O'zbekiston Respublikasining Aksiyadorlik Tijorat Milliy banki



Yüklə 46,27 Kb.
səhifə5/5
tarix13.09.2023
ölçüsü46,27 Kb.
#143277
1   2   3   4   5
Nazarov Mirjalol amaliyot hisoboti

Internet banking — Internetdan bank xizmatlaridan foydalanish Yuridik mijozlarga bank bilan moliyaviy hujjatlarni almashish va real vaqt rejimida to‘lovlarni, korporativ kartani to‘ldirish, oylik to‘lovlarni amalga oshirish va hisob raqamlar holatini kuzatish imkoniyatini beradi.
Jismoniy shaxslar uchun universal bank xizmatlari va kredit turlaridan tashqari yangi innovatsion yechimlar taklif qilinmoqda. Mijozlarning istaklarini o‘rgangan holda ularning talablaridan kelib chiqib bank mahsulotlari ishlab chiqilmoqda.
Bank kartalar — Pensionerlar, talabalar, ishchilar va tadbirkorlar uchun debit va kredit kartalari, dunyoning 180 dan ortiq davlatlarida „UnionPay“ va „VISA“ tizimida ishlovchi debit va kredit kartalar.
Omonatlar — Milliy va horijiy valyutada turli xil omonatlar mavjud.


Mobil banking — „Xalq Mobile“ ilovasi masofaviy bank xizmatlaridan foydalanish imkonini beradi. Ilova orqali to‘lovlarni amalga oshirish, kreditni so‘ndirish, „Zolotoya Korona“ pul o‘tkazmasi orqali yuborilgan pul mablag‘ini kartaga onlayn kirim qilish, kartadagi mablag‘larni boshqa kartalarga o‘tkazish va onlayn kredit olish, onlayn omonat ochish va onlayn konversiya funktsiyalarini amalga oshirish mumkin.
Pul o‘tkazmalari — Xalq banki „MoneyGram“, „Contact“, „UniStream“, „AsiaExpress“ va „UPT“ kabi xalqaro pul o‘tkazmalar tizimlari bilan ishlamoqda. Shuningdek, respublikamiz bo‘ylab O‘zbekistonda birinchi bo‘lgan milliy va xorijiy valyutalarda pul o‘tkazish tizimi „UzPay“ ishga tushirilgan.

Jalb qilingan xorijiy kredit liniyalari


Bank nafaqat chet ellik mutaxassislarni jalb qilish bilan shug‘ullanadi, balki xorijiy banklar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.
Jumladan:
1. AQShning „Cargill Financial Services International, Inc.“ moliya muassasasidan 94 mln. AQSh dollar;
2. „Osiyo taraqqiyot banki“ (ABR)dan chorvachilikni rivojlantirish maqsadida 50 mln. AQSh dollar;
3. Turkiyaning Aktif bankidan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha dastlabki 2 mln. AQSh dollar;
4. Rossiyaning „Roseksimbanki“dan 10 mln Yevro ekvivalentida (11 mln. AQSh dollarga teng);
5. „Transkapitalbank“dan 18 mln. AQSh dollarlik kredit liniya mablag‘lari;
6. Yaponiyaning „Yaponiya xalqaro hamkorlik agenligi (JICA)“dan 30 mln. AQSh dollar;
7. Qozog‘istonning „First Heartland Jýsan Bank“ bankidan savdoni moliyalashtirish bo‘yicha 5 mln AQSh dollarlik kredit liniya mablag‘lari jalb qilindi;
8. „ICBC Standard Bank Plc“dan 25 mln AQSh dollari miqdorida kredit olindi;
9. „Deutsche Bank“dan 150 mln AQSh dollari miqdorida kredit olindi.
Joriy yilda bank tomonidan quyidagi xorijiy kredit liniyalarni jalb qilish bo‘yicha ishlar olib borildi. Jumladan; — „Raiffeisen Bank International AG“ (Avstriya) banki bilan 1 aprelda loyihalarni moliyalashtirish doirasida qiymati 50 mln Yevro miqdoridagi Bosh kelishuv imzolandi. (60 mln AQSh doll. ekv.) Mazkur mablag‘lar hisobidan jami 11 mln. AQSh dollar miqdoridagi nooziq-ovqat sanoat sohasidagi loyihalar moliyalashtirildi. — PJSC „Sovcombank“ (Rossiya) banki bilan 6 aprelda milliy valyutada 419 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ olish bo‘yicha 4 yillik kredit shartnomasi imzolandi. (40 mln AQSh doll. ekv.) Jalb qilingan mablag‘ filiallar tomonidan savdo va chakana kreditlar uchun ajratilmoqda. Xalq banki Jahon jamgʻarma banklari inti, Germaniya xalqaro hamkorlik boʻyicha jamgʻarma kassalari fondi bilan hamkorlik qiladi. Xalqaro jamgʻarma banklari assotsiatsiyasi, «SWIFT», «WESTERN UNION» xalqaro toʻlovlar tizimiga aʼzo. Bankning jami aktivlari (ming soʻm) — 70534634, bank kapitali — 14018286, investitsiyalari — 2871773, kredit portfeli — 12180978, bank majburiyatlari — 56616348, daromadi — 15004633, likvidligi — 88,7% (2004, 1 yanv. ; 2002-y. da tegishlicha 31850108; 5914903; 312964; 5270258; 25935205; 7797813; 85,1%).Bankning asosiy vazifalari: respublikada bank jamgʻarma ishlarini rivojlantirishga qaratilgan depozit siyosatini olib borish; aholining boʻsh pul mablagʻlarini bank omonatlariga jalb qilish va ular hisobiga shakllangan resurelarni iqtisodiyotning ustuvor tarmoklariga yoʻnaltirish; davlat va boshqa emitentlarning qimmatli qogʻozlarini xarid qilish, saqlash, hisobga olish hamda ikkilamchi bozorda oldisotdi muomalasini amalga oshirish; lahzali va b. turdagi lotereyalarni tashkil qilish va oʻtkazish; xoʻjalik subyektlari va yakka tartibda faoliyat kursatadigan tadbirkorlarga mikrokreditlar berish; yuridik va jismoniy shaxslarga hisobkitob — kassa xizmati koʻrsatish, uchinchi shaxs foydasiga toʻlovlar qabul kilish va b. Bank muassasalari davlat tomonidan koʻp bolali va kam taʼminlangan oilalarga tayinlanadigan nafaqa va yordam pullarini egalariga tarqatdi.

“Xalq banki” 2022-yilda 40 ga yaqin filiallarini yopib, ularning oʻrniga zamonaviy bank xizmatlari ofislarini tashkil qilishni rejalashtirgan, deya Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotovning soʻzlarini keltirmoqda “Daryo” nashri.


Markaziy bank raisining soʻzlariga koʻra, bu orqali bankdan qoʻshimcha xarajatlar kamaytiriladi.
Avvalroq Spot Markaziy bank 2024-yilda nominal qiymati 200 000 soʻm boʻlgan yangi banknotlarni muomalaga chiqarishni rejalashtirayotganligi haqida yozgan edi.
“Yangilanayotgan Xalq banki: yil sarhisobi va istiqboldagi rejalar”. Mazkur moliya muassasasi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi matbuot anjumani shunday nomlandi. Bu haqda bank axborot xizmati maʼlum qildi.
Aytish joizki, soʻnggi paytlarda Xalq banki tizimida odamlarga yengillik, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, bank faoliyatini transformatsiya qilish maqsadida 5 ta xorijiy kompaniya bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Shu bilan birga, ushbu jarayonga amaliy yordam koʻrsatish uchun xorijdan 7 nafar malakali xorijiy mutaxassis jalb qilindi.
Masofaviy xizmat koʻrsatishni tashkil etish maqsadida oʻtgan yilning may oyida Jizzax shahrida “Call center” aloqa markazi ishga tushirildi. Ushbu yangi tizim, ayniqsa, pandemiya sharoitida juda qoʻl keldi. Binobarin, mijozlar murojaatlari aynan ushbu “Call center” xodimlari tomonidan oʻrganilib, toʻgʻridan-toʻgʻri hal qilib berilmoqda. Maboda, qoʻngʻiroq qilgan vaqtingizda navbatga tushib, aloqa oʻrnata olmasangiz, markaz operatorlari sizga qoʻngʻiroq qilishadi.
“Call center“da mijozlarga yoʻqotilgan plastik kartani bloklash yoki blokdan chiqarish, balansini va oʻtkazmalar tarixini bilish, “Humo” plastik kartasi egalariga «SMS xabarnoma” xizmatini yoqish, jismoniy shaxslar kreditlari toʻlovi uchun ID raqamlarini bilib berish va chakana kredit mahsulotlariga ariza qabul qilish, hisobraqam qoʻshish va yopish, blokka qoʻyish va blokdan chiqarish, mobil telefon oʻzgarganda yangi telefonda ilovani aktiv holatga keltirish, yuridik mijozlarga kartoteka qarzdorliklari haqida maʼlumot berish kabi xizmatlar koʻrsatilmoqda. Bu xizmatlarning qanchalik toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganini esa markazga yil yakuniga qadar jami 105 mingdan ortiq murojaatlar kelib tushgandan, hozir bu yerda kuniga oʻrtacha 1 000 nafar mijozga masofadan xizmat koʻrsatilganidan anglash mushkul emas.
Shu bilan birga, transformatsiya jarayonida jismoniy shaxslar uchun 24 ta va yuridik shaxslar uchun 6 ta yangi innovatsion xizmat turi amaliyotga tatbiq etildi. Bank filiallarining deyarli barcha xodimlari uchun “Bonus” tizimi joriy qilindi. Natijasida birgina Chakana xizmatlar boʻlimi xodimlari uchun joriy qilingan “Bonus” tizimi orqali olingan bank daromadlari oʻtgan yilga nisbatan 2 barobar oʻsdi.
Qolaversa, 2020-yilning iyun oyida “kredit konveyeri” mexanizmi ishga tushirildi va “kredit moduli” joriy qilindi. Bugungi kunda kredit hujjatlari ushbu elektron dastur orqali “inson omilisiz”, tezkor va ishonchli ravishda koʻrib chiqilmoqda. Shuningdek, «skoring» tahlili va kredit hujjatlariga asoslanib, yakuniy qaror qabul qilish uchun “anderrayter”lar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Hozirgi kunda “kredit moduli” orqali standart kreditlarga oʻrtacha 5-10 daqiqa ichida avtomatik tarzda, nostandart, yaʼni oʻrganish talab etiladigan kreditlarga «skoring» tahlili asosida “anderrayter”lar guruhi tomonidan 30 daqiqa ichida va bir bosqichda javob berilmoqda.
Bunday yangilanishlar natijasida Xalq banki tomonidan 2020-yilda jami 249 ming 400 dan ortiq mijozning 9 trln. 11 mlrd. soʻmlik loyihalari moliyalashtirilib, 86 ming nafardan ortiq aholining bandligi taʼminlandi.
2020-yilda 64 ta “Bank xizmatlari markazi” tashkil etilib, ularning soni 100 taga yetkazildi. 2020-yilda “24/7 – kunu tun» rejimida ishlaydigan “Elektron ofislar” soni 184 taga oshirilib, ular soni 308 taga yetdi. Oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatuvchi 12 dona avtomatlashtirilgan toʻlovlarni qabul qilish qurilmasi ishga tushirildi. Bu qurilmalar orqali karta balansini toʻldirish hamda inkassatsiya amaliyoti joriy qilindi.
Shu kabi samarali mehnat natijasida bankning kredit reytingi 2020-yilda “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi tomonidan “VV-/V” — “Barqaror” va “Standard & Poorʼs” reyting agentligi tomonidan “VV-/V” darajasida baholandi. Shuningdek, “Standart and Sensetive Ratings” milliy reyting agentligi tomonidan milliy shkala boʻyicha bankka kreditga layoqatlilik va ishonchlilik darajasi “uzA+” — “Juda yuqori” deb baho berildi.
2020-yilning yanvar oyida jismoniy shaxslar uchun “Oilaviy biznes” mobil ilovasi ishlab chiqildi. U orqali oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir davlat dasturlari asosida “onlayn” tarzda ajratiladigan imtiyozli kreditlarni olish imkoniyati yaratilgan. Oʻtgan yilning fevral oyida jismoniy shaxslar uchun “Xalq mobile” mobil ilovasining yangi versiyasi, yuridik shaxslar uchun “Xalq biznes” mobil ilovasi yaratildi. Yangi — “Quick statement” mobil ilovasi esa tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish va qonunbuzilish holatlarini juda qisqa fursatlarda aniqlash imkonini bermoqda. Bunda foydalanuvchilar ushbu mobil ilova orqali bank tizimida korrupsiyaga oid xavf-xatarga duch kelganda, anonim yoki shaxsini maʼlum qilgan holda xabar berishlari mumkin.
Bugungi kunga qadar Xalq banki tizimida xotin-qizlar boʻyicha rahbar oʻrinbosari lavozimlari joriy etildi. Ularga xotin-qizlar biznes gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlashga doir bir qator ustuvor vazifalar yuklatildi.
Umuman, Xalq banki tizimida amalga oshirilgan ishlar natijasida bank tomonidan 2020-yil yakunlari boʻyicha 2019-yilga nisbatan 4,8 barobar koʻp sof foyda olishga erishildi. Tranformatsiyaga doir ishlar joriy yilda ham izchil davom ettiriladi.

“Toshkent” respublika fond birjasining qarori bilan “Xalq banki” ATBning aksiyalari birjaga chiqarildi. Bank davlat ulushi xalq IPO`si orqali sotiladigan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgandi.


“Toshkent” respublika fond birjasining 9-iyundagi qarori bilan “Xalq banki” aksiyadorlik tijorat bankining oddiy aksiyalari 12-iyundan birjaga chiqarildi.
“„Toshkent“ RFBning 2023-yil 9-iyundagi boshqaruv qarori bilan „Xalq banki“ ATBning oddiy aksiyalari (UZ7055620007) XKBK — birja tikeri bilan 12-iyundan birja kotirovkalash varag‘i Stock Market aksiyalar bozorining „Standart“ kategoriyasiga kiritildi”, — deyiladi respublika fond birjasi xabarida.
2021-yil 13-aprelda prezident farmoni bilan 2021−2023-yillarda aksiyalari fond birjasida ommaviy savdo uchun joylashtiriladigan kompaniyalar ro‘yxati tasdiqlangandi. Mazkur ro‘yxatga “Xalq banki” ham kiritilgan.
2022-yil 18-mart kuni imzolangan prezident qarori bilan “Xalq banki”, “Mikrokreditbank”, “Aloqabank”, “Agro bank”, “O‘zmilliybank”larning aksiyalarini fond birjasi orqali ommaviy joylashtirish (IPO) 2023-yil 1-iyulga qadar amalga oshirilishi belgilangandi.
2023-yil 24-mart kuni prezident yana bir qarorni imzoladi. Hujjat bilan aksiyalari paketlari “Bir aksiya — bitta lot” tamoyili bo‘yicha xalq IPO`sini o‘tkazish tartibida ochiq kimoshdi savdolari orqali sotiladigan 40 ta korxona ro‘yxati tasdiqlangan. “Xalq banki” bu ro‘yxatda ham qayd etib o‘tilgan bo‘lib, qarorga ko‘ra, aksiyalari sotilgan korxonalar besh yil davomida sof foydasining kamida 30 foizi dividend to‘lashga yo‘naltiradi.
2023-yilning birinchi choragi ma’lumotlariga ko‘ra, bankning ustav kapitali 7,35 trillion so‘mni tashkil etadi va 5,29 trillion so‘mlik o‘z kapitaliga ega. Birinchi chorakdagi sof daromadi 61,37 milliad so‘mni tashkil etgan.

mmmmm
Yüklə 46,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin