O’zbekiston Respublikasida ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar



Yüklə 106,63 Kb.
səhifə1/2
tarix11.12.2022
ölçüsü106,63 Kb.
#73877
  1   2
9. Ózbekiston respublikasida tálim sohasida amalga oshirilgan islohatlar

O’zbekiston Respublikasida ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar.

G.Dawletnazarova


Reja
1. Mustaqillik yillarida ilmning rivojlanishi. Yangi ja’miyat qurishda ta’lim tarbiyaning o’rni.
2.«Ta`lim haqida»gi Nizom va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”ning qabul etilishi. Dasturning maqsad va vazifalari, amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari.
3. O’zbekistonda Oliy ta`lim sohasida qabul qilingan Nizomlar va ularda belgilangan vazifalar.
1997-yil fevralda I.Karimov Vazirlar Mahkamasining yig`ilishda ta`lim tizimini tubdan isloh qilish masalasini ko`tardi. U shunday dedi: «Ta`lim tizimini tubdan qayta ko`rib chiqish vaqti etdi, professional bilimlarni egallash imkoniyatlarini kengaytirish, ma`mur-menejerlarni tayyorlashni yo`lga quyish, yangi sharoitlarda, yangi zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qodir ishchi va mutaxassislarni tayyorlashni yo`lga qo`yish lozim».
«Ta`lim to`g`risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash millliy dasturi» maktabgacha ta`limdan to fanlar akademiyasigacha bo`lgan zamonaviy, yangi uzluksiz ta`lim tizimini vujudga keltirishga, O`zbekiston ta`lim tizimini tubdan isloh qilishga asos bo`ldi.
O’zbekiston Respublikasida ta`lim quyidagi shaklda amalga oshirishi belgilandi.
*maktabgacha ta`lim;
*umumiy o’rta ta`lim;
*o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi;
*oliy ta`lim;
*oliy ta`limdan keyingi ta`lim;
*kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
*maktabdan tashqari ta`lim.
1997-yil 27-avgustida Oliy Majlisning IX sessiyasida O’zbekiston Respublikasining "Ta`lim to’grisida"gi qonuni va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi.
Milliy Dasturda ta`lim islohatlari uch bosqichda o’tkazilishi ko’zda tutiladi:
1-bosqich 1997-2001-yillar.
2-bosqich 2001-2005-yillar.
3-bosqich 2005-yildan keyingi yillar.
Milliy Dasturlar tamonlama kamol topgan turmushga moslashgan, ta`lim turlari va kasb-hunarni ongli ravishda tanlay oladigan, jamiyat, davlat va oila oldida o`z javobgarligini his etadigan fuqarolarni voyaga etkazishni nazarda tutadi.

Yüklə 106,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin