O’zbekiston respublikasining 2008- yil 26- dekabrdagi qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’G’risida qonuni


favqulodda vaziyatlarning oldini olish



Yüklə 151,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix19.10.2023
ölçüsü151,05 Kb.
#157378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Qutqaruv hizmati

favqulodda vaziyatlarning oldini olish
— oldindan o’tkaziladigan hamda
favqulodda vaziyatlar ro’y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday
vaziyatlar ro’y bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini asrab qolish va sog’lig’ini
saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini
kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi;
qutqaruvchi
— muayyan dastur bo’yicha qutqaruv ishlariga tayyorlangan va
belgilangan tartibda attestatsiyadan o’tgan O’zbekiston Respublikasi fuqarosi;
qutqaruv vositalari
— qutqaruv ishlarini olib borish uchun mo’ljallangan
texnik, ilmiy-texnik va intellektual mahsulot, shu jumladan maxsus aloqa va boshqaruv
vositalari, texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar, mol-mulk, qutqaruv ishlarini
bajarish texnologiyasiga doir uslubiy materiallar, videomateriallar, fotomateriallar,
elektron hujjatlar, shuningdek elektron-hisoblash mashinalari uchun dasturiy
mahsulotlar va ma’lumotlar bazalari, boshqa vositalar;
qutqaruv ishlari
— favqulodda vaziyatlar zonasida odamlarning hayotini asrab
qolish va sog’lig’ini saqlash, yuridik hamda jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof
tabiiy muhitni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va ularga xos
bo’lgan xavfli omillar ta’sirini yo’qotish yoki imkon qadar kamaytirishga qaratilgan
harakatlar;
qutqaruv tuzilmasi
— favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf
etish ishlarini olib borish uchun mo’ljallangan, asosini maxsus texnika, asbob-uskunalar,
aslaha-anjomlar va boshqa qutqaruv vositalari bilan ta’minlangan qutqaruvchilar
bo’linmalari tashkil etgan mustaqil tuzilma yoki qutqaruv xizmati tarkibiga kiruvchi
tuzilma;
qutqaruv xizmati
— faoliyati bo’yicha yagona tizimga birlashtirilgan, asosini
professional qutqaruv tuzilmalari tashkil etgan, favqulodda vaziyatlarning oldini olish
va ularni bartaraf etishga doir vazifalarni hal qilish uchun mo’ljallangan boshqaruv
organlari, kuchlar va vositalar majmui.

Yüklə 151,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin