O’zbekiston respublikasining 2008- yil 26- dekabrdagi qutqaruv xizmati va qutqaruvchi maqomi to’G’risida qonuni


-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining faoliyati



Yüklə 151,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix19.10.2023
ölçüsü151,05 Kb.
#157378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Qutqaruv hizmati

12-modda. Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining faoliyati
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari o’z faoliyatida ushbu Qonunga
hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Qutqaruv xizmatlarining, professional qutqaruv tuzilmalarining rahbarlari
tomonidan o’z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlar shu xizmatlar va
tuzilmalarning barcha xodimlari, shuningdek favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish
ishlarini olib borishga jalb etilgan shtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari va jamoat
qutqaruv tuzilmalarining xodimlari bajarishi uchun majburiydir.
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalari ob’yektlar hamda
hududlarga xizmat ko’rsatish bo’yicha o’z faoliyatini shartnoma asosida amalga
oshirishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlar tahdidi bo’lganda va ular ro’y berganda hamda ularning
oqibatlarini bartaraf etish chog’ida qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv
tuzilmalarida jamoaga doir mehnat nizolarini hal etish vositasi sifatida qutqaruv
ishlarini tugatishga yo’l qo’yilmaydi.
SHtatdan tashqari qutqaruv tuzilmalari tashkil etilgan tashkilotlarning rahbarlari
qutqaruvchilarni qutqaruv ishlari olib borishning maxsus ko’nikmalariga o’rgatish
bo’yicha muntazam mashg’ulotlar uyushtiradi hamda ularni maxsus aslaha-anjomlar
bilan ta’minlaydi.
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarining favqulodda vaziyatlarda tezkor
harakatlar qilishga hamda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlarini olib borishga
shayligi uchun davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va
tashkilotlarning, shu jumladan jamoat birlashmalarining rahbarlari mas’uldir.
Qutqaruv xizmatlari va professional qutqaruv tuzilmalarining tezkor transporti
maxsus tovush va yoritish signal asboblari bilan ta’minlangan, shuningdek belgilangan
namunadagi ranglarga bo’yalgan bo’lishi shart.



Yüklə 151,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin