O`zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati мавзунинг режаси



Yüklə 89,05 Kb.
tarix07.12.2022
ölçüsü89,05 Kb.
#72836

O`zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati

МАВЗУНИНГ РЕЖАСИ:


1. Ommaviy axborot vositalarining ijtimoiy ahamiyati va tushunchasi
2. Ommaviy axborot vositalari va ular faoliyatining konstitutsiyaviy-huquqiy tartibga solinishi
3. Jurnalistlarning huquqiy maqomi
4. Jamoatchilik fikrini o`rganish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TO‘G‘RISIDA


Mazkur Qonun “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi 2007-yil 15-yanvardagi Qonuni bilan yangi tahrirda tasdiqlangan.
1-modda. Ommaviy axborot vositalari
Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, axborot agentliklari, televideniye (kabelli, efir-kabelli televideniye) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo‘lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir.
Ommaviy axborot vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ilovalar nashr etishi mumkin.
2-modda. Ommaviy axborot vositalari erkinligi: O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkin bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi.
4-modda. Senzuraga yo‘l qo‘yilmasligi: O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. E’lon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek, ularning matni o‘zgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yo‘q.
5-modda. Ommaviy axborot vositalarining tili: O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari o‘z faoliyatini Davlat tili haqidagi Qonunga muvofiq amalga oshiradi.
10-modda. Axborot manbaini oshkor etmaslik
Ommaviy axborot vositasi xabar, ma’lumot, fakt yoki dalillar taqdim etgan manbaning yoki taxallusini qo‘ygan muallifning nomini ularning yozma roziligisiz oshkor etishga haqli emas.
Ommaviy axborot vositasi axborot manbaining yoki taxallusini qo‘ygan muallifning iltimosiga binoan sudda uning nomidan ishtirok etishi mumkin.
Ommaviy axborot vositalari - nashrlar, radio va teleeshittirishlar, kinoxronik programmalar, va ommviy axborot yetqazishning boshqa shakllari. Ommaviy axborot vositalari deganda qonunshunos "keng ommaga mo`ljallangan nashriy, audio, audiovizual va boshqa ma`lumot va materiallarni tushunadi". Ommaviy axborot vositalarining maqsadi muayyan jamiyatning ma`naviy boyliklarini qaror toptirish hamda kishilarning xulq-atvori va dunyoqarashiga ideologik, siyosiy, iqtisodiy yoki tashkiliy ta`sir o`tkazishdan iborat.
Ommaviy kommuniuatsiyaning kelib chiqishiga 20- asrning 1-yarmida katta hajmdagi og`zaki, obrazli va musiqaviy informatsiyalarni tez va g`oyatda ko`paytirib o`zatishga imkon bergan texnik qurilmalarning yaratilishi moddiy zamin bo`ldi. Yuksak professional mutaxassis xodimlar xizmat qiladigan bu qurilmalarining komplekslari "ommaviy informatsia va propaganda vositalari" yoki "Ommaviy axborot vositalari" deb atala boshladi. OAV axborot manbai hamda axborotni qabul qilib oluvchidan iborat sistemani tashkil etadi. Axborot manbai uni qabul qilib oluvchi bilan matbuot, radio va tetevideniye, kino, ovoz yozish (gramplastinka, magnitafon roliklari, kasetalar, yoki kompakt disk va axborot tashuvchi komyuter fayllari ishlab chiqarish va tarqatish) sistemalari orqali boglangan bo`ladi.

ЭЪТИБОРИНГИЗ УЧУН РАХМАТ !


Yüklə 89,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin