O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov


-bob. Talabgorlarni aniqlash mezonlari va shartlari



Yüklə 38,7 Kb.
səhifə2/4
tarix23.03.2023
ölçüsü38,7 Kb.
#89176
1   2   3   4
2-bob. Talabgorlarni aniqlash mezonlari va shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorini to‘lab berish maqsadida talabgorlarni tanlab olish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
a) kam ta’minlangan oilalardagi xotin-qizlar. Bunda kam ta’minlangan oila deganda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali belgilangan tartibda kam ta’minlangan deb e’tirof etilgan oila tushuniladi;
(5-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
b) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlar;
(5-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, ya’ni boquvchisini yo‘qotgan (turmush o‘rtog‘i vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolg‘iz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan “v” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon, yozma imtihon) natijalariga ko‘ra davlat oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan va 2 — 4-kurslarda tahsil olayotgan mazkur Nizomning 5-bandidagi mezonlarga mos keluvchi xotin-qizlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab arizani har yili 10 kalendar kun ichida oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga taqdim etadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan talabgorlarning ijtimoiy holati to‘g‘risida ma’lumotlar (talabgorning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi, ota-onasi yoki ularning biri vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi, turmush o‘rtog‘i vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi nusxasi va voyaga yetmagan farzandining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi) “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Har bir davlat oliy ta’lim muassasasi belgilangan mezonlar asosida talabgorlar ro‘yxatini tahlil qilib, mazkur Nizomning 5-bandida keltirilgan mezonlar asosida talabgorlar ro‘yxatini 5 kalendar ish kunida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuboradi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan har yili 5 kalendar ish kuni ichida talabgorlarning ro‘yxati, talab etilgan hujjatlar (talabgorning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi, ota-onasi yoki ularning biri vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi nusxasi, yoxud turmush o‘rtog‘i vafot etganligi to‘g‘risida o‘lim guvohnomasi nusxasi va voyaga yetmagan farzandining tugilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi) ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya etilgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari aniq ko‘rsatilgan holda yozma ravishda doimiy yashash joyi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Hokimliklar tomonidan mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq tarkibda Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya) tuziladi. Komissiya Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan taqdim etilgan talabgorlar ro‘yxatini quyidagi tartibda ko‘rib chiqadi:
Komissiya a’zolari tuman (shahar)larga biriktiriladi, tuman (shahar) hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshligi hamda tegishli mahalladagi xotin-qizlar faollaridan iborat tarkibda ishchi guruh tuziladi.
Ishchi guruh 5 kalendar ish kunida talabgorlarning doimiy yashash joyi bo‘yicha ijtimoiy holatini o‘rganadi, o‘rganish natijalariga ko‘ra Ishchi guruh har bir talabgorlar bo‘yicha dalolatnoma tuzadi va Komissiyaga taqdim qiladi.
Zarur hollarda Ishchi guruhlar tomonidan mazkur Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan mezonlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar va elektron shakldagi hujjatlar (tug‘ilganlik, nikoh qayd etilganlik, vafot etganlik haqida va boshqa) “Elektron hukumat” tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali olinadi.
Komissiya 5 kalendar ish kunida ishchi guruh tomonidan taqdim etilgan tegishli hujjatlarni o‘rganib, talabgorlarning to‘plagan ballari, hududlardagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj hamda talabgorlarning tahsil olayotgan bosqichlarini inobatga olib 150 nafar xotin-qizlarni saralab oladi va bayonnomani rasmiylashtiradi hamda Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasiga yuboradi.
Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi 10 kalendar ish kunida tavsiyanomalarni tasdiqlaydi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yuboradi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Komissiya har o‘quv yilida 1-oktabrdan kech bo‘lmagan muddatda bazaviy to‘lov-kontrakt summalari to‘lab berilishi belgilangan (tavsiyanoma berilgan) xotin-qizlar ro‘yxatini hamda shartnomani imzolash bo‘yicha xulosalarni tegishliligi bo‘yicha davlat oliy ta’lim muassasalariga yozma ravishda kiritadi va belgilangan tartibda shartnomalarni rasmiylashtiradi.
Bunda Komissiya a’zolari tomonidan talabgorlardan 150 nafarini tanlab olishda birinchi navbatda ularning ijtimoiy holati, ehtiyojmandligi, to‘plagan ballari, hududlardagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj hamda tahsil olayotgan bosqichlari inobatga olinadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
12. Talabgorlarni tanlab olish va ularni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan sxema asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tanlab olingan talabgorlar joriy o‘quv yili davomida oliy ta’lim muassasasini yoki ta’lim yo‘nalishini o‘zgartirsa yoxud talabalar safidan chetlashtirilsa mazkur imtiyozdan mahrum bo‘ladilar.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9-iyundagi 322-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 09/22/322/0506-son)
14. Davlat oliy ta’lim muassasalari:
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab har yili 1-sentabrga qadar ikkinchi va undan keyingi o‘quv yillari uchun ta’lim krediti olishi zarur bo‘lgan talabgorlar ro‘yxatini;
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab har yili 1-avgustga qadar o‘qishni tamomlagan va ish joyi bilan ta’minlash lozim bo‘lgan talabgorlar ro‘yxatini doimiy yashash hududi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga yozma ravishda taqdim etadi.

Yüklə 38,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin