O’zbekiston Respublikasida ta`lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar


Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi Qarori bilan 1-oktyabr-«O`qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilandi



Yüklə 106,63 Kb.
səhifə2/2
tarix11.12.2022
ölçüsü106,63 Kb.
#73877
1   2
9. Ózbekiston respublikasida tálim sohasida amalga oshirilgan islohatlar

Oliy Majlisining 1996-yil dekabrdagi Qarori bilan 1-oktyabr-«O`qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilandi.
O’zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohatlar oliy ta’lim tizimini ham o’z ichiga oladi. Masalan, keying yillarda AQSh, Turkiya, Germaniya, Hindiston va boshqa davlatlarning oliy ta’lim muassasalarining ish tajribalari o’rganildi.
Bundan tashqari ikki bosqichli o’qish tizimiga o’tilganligi oliy ta’limni hozirgi zamon talablariga mos takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarning biri hisoblanadi. Bakalavr darajasini olish uchun 4 yil, magistrlik darajasini olish uchun 2 yil talab etiladi.
Davlatimizda qobiliyatli yoshlarni izlab topish,ularga yordam berish, qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat siyosati olib borilmoqta. 1997-yili tashkillashtirilgan «Umid» fondi yo’llamasi bilan 1997-2001 yillarda 785 yigit qizlarimiz rivojlangan davlatlarning oliy o’qiuv yurtlarida o’qish uchun yuborildi. Ulardan 519 o’quvchilar tamomlab keldi. Toshkentda 2002-yil iyulda Xalqaro Vestminster universiteti, 2006-yili Moskva davlat universiteti filiali, 2008-yili Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, 2009-yili Turin politexnika universiteti tashkillashtirildi
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 1992-yil 8-iyuldagi «Ilm-fan va innovaciya ishlarini rivojlantirishni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash haqida»gi farmoni ilm-fan rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 1997-yilda birinchi Prezident farmoni bilan Xorazm Fanlar Akademiyasi qayta tiklandi.
Mustaqillikka erishgach xalqimizning o`z yurti, tili, madaniyati va qadriyatlarining o`rganilishi haqida birinchi prezidentimiz o`z asarlarida yoritib o`tdilar. 1992 - yilda " O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li ", 1998-yilda "Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q", 2008 - yilda esa "Yuksak manaviyat-engilmas kuch”, 2011-yilda "O`zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida" va bir qator asarlarida O`zbekiston tarixi masalalarini atroflicha bayon etib o`tganlar.
Prezidentimizning 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini o’qitish tizimini yanada takomillashtirish haqida”gi qaroriga muvofiq, 2013-2014 o’quv yilidan boshlab ingliz tilini umumiy o’rta ta’lim maktablarining birinchi sinflaridan boshlab o’qitilishi bu masalaning davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligidan dalolat. Yoshlar ingliz, nemec, francuz tillari bilan birga ispan, xitoy, koreys, arab va boshqa ko’plab tillarni maktab partasidan boshlab-oq o’rganmoqda. Buning uchun ta’lim muassasalarida barcha texnik vositalar va metodik materiallar bilan ta’minlash ishlari davom etmoqda. Chet tillarini birinchi sinfdan boshlab o’rganish yoshlarimiz uchun xalqaro maydonlarga keng yo’l ochadi.
Iqtidorli yoshlarni qollab-quvvatlash va rag’batlantirish maqsadida respublikamizda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti, Nihol mukofoti, “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda Beruniy, Navoiy, Ulug’bek, Imom-al-Buxoriy nomlaridagi bir qancha davlat stipendiyalarining joriy etilishi ”Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, don ova albatta baxtli bo’lishlari shart!” degan yaxshi g’oyaning turmushlik yuzaga chiqishini ta’minlaydi. Bu shior yoshlarimizni ushbu tashabbusning tarafdori bo’lishi bilan birga faol qatnashuvchisi bo’lishiga yo’naltiradi.
Davlatimizda maktab o’quvchilarining “Umid nihollаri”, kollej va licey o’quvchilarining “Barkamol avlod” va o’liy ta’lim muassasalari talabalarining “Universiada”sining har yillik sport musobaqalarining jahonda uxshashi bo’lmagan uch bosqichli tizimi yaratildi. Bu yuz minglab yoshlarni, yigit va qizlarni jamoaviy tarzda jismoniy chiniqtirish va sportga tortish imkoniyatini beradi.
Yoshlik inson umrining katta orzu umidlar, imkoniyatlar davri hisoblanadi. Keyingi yillarda jamiyat hayotida juda katta burilishlar ro’y berdi. Yoshlarga bo’lgan e’tibor, yoshlarning qoniniy huquq va manfaatlarini ta’minlash davlat siyasati darajasiga ko’tarilib, hamma vaqt e’tibor markazida bo’lib kelmoqda. Yoshlar siyasatiga taaluqli O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qaror va farmonlari qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, hududlarda bo’lsa hokimlar boshchiligida yoshlar masalalari bo’yicha idoralararo, Oliy Majlis qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo’yicha komissiya va Yoshlar parlamenti, “Yoshlar klubi” ish boshladi.
Keyingi yillarda yoshlar kelajagini ta’minlash maqsadida davlatimiz tarafidan bir qancha ishlar olib borilmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimi, umumiy o’rta ta’lim va oliy ta’lim tizimida yangilanishlar ro’y bermoqda. Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish bo’yicha koncepciya ishlab chiqildi.
Bilimli bolalarni aniqlab, Chuqurlashtirilgan tarzda o’qitish, talab yuqori bo’lgan sohalarga yo’naltirish maqsadida ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilmoqda. Masalan, yangi tashkil etilayotgan bolalar boqchalari, maktablar, oliy ta’lim muassasalari, obro’li chet davlatlar unversitetlarining filiallari, madaniyat va sport imoratlari, “Temurbeklar maktabi”, “Prezident maktablari”, “Ijod maktablari”, yosh olimlar uchun ilmiy tadqiqot ishlari uchun sharoitlarning yaratilganligi bugungi globallashuv sharaoitida raqobatbardosh yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat qilmoqda.
Yüklə 106,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin