ko‗tarib chiqib, ularga qarshi murosasiz jamoatchilik fikrini
shakllantirishni o‗z kasbi, o‗z hayotining ma‘no-mazmuni deb biladigan jurnalistlarni
men haqiqiy jurnalist deb hisoblayman,– deb ta‘kidladi Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev.– Albatta, barchamiz yaxshi tushunamiz, buning uchun ommaviy axborot
vositalari vakillaridan nafaqat professional bilim va malaka, hayotiy tajriba, o‗z so‗zi
uchun mas‘uliyat hissi, ayni vaqtda yuksak grajdanlik pozitsiyasi, ma‘naviy jasorat
ham talab etiladi. Bunday maqsadga erishish uchun ommaviy axborot vositalariga
qonunchilik nuqtai nazaridan, moddiy-texnik, o‗quv-uslubiy ta‘minot nuqtai
nazaridan yanada keng imkoniyatlar yaratib berishimiz kerak‖ [1]. Darhaqiqat,
jamiyatda, uning zamonaviy boshqaruv tizimida oshkoralikni ta‘minlash,
jamoatchilik bilan aloqalarni takomillashtirishda jurnalistlarning ana shu sa‘y-
harakatlari jamiyat boshqaruvi tizimida o‗z samarasini ko‗rsatishi shubhasiz.
Oshkoralik asosan matbuot erkinligi bilan chambarchas bog‗liq ekan,
mamlakatimizda bu borada ham qonun ustuvorligi ko‗zga yaqqol tashlanadi. Ya‘ni,
O‗zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to‗g‗risida»gi qonuni
(yangi tahriri) 5-moddasi «Ommaviy axborot vositalari erkinligi» deb nomlangan
bo‗lib, uning ikkinchi bandi quyidagicha: «Har kim, agar qonunda boshqacha qoida
nazarda tutilmagan bo‗lsa, ommaviy axborot vositalarida chiqish, o‗z fikri va
e‘tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir»[4].
Qonun ijrosi bilan kuchli. Biroq, o‗sha ijroni kim ta‘minlashi kerak, degan haqli savol
tug‗iladi. Aytish mumkinki, har bir sohada faoliyat ko‗rsatayotgan mutasaddilargina
tegishli qonunlarda belgilangan vazifalarni bajarishlari taqozo etiladi. Yuqorida zikr
etilgan matbuot erkinligini ta‘minlash asosan jurnalistlar, OAV xodimlari zimmasiga
tushishini izohlashga hojat yo‗q. Haqiqiy demokratik matbuot ko‗rsatma asosida
yashay olmasligi haqida aytilgan fikrlar amalda o‗z ifodasini topishi zarur. Bu o‗z